• Peroksisomalar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet29/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

     
    Lizosomalar 
    Lizosomalar birinchi marotaba belgiyalik biokimyogar De Dyuv tomonidan 
    1955 yilda aniqlangan. Lizosomalar bir hujayrali organizmlar va barcha 
    sutemizuvchi hayvonlar buyrak hujayralarida aniqlangan va o‘rganilgan. Lizosoma 
    zarrachalari kattaligi o‘rtacha 0,2-0,4 mkm bo‘lib, dumaloq shaklga ega. Bu 
    tanachalar bir qavatli qalinligi 80 Å bo‘lgan membrana bilan o‘ralgan. Lizosomalar 
    odatda yuqori elektron zichlikka ega. Lizosomalar oqsil, nuklein kislota, 
    polisaxarid va lipidlarni parchalovchi kislotali sharoitda ta'sir etuvchi gidrolitik 
    fermentlarga boy. Lizosoma fermentlari ichidagi kislotali fosfataza muhim 
    ahamiyatga ega. Lizosomalarning asosiy fiziologik faoliyati uning hujayra ichida 
    moddalarni pinotsitoz va fagotsitoz yo‘li orqali hazm qilinishdir. Masalan, 
    qalqonsimon bez hujayralaridagi lizosoma tireoid gormonni hosil qilishda, 
    urug‘lanishda tuxum hujayraga spermatozoidni kirishi uchun tuxum hujayra 
    qobig‘ini eritishda ishtirok etadi.
    Lizosomalarning hosil bo‘lishi Goldji kompleksi va pinotsitoz, hazm 
    vakuolalarini hosil qiluvchi plazmatik membrana bilan bog‘liq. Har xil patologik 
    jarayonlarda lizosoma fermentlari sintezining buzilishi, birlamchi lizosomalar 
    rivojlanishining kuchayishi yoki susayishi ular membranasining erishi va 
    gidrolazalarning sitoplazmaga chiqishi kuzatiladi. Organizmning vitamin va 
    gormonal balansining buzilishi lizosoma aktivligi o‘zgarishiga olib keladi.
    Peroksisomalar 
    Peroksisomalar bir qavatli membrana bilan o‘ralgan strukturalar bo‘lib, 
    kattaligi 0,3-1,5 mkm dir. Struktura markazida nukleoid joylashgan. Nukleoid 
    sohasida kristallsimon fibrilla va naychalardan tashkil topgan tuzilmadir. 
    Peroksisomaning muhim fermentlari katalaza, oksidaza, uratoksidaza va boshqalar. 
    Katalaza fermenti zaharli modda bo‘lgan N
    2
    O
    2
    ni parchalaydi. Peroksisoma 
    lizosoma kabi endogen va ekzogen hujayra substratlarni parchalab muhim himoya 
    vazifasini bajaradi, yog‘ va uglevod parchalanish reaksilarida ishtirok etadi.


    O‘simlik hujayrasida 
    vakuola
    uchraydi. Uning asosiy qismini suv tashkil qilib, 
    unda erigan holdagi mineral va organik moddalar hamda moddalar almashinuvi 
    natijasida hosil bo‘lgan zahira yoki chiqindi moddalar uchraydi. Protoplast tashqi 
    tomondan sellyulozadan iborat qattiq qobiq bilan o‘ralgan bo‘ladi. 
    Sferosoma
    yog‘larni bo‘yashda ishlatiladigan qora sudan, sudan III, rodamin V 
    bilan bo‘yaladi. Perner (1958) shunday xulosaga keladi: sferosomalar yog‘ 
    tomchilari singari elastik hosilalar bo‘lmay, balki fermentativ aktivlik xususiyatga 
    ega bo‘lgan organoidlardir. 

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish