O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/106
Sana27.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#255327
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106
Bog'liq
BIOLOGIYA

Paleozoy erasining
o‘simliklar, hayvonot dunyosi. 350 million yil davom 
etgan bu eraga o‘tish arafasida kuchli tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari davom etgan.
Paleozoy erasi kembriy, ordovik, silur, devon, toshko‘mir va perm davrlariga 
bo‘linadi. 
Kembriy
davrida iqlim mo‘tadil, quruqlik esa faqat past- tekisliklardan 


iborat bo‘lgan. Bu davrda o‘simliklar suv muhitidan quruqlikka chiqishga 
muvaffaq bo‘ladi. Moxlar, qirqbo‘g‘imlar va plaunlar kabi o‘simliklarning qazilma 
holdagi qoldiqlari shved paleobotaniklari tomonidan kembriy qatlamlaridan 
topilganligi buning yaqqol dalilidir. 
Ordovik
davriga kelib, eukariotlar orasida 
sifonli yashil qo‘ng‘ir va qizil suvo‘tlar rivoj topgan. Chuchuk suv havzalari 
qirg‘oqlarida yashovchi sporali o‘simliklar — psilofitlar xilma-xil bo‘la boshlaydi. 
Dengizlarda korallar va tabulyatlar ishtirokida riflar hosil bo‘lishi kuchaygan, 
yelkaoyoqli hayvonlar, boshoyoqli va qorinoyoqli mollyuskalar xilma-xil bo‘lgan. 
Bu davrda birinchi marta lishayniklar rivojlangan. Trilobitlarning xilma- xilligi 
ortgan. Foraminiferalar, bulutlar va ikki pallali mollyuskalar nisbatan kamaygan. 
Silur
davrida qisqichbaqachayonlar, boshoyoqli mollyuskalar rivoj topgan. 
Yashash uchun kurashda umurtqasiz hayvonlardan bo‘lgan korallalar 
(kovakichlilar) asta-sekin arxeotsiatlarni siqib chiqargan. Bu davrda umurtqali 
hayvonlarning dastlabki vakillari qalqonli baliqlar paydo bo‘lgan. Silur davrining 
oxiriga kelib, quruqlikda o‘simliklar olami anchagina rivojlangan va paporotniklar, 
moxlar, qirqbo‘g‘imlar, plaunlar paydo bo‘lgan. Xlorofilsiz geterotrof o‘simliklar - 
zamburug‘lar hosil bo‘lgan. 
Devon
davrida quruqlikning ko‘tarilishi va 
dengizlarning qisqarishi hisobiga iqlim keskin ravishda mo‘tadillashgan. yer 
sharining issiq rayonlarida esa iqlimning quruq bo‘lishi dasht va chala dashtlarni 
vujudga keltirgan. Cho‘tka qanotli baliqlar keyinchalik umurtqali hayvonlarning 
quruqlikka tarqalishiga zamin yaratgan. Umurtqali hayvonlarning quruqlikdagi 
dastlabki 
ajdodlari 
qalqon 
boshli 
amfibiyalar, 
ya'ni 
stegotsefallarning 
rivojlanishiga olib kelgan. 
Toshko‘mir,
ya'ni karbon, davriga kelib, iqlim issiq va 
nam bo‘lgan. Tropik o‘rmonlarda uzunligi 30—40 metrga, eni 1—2 metrga 
yetadigan daraxtsimon plaunlar—lepidodendronlar, sigillyariyalar avj olib 
rivojlangan. Qirqbo‘g‘imlar daraxtlar ko‘rinishida bo‘lgan. Daraxtsimon 
qirqbo‘g‘imlar bo‘yi bir necha metr bo‘lib, ular botqoqlikda yashagan.Quruq 
sharoitda umurtqali hayvonlarning yangi sinfi — reptiliyalar, dastlabki 
katilozavrlar rivojlangan. Hasharotlarning uchar formalari — suvaraklar, 
ninachilar, chigirtkalar, qandalalar ham rivojlangan. Dengizlarda baliqlar, ayniqsa, 


akulalar ko‘plab uchragan. Shuningdek, yelkaoyoqlilar, mollyuskalar, ignaterililar 
suv tubida keng tarqalgan. Trilobitlar ancha kamaygan. 
Perm 
davrida quruqlik ko‘tarilgan, iqlim quruq va sovuq bo‘la boshlagan. 
Natijada nam tuproqda gurkirab o‘sgan o‘rmonlar faqat ekvatorga yaqin 
joylardagina saqlanib qolgan. Paporotniksimonlar asta-sekin qirilib, ochiq 
urug‘lilar keng tarqala boshlagan. Iqlimning quruq bo‘lishi qadimgi sudralib 
yuruvchilarning xilma-xillashuviga sabab bo‘lgan. Perm davrining o‘rtalariga kelib 
katilozavrlar anchagina rivoj topgan. Paleozoy erasining oxiriga kelib, tog‘ hosil 
bo‘lish jarayonlari quruqlikning yanada kengayishiga,

Download 1,32 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish