• Proterozoy erasidagi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/106
    Sana27.05.2024
    Hajmi1,32 Mb.
    #255327
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106
    Bog'liq
    BIOLOGIYA

    3.3.
     
    Yerda hayot rivojlanishining asosiy bosqichlari 
    Yerning turli qatlamlariga qarab, yer paydo bo‘lgandan to hozirgacha bo‘lgan 
    tarixiy rivojlanish 5 ta eraga bo‘linadi, Ular arxey, proterozoy, paleozoy, mezozoy 
    va kaynozoy eralaridir. Arxey, proterozoy eralaridagi hayot namunalari ko‘z 
    ilg‘amas darajada mayda bo‘lgan. Qayd qilingan eralarning keyingi uchtasi o‘z 
    navbatida davrlarga bo‘linadi. Chunonchi, paleozoy erasi 6, mezozoy erasi 3, 
    kaynazoy erasi 2 davrga bo‘linadi 
    Arxey erasi
    birinchi geologik era bo‘lib, 800—900 million yil davom etgan. 
    Mazkur era qatlamlarida organik hayot qoldiqlari deyarli juda kam topilgan. Bu 
    hodisa, bir tomondan, o‘sha erada yashagan organizmlar tuzilish jihatdan 
    nihoyatda tuban ekanligi, ikkinchi tomondan esa arxey erasidagi qatlamlar yuqori 


    temperatura va bosim ta'sirida o‘zgarganligi bilan izohlanadi va bular tufayli 
    organizm qoldiqlari saqlanmagan. Arxey erasi qatlamlarida ohak, marmar uchrashi 
    o‘sha davrda prokariotlar — bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar yashaganligining 
    nishonasidir. Arxey erasining so‘nggi qatlamlaridan ko‘p hujayrali hayvonlar
    masalan, gidroid poliplar, kovakichlilar, ipsimon yashil suvo‘tlarning qoldiqlari 
    ham topilgan. Hulosa qilib aytganda, arxey erasidagi organik olamning 
    rivojlanishida aromorfoz tipidagi 3 ta katta o‘zgarish ro‘y bergan, bular: 1) jinsiy 
    jarayoni; 2) fotosintez jarayoni; 3) ko‘p hujayrali organizmlar vujudga kelgan. 
    Proterozoy erasidagi
    organik olam. Bu era 2 mlrd yillar chamasi davom etgan. 
    Uning boshida kuchli tog‘ hosil bo‘lish jarayonlari ro‘y bergan, Oqibatda yerning 
    qiyofasi ancha o‘zgargan. O‘sha davrda yashagan suvo‘tlar va sodda bir hujayrali 
    organizmlarning qattiq qismlaridan ohak va marmar hosil bo‘lgan. Ilgari hukmron 
    bo‘lgan prokariotlar — bakteriyalar, ko‘k-yashil suvo‘tlar proterozoyga kelib
    eukariotlar — yashil, oltin rang suvo‘tlarning avj olib rivojlanishi bilan o‘rin 
    almashingan. Proterozoy erasida tarqalgan hayvonlarning aksariyati ko‘p hujayrali 
    formalar bo‘lgan. Dengizlarda ko‘p hujayrali hayvonlarning tuban formalari —
    bulutlar, radial simmetriyali kovakichlilar bilan bir qatorda, ikki tomonlama 
    simmetriyaga ega formalar ham keng tarqalgan. Ular orasida halqali 
    chuvalchanglar, mollyuskalar, bo‘g‘imoyoqlilar ko‘plab uchragan. Bu erada 
    bo‘g‘imoyoqlilarning eng qadimgi vakillari — qisqichbaqa chayonlar, shuningdek, 
    ignatanlilar hamda umurtqasiz hayvonlarning boshqa yuksak vakillari vujudga 
    kelgan. Aromorfoz tipdagi yirik o‘zgarishlarga ikki tomonlama simmetriyali 
    hayvonlarning kelib chiqishini misol qilib keltirish mumkin. Ikki tomonlama 
    simmetriyaning paydo bo‘lishi tufayli hayvonlar gavdasi oldingi va orqa, qorin va 
    yelka qismlarga differensiyalangan va oldingi tomonida sezuv organlari, nerv 
    tugunlari, keyinchalik esa bosh miya rivojlangan.

    Download 1,32 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106




    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna

    Download 1,32 Mb.
    Pdf ko'rish