Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/106
Sana27.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#255327
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106
Bog'liq
BIOLOGIYA

 
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar: 
1.Ch.Darvingacha bo‘lgan davrdagi evolyusion tushunchalarni gapirib bering? 
2.Darvin evolyusion ta'limotning mohiyati nimadan iborat?. 
3.Yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish va ular xillarini sanab bering? 
4.Evolyusiya va irsiyat. Darvin davrida tur tushunchasi tushuntiring?. 
 
3-Mavzu: Yerda hayotning paydo bo‘lishi va rivojlanishi 
Tayanch so‘z va iboralar: kembriy ordovik, silur, devon, toshko‘mir, perm, trias, 
yura, bo‘r, arxey, proterozoy, poleozoy, mezazoy, kaynazoy, hujayra, era, davr. 
3.1.
 
Yerda hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risida tushunchalar 
Hayot va uning paydo bo‘lishi eng dolzarb, shu bilan birga eng qiyin 
muammolardan biridir. F.Engels birinchi marta hayot muammosiga ilmiy 
tomondan yondashgan. U XIX asrning ikkinchi yarmida tabiiyot fanlarida 
to‘plangan yutuqlarni e'tiborga olib, o‘zining «Tabiat dialektikasi» hamda «Anti-
Dyuring» degan asarlarida hayotning mohiyati va paydo bo‘lishi haqida o‘z 
fikrlarini bayon etgan. «Tabiat dialektikasi» asarida Engels hayotga quyidagicha 
ta'rif bergan: «Hayot — oqsil jismlarning yashash usulidir, ularni qurshagan tashqi 
tabiat bilan bo‘ladigan to‘xtovsiz moddalar almashinuvi bu usulning muhim 
momentidir, zero mazkur almashinuv to‘xtashi bilan hayot ham to‘xtaydi, bu esa 
oqsilning bo‘zilishiga olib keladi». Hayotga berilgan ikkinchi ta'rifda tirik 
tabiatning o‘zini-o‘zi yangilash jarayoniga e'tibor berilgan. «Hayot — oqsil 
jismlarning yashash usulidir. Bu yashash usuli esa o‘z mohiyati bilan mazkur 


jismlarning ximiyaviy tarkibiy qismlarining doimo o‘zini-o‘zi yangilab turishidan 
iborat».
Genetik olim N.P. Dubinin «erdagi hayot ko‘rinishini tarix axboroti va o‘zini-
o‘zi vujudga keltirishga ega ochiq sistemadagi DNK, RNK va oqsilning o‘zaro 
ta'siri deb xarakterlasa bo‘ladi», degan edi. Yana bir guruh faylasuflar Engelsning 
hayotga bergan ta'rifi umuman to‘g‘ri, lekin unga zamon taqozosi bilan ba'zi bir 
o‘zgartirishlar kiritish kerak, deb uqtiradilar. Masalan, Kedrov fikricha, hayot 
ta'rifida materiya yashash usulining spetsifik xossalarigina emas, balki shu bilan 
birgalikda, harakat formasining spetsifik xossalari ham e'tiborga olinishi kerak. 
A. S. Mamzin tomonidan hayotga berilgan ta'rif Kedrov fikrlariga mazmunan 
yaqin. Uning qayd qilishicha, «...dastlabki formadagi hayot tarkibida doimiy 
elementlar sifatida oqsil tipidagi birikmalar, nuklein kislotalar va fosfor-organik 
birikmalar saqlaydigan, atrof- muhit bilan o‘zaro ta'sir jarayonida moddalar, 
energiya va axborotning to‘planishi hamda o‘zgarishi asosida, o‘z-o‘zidan 
boshqarilish va rivojlanish xossalariga ega bo‘lgan ochiq kolloid sistemalarning 
yashash formasidan iborat» deb ta'riflash mumkin. Hayotga berilgan ta'riflarning 
hammasida uning ochiq sistema ekanligi eslatib o‘tiladi. Ochiq sistema 
tushunchasi biologiyaga fizikadan o‘tgan. Tirik organizmlarga nisbatan ochiq 
sistema deganda, har bir tirik mavjudot tashqaridan oziq shaklida energiya va 
materiya turini o‘zlashtirishi hamda hayot faoliyati tufayli vujudga kelgan 
tashlandiqlarni atrofdagi muhitga chiqarib turishi, shundagina u normal hayot 
kechira olishi tushuniladi. Shuning uchun ham ochiq sistema tushunchasi ba'zi bir 
olimlar tomonidan berilgan hayot ta'rifiga kiritilgan. Masalan, V.V. Volkenshteyn 
hayotga tunday ta'rif bergan: «erda mavjud bo‘lgan tirik jismlar biopolimerlardan, 
ya'ni oqsillar bilan nuklein kislotalardan tuzilgan, o‘zini-o‘zi boshqaradigan va 
o‘zini-o‘zi ishlab chiqaradigan ochiq sistemalardir». 
1829 yili nemis olimi F. Vyoler laboratoriya sharoitida kaliy sianid bilan 
ammoniy sulfatni qizdirib, organik modda — mochevina olishga. muvaffaq bo‘ldi. 
Bu bilan organizmdan tashqari holatda anorganik moddalardan organik moddalar 
hosil qilish mumkinligini amalda isbotladi. 


Hayotning paydo bo‘lishi to‘g‘risida turlicha farazlar bor. Ular: 
1. Hayot iloxiy kuch ishtirokida yaratilganligi haqdagi kreotsinizm. 
2. Hayotni o‘lik tabiatdan birdaniga paydo bo‘lganligi haqida; 
3. Hayotning abadiyligi to‘g‘risidagi; 
4. yerdagi hayotning o‘zga sayyoralardan kelganligi haqida; 
5. Hayotning bioximiyaviy evolyusiya natijasi ekanligi to‘g‘risidagi 
nazariyalar; 
XVII asrda yashagan Italiya olimi Franchesko Redi hayotning o‘z-o‘zidan 
paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi bunday tasavvurlar noto‘g‘riligini birinchi bo‘lib 
tajribada isbotladi. U o‘z tajribalarida shisha idishlarga bir parchadan go‘sht solib, 
ba'zi idishlarning ustini doka bilan yopib, ba'zilarini ochiq holda qoldirdi. Ochiq 
holdagi idishlardagi go‘shtlarga pashsha qo‘ngani uchun tez orada ularda qurt 
paydo bo‘ldi va rivojlandi. Yopiq shisha idishlardagi go‘sht sasib chirisa ham, 
ularda hyech qanday qurt rivojlanmadi. Redi o‘z tajribalariga asoslanib, hasharotlar 
chiriyotgan go‘shtdan emas, balki urg‘ochi pashshalar qo‘ygan tuxumdan 
rivojlanishini ta'kidladi. 
Mikroskop kashf etilishi va qo‘llanilishi tufayli XVIII asrga kelib
mikroorganizmlar olami ma'lum bo‘la boshladi. Natijada hayot o‘z-o‘zidan paydo 
bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrni ba'zi olimlar eksperimental yo‘l bilan isbot qilmoqchi 
bo‘ldilar. Jumladan, angliyalik Nidgem 1745 yili pichan ivitilgan suvda o‘z-
o‘zidan mayda infuzoriyalar paydo bo‘lishini tajribada isbotlashga urinib ko‘rdi. 
Hayotning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lish g‘oyasi Fransiya olimi Byuffon tomonidan 
ham quvvatlandi. 
Fransiya mikrobiologi Lui Paster tajribalar o‘tkazib, yirik organizmlargina 
emas, hatto eng mayda organizmlar ham o‘lik tabiatdan o‘z- o‘zidan paydo 
bo‘lmasligini isbotlab berdi. Paster tajribasining yakunlari e'lon qilingandan so‘ng 
yerdagi hayot mangu deb da'vo qiluvchi farazlar maydonga keldi. Mazkur farazga 
yerda hayot paydo bo‘lmagan u abadiydir.
Kosmozoylar farazini birinchi marta 1865 yili nemis vrachi Rixter ilgari surdi. 
Keyinchalik mazkur farazni olimlardan Tomson va Gelmgols quvvatladilar. 


Kosmozoylar farazga ko‘ra, koinotda hayot mangu bo‘lib, uning zarrachalari bir 
sayyoradan ikkinchi sayyoraga ko‘chib yuradi. Bu zarrachalarning ko‘chib 
yurishida meteoritlar asosiy o‘rin egalaydi. Mikroskopik ko‘rinishdagi bu hayot 
zarrachalari meteoritlarga yopishib, ular orqali yerga tushgan va hayotning 
rivojlanishiga sababchi bo‘lgan. 
Panspermiya farazi 1907 yili shved olimi Arrenius tomonidan ilgari surildi. Bu 
farazi xuddi kosmozoylar faraz singari hayotning manguligini e'tirof etgan. Bu ikki 
faraz mazmunan bir xil bo‘lib, asosiy farqi hayot zarrachalari yerga turli yo‘llar 
bilan yetib kelganligi haqida, xolos. Arrenius mulohazasicha hayot kurtaklari 
meteoritlar ishtirokida tarqalmaydi, chunki meteoritlar atmosferaga ishqalanishi 
natijasida juda qizib ketadi. Oqibatda hayot kurtaklari nobud bo‘ladi. Shunga 
ko‘ra, panspermiya faraziga muvofiq, hayot kurtaklari quyoshdan ajralgan 
yorug‘lik nurlarining bosimi ta'sirida yerga tarqalgan deyilgan. 
Boshqa sayyoralarning sharoitini o‘rganish shundan dalolat beradiki, Quyosh 
sistemasidagi Merkuriy sayyorasida hayot bo‘lishi uchun hyech qanday sharoit 
yo‘q. Chunki uning doimiy Quyoshga qaragan tomonida temperatura 370° bo‘lib, 
unda hatto qo‘rg‘oshin ham erib ketadi. Merkuriyning Quyoshga teskari tomonida, 
aksincha, temperatura 260° atrofida. Venera tomonga qarab uchirilgan kosmik 
raketalardan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, uning sathidagi harorat juda yuqori, 
300° atrofida. 1959 yili amerikaliklar, 1978 yili uchirilgan «Venera-11», «Venera-
12» kosmik apparatlari yordamida Venera atmosferasining yuqori qismida suv 
bug‘lari borligi aniqlandi. Biroq atmosferadagi karbonat angidrid gazi yerdagiga 
nisbatan ming marta ortiq. Binobarin, Veneradagi sharoit ham hayot mavjudligini 
inkor etadi. Quyosh sistemasidagi uzoq sayyoralarda atmosfera asosan vodorod, 
metan va ammiakdan iborat. Temperatura esa juda past. Chunonchi, Quyoshga 
yaqin bo‘lgan sayyora— Yupiterda—130°, Plutonda—210°gacha yetadi. Bunday 
taroitda vodorod va geliydan tashqari, barcha gazlar suyuq yoki qattiq — muz 
holida bo‘ladi. Quyosh sistemasidagi sayyoralardan faqat Marsda hayot uchun 
sharoit mavjud, degan fikr ba'zi olimlar tomonidan e'tiborga olinib kelinar edi. 
Chunki Mars planetasi inert gazlardan, suv bug‘lari va kisloroddan iborat. Lekin 


amerikaliklar tomonidan uchirilgan «Gulliver» apparati Marsda hayot borligini 
tasdiqlamadi. 

Download 1,32 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish