Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/106
Sana27.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#255327
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106
Bog'liq
BIOLOGIYA

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar: 
1. Yerda hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risida koatservat va genetik gipotezalarini 
ayting?. 
2. Biogenezning asosiy bosqichlari va ularni tajriba orqali modellashtirish. Era va 
davrlar haqida tushuncha bering?. 
3. Yerda hayot rivojlanishining asosiy boskichlari. Arxey va proterozoy eralari 
haqida ayting? 
4. Mezazoy erasining davrlarini tushuntirig? 
5. Odam evolyusiyasi qaysi davrda tezlashadi? 
 
4-Mavzu: Hujayra biologiyasi. Tiriklikning mohiyati va darajalari 


Tayanch so‘z va iboralar:
Mikroskop, hujayra po‘sti, sitoplazma, yadro, 
hujayra 
hosilalari, 
submikroskopik 
strukturalar, 
mitoxondriya, 
plastida, 
endoplazmatik to‘rlar, golji kompleksi, lizasomalar, hujayra membranalari, 
sferasomalar, mikronaychalar, mikrofebrinlar, eukariot organizmlar, ligin, 
suberin, eukoriot organizmlar, nerv hujayralari. 
 
4.1.
 
Tiriklikning hujayrasiz va hujayraviy shakllari 
Hujayra - tirik organizmning tuzilish asoslari, yashash jarayonlarini hamda 
irsiy belgilarni o‘zida mujassamlashtirilgan tuzilmadir. Binobarin, odam yoki 
hayvonlar bir butun organizm holida hujayralar va hujayralararo tuzilmalar 
yig‘indisidan tarkib topgan. Fiziologik holatiga ko‘ra, hujayralar shakli va tarkibi 
har xilligi bilan bir biridan farq qiladi, ya'ni hujayralarning vazifasi ularning 
shaklini belgilaydi. Tarixiy biologik rivojlanish nuktai nazaridan qaraydigan 
bo‘lsak, hayot yer yuzasidagi jonsiz materiyaning jonli materiyaga aylanishdan
aniqrok qilib aytganda, hujayralar paydo bo‘lishidan kelib chiqqan. Masalan, 
dastlab yumaloq shakldagi oqsilli eng sodda tanachalar paydo bo‘lgan. So‘ng ular 
tanasida moddalar almashinuvi jarayoni paydo bo‘lgan. Shu bilan ular yashashi 
uchun zarur moddalarni tashqi muhitdan o‘zlashtirib, o‘z hayot faoliyatida hosil 
bo‘lgan chiqindi moddalarni ajratib turgan. Bunday sodda organizmlarning 
yashash muhiti asta sekin o‘zgarishi va murakkablashi natijasida ular organizmda 
moddalar almashinuvi jarayonlari ham o‘zgarib, tabaqalanib borgan, bu esa o‘z 
navbatida organizmlarning tuzilishi ham qisman o‘zgarishiga olib kelgan, ya'ni 
organizmda shakli va mohiyati jihatidan dastabki tanachalardan farq qiluvchi yangi 
tuzilmalar paydo bo‘la boshlagan. Yillar o‘tishi bilan tarixiy biologik rivojlanish 
davom etib, atrof -muhit o‘zgarishi va yashash sharoitining yana ham 
murakkablashishishi oqibatida asta- sekin murakkab tuzilgan yangi-yangi 
organizmlar paydo bo‘la boshlagan. Bu esa, albatta, ular tanasidagi oqsillar 
tuzilishiga ham tarkibiy o‘zgarishlar kiritgan, natijada ular turli vazifalarni 
bajarishga ham moslashib borgan. Ma'lumki, hozirgi fan nuqtai nazaridan 
qaraganda, tirik organizmlarning rivojlanishida va shakllanishida nuklein 
kislotalar- dezoksiribonuklein (DNK) va ribonuklein (RNK) kislotalar asosiy 


vazifani bajaradi. Ular organizm uchun zarur bo‘lgan oqsil moddalarni sintezlaydi 
va o‘zida genetik ma'lumotlarni saqlab keladi. Tiriklikning hujayrasiz va 
hujayraviy shakllari. Rang - barang organik olamda tiriklikning ikki xil: hujayrasiz 
va hujayraviy shakllari tafovut etiladi. Hujayrasiz shaklga viruslar kiradi. 
Hujayraviy shaklga prokaroitlar, eukaroitlar mansubdir. Virusning mavjudligi 
1892 yilda ilk bor botanik olim D.I. Ivanovskiy tomonidan, tamaki bargining 
kasalini o‘rganish natijasida topilgan. Bu mavjudot o‘ta mayda bo‘lib, har kanday 
filtrdan ham o‘tib ketadi. Viruslar o‘z tuzilishiga ko‘ra o‘ta sodda bo‘ladi. Ularda 
oqsil gilof (kapsid )ga o‘ralgan bir molekula nuklein kislotasi mavjud. Ko‘pgina 
viruslar ustidan oqsil va lipiddan iborat yana bir parda-adperkapsid bilan o‘ralgan. 
Viruslarning tuzilishi faqatgina elektron mikroskop orqaligina o‘rganiladi. Viruslar 
ikki guruhga bo‘linadi: DNK va RNK tutuvchi viruslar, ya'ni riboviruslarga tamaki 
mozaikasi virusi, DNK tutuvchi viruslar-desoksiviruslarga chechak, papilloma 
viruslari, adenoviruslar, bakteriofag misol bo‘ladi. Viruslarning yetuk zarrachalari 
virospora (viron) larda hayot belgilari ko‘rinmaydi. Ammo viruslar esa hayotning 
shu bosqichida hujayraga kirishi bilanoq tiriklikning barcha belgilarini namoyon 
qiladi. Viruslar hujayra paraziti. Viruslar hujayralarga yopishib oladi, unga kiradi, 
unda yashaydi va ko‘payadi.Ular o‘zi yashagan hujayrani nobud qilib, qayta 
boshqa hujayralarga kirib olishi mumkin. Viruslar hujayraga kirgandan so‘ng, shu 
hujayra irsiy apparatiga o‘z tarkibidagi nuklein kislotasi bilan ta'sir qilib, 
hujayradagi biosintetik jarayonni buzadi, ya'ni hujayra hususiyatini o‘zgarib 
yuboradi. Nihoyat hujayra nobud bo‘ladi. Shuning uchun ham viruslarni genetik 
parazitlar ham deyiladi. Viruslar o‘simlik, hayvon va odamda ko‘pgina kasalliklani 
keltirib chiqaradi. Masalan: grip, polipmielit, jigar kasaligi (sarik), leykoz, turli 
o‘smalar, tayga ensefaliti, uchiq toshishi va yaqinda ma'lum bo‘lgan XX asr vabosi 
nomini olgan, hayotda orttirilgan immun tanqisligi sindrom (OITS) shular 
jumlasidandir. Bir hujayrali organizmlar ham virus bilan zararlanadi. Bunday 
viruslar 1916 yilda Ergel tomonidan kashf qilinib, bakteriofag nomini olgan. 
Bakteriofaglarning tuzilishi viruslardan farqlanadi: ular tana, bosh va dum - 
xivchinlardan iborat bo‘lib, nuklein kislotasi DNK dir. Bakteriofaglar faqatgina 


bakteriyalarni yemiribgina kolmasdan, ularning hususiyatini o‘zgartirishi ham 
mumkin. Bu jarayon bakteriyalarning o‘ta moslanuvchiligini va o‘z hususiyatini 
tez o‘zgartirishni ta'minlaydi. Hujayralardan tashkil topgan tirik tabiat olamining 
barcha organizmlari ikki yirik guruhga bo‘linadi. 
1. Prokariotlar (Rro- avvalgi, karuop - yadro) bakteriyalar, ko‘k yashil 
suvo‘tlari, yadrosiz hujayralar. Ularning oziqlanishi geterotrof, xem- avtotrof yoki 
fotoavtotrof jarayonlari bilan boradi, ko‘payishi - jinssiz.
2. Eukaroitlar (yei- to‘la, karuop - yadro) bir hujayralilar zamburug‘lar, 
o‘simlik va hayvon hujayralari yadrolilar; ular yutish, surish bilan geterotrof yoki 
plastidalari yordamida fotosintez jarayoni orqali avtotrof oziqlanadi; ko‘payishi 
jinssiz va jinsiy usulda ro’y beradi. Bakteriyalar juda xilma-xil bo‘lib, ular zich 
parda bilan o‘ralgan bo‘ladi. Ko‘pgina bakteriya hujayralari shilliq kapsula- 
qo‘shimcha himoyaviy pardaga ega. Bakteriyalarda ribosomadan boshqa hujayra 
ichki organoidlar bulmaydi. Uning genetik materiali doira hosil qilingan DNK 
ipidan - genefordan iborat. Bu DNK, eukaroit hujayralardan farq qilib, 
nukleogistonlardan holidir. Hujayrada genetik apparatni sitoplazmadan ajratib 
turuvchi membranili tuzilma-shakllangan yadro bo‘lmaydi. Bakteriyalar oddiy-
amitotik ravishda, tez - har 20 minutda bo‘linib turadi. Bakteriyalarning organik 
olamdagi ahamiyati o‘ta muhim: ular tabiat sanitariya, ya'ni organik moddani 
yemiruvchi, o‘simlik va hayvon organizmi uchun zarur bo‘lgan moddalarni hosil 
qiluvchi va ayrim xillari esa, turli kasalliklar tarqatuvchidir. Odam organizmida 
muntazam ravishda kasallik keltirib chiqarmaydigan, ko‘pgina bakteriyalar 
mavjud. Ular inson organizmi uchun keraklidir. Masalan, yo‘g‘on ichakda 
yashovchi ayrim bakteriyalar ishtirokdagina odam organizmi uchun o‘ta zarur 
vitamin (darmondori)lar hosil bo‘ladi. 

Download 1,32 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish