Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/106
Sana27.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#255327
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
Bog'liq
BIOLOGIYA

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar: 
1.
 
Barcha organizmlari nechta guruhga bo‘linadi? 
2.
 
Hujayra to‘g‘risidagi nazariya haqida ma'lumot bering.
3.
 
Hujayraning organoidlari va ularning vazifalarini tushuntirib bering. 
4.
 
Hujayrani mitoz bo’linishi ayting? 
5.
 
Hujayrani meyoz bo’linishi tushuntiring? 
 
5-Mavzu: Organizmda modda va energiya almashinuvi 
Tayanch so‘z va iboralar: Tayanch proteinlar, fibrilyar, globulyar, 
fermentlar, 
gemoglabin, 
seruoplazmin 
regulyator, 
antitelilar, 
toksinlar, 
aminokislota, nuklein kislotalar, polinukleotidlar, dezoksiribonuklein kislota
mitoxondriyalar, mutatsiya, ribonuklein kislota, glikogen, assimiliyasiya, 
dissimiliyasiya, metabolizm, Oqsil moddalar.
 


5.1. Organizmda modda almashinuvi to‘g‘risida tushuncha 
Moddalar almashinuvi
, metabolizm – tirik organizmlarning o‘sishi, hayot 
faoliyati, ko‘payishi, tashqi muhit bilan munosabatlarini doimiy ta'minlaydigan 
kimyoviy o‘zgarishlar majmui. Moddalar almashinuvi tufayli hujayra tarkibiga 
kiradigan molekulalar parchalanadi va sintezlanadi, hujayra strukturalari va 
hujayralararo moddalar hosil bo‘ladi, yemirladi va yangilanadi. Masalan, Odamda 
barcha to‘qima oqsillarining yarmisi taxm. 80 sutkada parchalanib, yangidan hosil 
bo‘ladi; jigar va qon zardobidagi oqsillarning yarmi har 10 kunda, mushak oqsillari 
180 kunda, ayrim jigar fermentlari har 2—4 soatda yangilanib turadi. 
Moddalar almashinuvi energiya almashinuvi bilan chambarchas bog‘langan 
bo‘lib, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Hujayralarda sodir bo‘ladigan 
moddalar almashinuvi bilan energiya almashinuvi biologik katalzatorlar – 
fermentlar ishtirokida amalga oshadi. Energiya almashinuvida murakkab organik 
molekulalardagi kimyoviy bog‘lar shaklida mavjud bo‘ladigan potensial energiya 
kimyoviy o‘zgarishlar tufayli hujayra strukturasi va faoliyatini, tana haroratini 
saqlab turish, ish bajarish va boshqa(lar) jarayonlar uchun sarf bo‘ladigan 
energiyaga aylanadi. 
Moddalar almashinuvi hujayrada bir vaqtning o‘zida kechadigan va o‘zaro 
bog‘lik bo‘lgan ikki jarayon – anabolizm va katabolizmlan iborat. Katabalizm 
jarayonlarda murakkab molekulalar oddiy molekulalarga parchalanib, ko‘p 
miqdorda energiya ajraladi. Bu energiya maxsus kimyoviy energiyaga boy 
makroergik bog‘lar, asosan, adenozitrifosfat kislota (ATF) va boshqa(lar) 
molekulalar shaklida jamg‘ariladi. Katabolik o‘zgarishlar, odatda, gidrolitik va 
oksidlanish reaksiyalari natijasida amalga oshadi. Bu reaksiyalar kislorodsiz 
(anaerob yo‘l – glikoliz, bijg‘ish) hamda kislorod ishtirokida (aerob yo‘l – nafas 
olish) sodir bo‘ladi. Ikkinchi yo‘l evolyusion nuqtai nazardan ancha yosh va 
energetik jihatdan ancha samarali bo‘lib, unda organik moddalar S0
2
va suvgacha 
to‘liq parchalanadi. 
Hujayrada katabolizm va anabolizm reaksiyalari bir vaqtda kechadi; katabolik 
o‘zgarishlarning oxirgi bosqichi anabolizmning boshlang‘ich reaksiyalari 


hisoblanadi. Biroq moddalar almashinuvining anabolitik va katabolitik yo‘llari 
o‘zaro mos kelmaydi. Masalan, glikogenning latat kislotagacha parchalanishida 12 
ta ferment ishtirok etib, ularning har biri bu jarayonning alohida bosqichini 
katalizlaydi. Glikogenning laktat kislotadan hosil bo‘lishi jarayoni esa 9 ta 
fermentativ reaksiyalardan iborat bo‘lib, ular tegishli katabolik reaksiyalarning aksi 
hisoblanadi. Xuddi shunga o‘xshash oqsillar bilan aminokislotalar yoki yog‘lar 
bilan faollashgan atsetat kislota o‘rtasida kechadigan anabolik va katabolik 
reaksiyalar ham o‘zaro mos kelmaydi. Moddalar almashinuvining reaksiyalari 
hujayraning ma'lum qismlari – kopartamentlarda amalga oshadi. Masalan, glikoliz 
jarayoni 
hujayra 
sitoplazmasida, 
gidrolitik 
parchalanish 
reaksiyalari 
– 
lizosomalarda, lpidlarning hosil bo‘lishi silliq endoplazmatik to‘rda, oqsillar 
biosintezi ribosomalada ro‘y beradi. Moddalar almashinuvining umumiy 
bosqichlari bir-biri bilan doimo bog‘langan bo‘ladi. Moddalar almashinuvining 
asosiy oraliq moddasi piruvat kislota karbonsuvlar, lipidlar va oqsillar almashinuvi 
reaksiyalarini o‘zaro bog‘lab turadi. 
Barcha tirik organizmlar uchun xos bo‘lgan hujayra darajasidagi moddalar 
almashinuvi, asosan, bir xil usulda boshqariladi. Bunda biokimyoviy 
jarayonlarning jadalligi va yo‘naltirilganlgi fermentlar faolligiga ta'sir ko‘rsatish, 
ularning hosil bo‘lishi yoki parchalanishini boshqarish orqali amalga oshadi. 
Yuksak darajada rivojlangan organizmlarda moddalar almashinuvi ko‘shimcha 
boshqaruv mexanizmlariga ega. Moddalar almashinuvi nerv tizimi orqali va 
gormonal yo‘l bilan ham boshqarib tuziladi.(
ўсимлик х.ралари хақида мисол 
келтириш) 

Download 1,32 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish