Organizmlarni klassifikatsiyalashda biologik usullar




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/106
Sana27.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#255327
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106
Bog'liq
BIOLOGIYA

6.3. Organizmlarni klassifikatsiyalashda biologik usullar 
Organizmlarni klassifikatsiyalashda morfologik taqqoslash, embriologik 
taqqoslash, kariologik, ekologo-genetik, geografik, poleontologik, molekulyar-
genetik va shu kabi boshqa usullardan foydalaniladi. 
Klassifikatsiya 
qilishda 
yana 
organizmlarning 
quyidagi 
muhim 
xususiyatlaridan ham foydalanish mumkin. Ana shunday xususiyatlarga bir 
hujayrali yoki ko‘p hujayrali, hujayraning differensiyalanishi, embrion 
varaqchalarining rivojlanishi, ma'lum bir sistemalarning hosil bo‘lishi darajasi 
(masalan, qon aylanish, ovqat hazm qilish sistemalari), simmetrik xillari, tanadagi 
sigmantatsiyalarning borligi yoki yo‘qligi, genetik o‘xshashligi, xromosomalar 
miqdori va morfologiyasi, o‘simliklarda changlarning tuzilishi, bioximik va 
immunologik xususiyatlari va hokazolar kiradi. 
Sistematikada DNK dagi azot asoslarining birin ketin joylashishini va oqsillar 
tarkibidagi aminokislotalarning ham birin-ketin joylashishini bilish muhim 
ahamiyatga egadir. Chunki bir organizm DNKsidagi azot asoslarining joylashishi 
va oqsilidagi aminokislotalarning joylashishi boshqa organizmdagidan keskin farq 


qilishi aniq. 
Hozirgi kunda o‘simliklar va hayvonlar dunyosini klassifikatsiyalashda 
jamoatchilik tomonidan tan olingan yagona sistema mavdjud emas. Shu sababli 
ularni klassifikatsiya qilishning bir biridan farq qiladigan bir necha xillari mavjud. 
Shular orasida keng tarqalgan sistemalardan o‘simliklar sohasida A.L.Taxtadjyan 
(1973) sistemasi va hayvonlar sohasida esa L. Margilis sistemasidir. 
A.L.Taxtadjyan o‘simliklar dunyosini: 
1. Hujayraviy tuzilishgacha bo‘lgan o‘simliklar (viruslar); 
2. Shakllangan yadroga ega bo‘lmagan tallofitlar (bakteriyalar, ko‘k yashil 
suvo‘tlari); 
3. Plastidali tallofitlar (suvutlari, lishayniklar) 
3. Plastidasiz tallofitlar (zamburug‘lar); 
4. Sakkizta bo‘limni o‘z ichiga olgan yuksak o‘simliklar guruhlariga bo‘ladi. 
Yopiq urug‘lilar bo‘limini 2 ta sinfga: ikkipallalilar va bir pallalilarga bo‘lib 
o‘rgatadi. 
L. Margelis sistemasi bo‘yicha hayvonlar: 
1. Bir hujayrali hayvonlar (sodda hayvonlar); 
2. Ko‘p hujayrali, birlamchi og‘izlilar; 
3. Bulutlar, kovakichlilar; 
4. Yassi chuvalchanglar; 
5. Yumaloq chuvalchanglar
6. Paypaslagichlar; 
7. Bo‘g‘im oyoqlilar; 
8. Yumshoq tanlilar yoki molyuskalar; 
9. Igna tanlilar; 
10. Pogonaforalar; 
11. Xordalilar tiplariga bo‘linadi. 
Xordalilarni esa u 6 sinfga: 
1. Yumaloq og‘izlilar; 
2. Baliqlar


3. Suvda-quruqlikda yashovchilar; 
4. Sudralib yuruvchilar; 
5. Qushlar; 
6. Sut emizuvchilar sinflariga bo‘lib o‘rgatadi. 

Download 1,32 Mb.
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Organizmlarni klassifikatsiyalashda biologik usullar

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish