Kaynozoy erasidagi organik olam.
Bu era 60—70 million yil davom etgan va
uchlamchi, to‘rtlamchi davrlarga bo‘linadi. Uchlamchi davrda dastlabki yo‘ldoshli
sut emizuvchilar yashagan. Ularning vakili bo‘lgan hasharotxo‘r
hayvonlardan
dastlabki yirtqichlar paydo bo‘lgan. Bu davrning birinchi yarmida yirtqich
hayvonlar suv muhitiga ham tarqalgan va oqibatda kurakoyoqlilar, kitsimonlar
rivojlangan. Quruqlikdagi yirtqich formalardan
dastlabki tuyoqli hayvonlar
vujudga kelgan. Keng tarqalgan tropik, subtropik o‘rmonlar uchlamchi davr
oxiriga kelib, yo‘qola boshlagan. Bundan taxminan 40 million yil ilgari
hasharotxo‘r hayvonlardan dastlabki primatlar rivojlangan. Uchlamchi davrda keng
tarqalgan yopiq urug‘li o‘simliklar,
hasharotlar, qushlar va sut emizuvchilar
birgalikda ko‘pgina biotsenozlar hosil qilgan.
To‘rtlamchi davr mobaynida mastodontlar, mamontlar, darranda tishli bahaybat
kaltakesaklar, gigant yalqovlar, katta shoxli bug‘ular nobud bo‘ladi. To‘rtlamchi
davrga kelib, odam paydo bo‘lgan. Odam paydo bo‘lishi o‘simliklar va hayvonot
olamining rivojlanishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan.
Kaynozoy erasida sut
emizuvchilar va qushlarning xilma-xil turkumlari va oilalari idioadaptatsiya va
uning konkret yo‘nalishi hisoblangan adaptiv radiatsiya, divergensiya, parallelizm,
konvergensiya asosida kelib chiqqan.