rivojlanishi haqidagi evolyutsion tasavvurni tasdiqlaydi. Hujayra nazariyasi
Ch.Darvinning evolyusion ta'limoti va energiyaning o‘zgarishi qonuni bilan bir
qatorda 19-asrda tabiatshunoslik sohasida qilingan 3 buyuk kashfiyotdan biridir.
Hujayralarning kashf etilishi va hujayra nazariyasining yaratilishi tarixan bir
davrga to‘g‘ri kelmaydi. O‘simlik hujayrasi tuzilishini dastlab tirik o‘simlik poyasi
va po‘kaklardan tayyorlangan kesmada ingliz olimi Robert Guk o‘zi yasagan
mikroskop orqali kuzatgan va tadqiqot xulosalarini "Mikrografiya"
nomli asarida
bayon etgan (1665). Ingliz botanigi N.Gryu hujayra qobig‘i xuddi mato
(gazlama)ga o‘xshash tolalardan tashkil topganligini taxmin qilgan.
18-asr falsafiy g‘oyalar ta'sirida fanda tirik tabiatning birligi haqidagi fikrlar
paydo bo‘la boshladi. K.Volf o‘simlik va hayvonlarning tuzilishidagi qandaydir
umumiylikni aniqlashga harakat qildi. Uning "hujayra", "donachalar" va
"pufakchalar" kabi tushunchalari,
shuningdek, nemis olimi L.Okenning
organizmlar "pufakchalar" yoki "infuzoriyalar" dan tashkil topgan, degan fikrlari
fanda hujayra nazariyasi to‘g‘risidagi dastlabki tushunchalar bo‘lgan.
19-asr boshlarida o‘simliklarni mikroskop yordamida o‘rganish borasida
erishilgan yutuqlar tufayli hujayra — o‘simlik moddalari umumiy massasining
bo‘shliq
qismi emas, balki o‘z qobig‘iga ega bo‘lgan va bir-biridan ajralib
turadigan strukturaviy tuzilma ekanligi aniqlandi. 19-asrning 30-yillari oxirida
o‘simliklarning deyarli barcha organlari hujayraviy tuzilishga ega ekanligi
aniqlandi va nemis olimi F.Meenning "Botanika" (1830) kitobida hujayra o‘simlik
to‘qimalarining umumiy tuzilish birligi sifatida e'tirof etildi. Lekin shundan keyin
ham hujayra bu bir bo‘shliq, asosiy
qismini qobiq tashkil qiladi; uning ichidagi
narsalar esa ikkinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi to‘g‘risidagi tushuncha uzoq
vaqt saqlanib qoldi. O‘simlik hujayrasi yadrosi ingliz olimi R.Braun tomonidan
kashf etilgan (1831), ammo nemis olimi M.Shleyden yadroni hujayrani hosil
qiluvchi,
ya'ni
sitoblast
deb
hisoblagan.
Shleyden
ta'biricha
donador
substansiyadan yadrocha hosil bo‘lib, uning atrofida esa hujayra vujudga keladi;
keyinchalik hujayraning hosil bo‘lishi jarayonida yadro yo‘q bo‘lib ketadi. 19-
asrning 2-choragi boshlarida chex olimi Ya.Purkine
maktabining tadqiqotlari
hayvon organizmi to‘qimalarining mikroskopik tuzilishi bo‘yicha juda ko‘p
ma'lumotlar berdi. U o‘zining "donachalar nazariyasi"da "donachalar" (u hujayrani
shunday deb atagan edi), yadro va boshqa qismlardan tashkil topganligini yozadi.
Hujayra nazariyasini rasmiylashtirishda T.Shvann (1839) xizmatlari juda katta. U
o‘zi olgan ma'lumotlar, Shleyden va Ya. Purkine maktabi va boshqa olimlarning
tadqiqotlariga asoslanib, hujayra nazariyasini yaratdi; o‘simlik va hayvon
to‘qimalari tuzilishini taqqoslab ular uchun umumiy
hisoblangan hujayraviy
tuzilish tamoyillarini ko‘rsatib berdi. Ammo Shvann ham xuddi Shleyden singari
hujayraning asosiy qismi uning po‘sti va hujayra strukturasiz shiradan hosil
bo‘ladi, deb hisoblagan. Hujayra nazariyasining bundan keyingi rivojlanishi
protoplazma va hujayra bo‘linishining kashf etilishi bilan bog‘liq. Nemis olimi
R.Virxov (1858) "Hujayra patologiyasi" asarida hujayra
nazariyasini patologik
hodisalarga tatbiq etib, yadro hujayrada yetakchi ahamiyatga ega ekanligiga e'tibor
qaratdi va hujayraning bo‘linish yo‘li bilan ko‘payish tamoyilini (har bir hujayra
hujayradan hosil bo‘ladi) asoslab berdi. 19-asrning 70—80 yillarida barcha
hujayraviy tuzilishga ega bo‘lgan organizmlar uchun universal hisoblangan
hujayraning bo‘linish usuli. ya'ni mitoz, asr oxirida esa hujayra organoidlari kashf
etiladi; hujayra protoplazmaning oddiy yig‘indisi emasligi tan olinadi.
Zamonaviy Hujayra nazariyasi ko‘p hujayrali organizmlarni muayyan
vazifani bajaradigan va bir-biriga ta'sir ko‘rsatib turadigan
hujayralardan tashkil
topgan murakkab, integratsiyalashgan sistema sifatida e'tirof etadi.