xilma-xil birikmalari va formaldegid, sian va uning mahsulotlari ko‘plab uchraydi.
Bu ma'lumotlarning o‘zi organik moddalar abiogen yo‘l bilan vujudga kelishi
mumkinligini va bu jarayon faqat hayot paydo bo‘lguncha emas, hatto yer va botqa
sayyoralar takllanguncha ham ro‘y berganligini isbotlaydi. Shu nuqtai nazardan
olganda, Oy, kometa, ayniqsa, meteoritlarni o‘rganish diqqatga sazovordir. Ularda
uchraydigan uglerod birikmalarini tadqiq etish,
qadimgi davrlarda kimyoviy
evolyusiya qanday yo‘nalishda borganligini aniqlashga yordam berdi. Kosmik
kemalar va stansiyalar yordamida yerga olib kelinish Oydagi jismlar namunasini
o‘rganish, ularda oz miqdorda organik moddalar borligidan dalolat berdi. Organik
moddalar, ayniqsa, ko‘mirsimon xondritlar nomini olgan meteoritlar xilma-xil
organik
birikmalarga, jumladan, aminokislotalarga va hayot uchun zarur bo‘lgan
boshqa moddalarga boy. 1968—1969 yillarda radiospektroskopiya yordamida
yulduzlar orasida organik moddalardan formaldegid va ammiak borligi aniqlandi.
Umuman olganda hozirgi vaqtda Galaktikada ammiak, suv,
formaldegid
mavjudligi uzil-kesil hal etilgan. Axir Quyosh sathidagi temperatura 6000
0
ekanligi
va koinotda hayot uchun xavfli ultrabinafsha, rentgen nurlar, elektr zaryadlari
ko‘pligi e'tiborga olinsa, qayd qilingan organik moddalar abiogen yo‘l
bilan
vujudga kelganligiga shubha qilmasa ham bo‘ladi.