tabiatdagi barcha hodisalar tabiiy qonunlar asosida sodir bo‘ladi desalar, ikkinchi
tomondan, olamning dastlab yaratuvchi tomonidan yaratilgan degan g‘oyani ilgari
suradilar. Tashqi sharoit organik va anorganik tabiatga turlicha ta'sir ko‘rsatadi:
anorganik tabiatni yemiradi, organik
formalarni esa quvvatlab, ularning tuzilishini
saqlaydi.
Lamark
fikricha, dastlabki sodda tirik formalar o‘lik tabiatdan o‘z-
o‘zidan paydo bo‘lish tufayli vujudga kelgan. Xulosa qilib aytganda, Lamark
insoniyat tarixida birinchi bo‘lib organik olamning tarixiy rivojlanishi haqidagi
masalani atroflicha o‘rganib, uni ko‘p jihatdan hal etgan olimdir. Uning ta'limotida
evolyusion nazariyaga bog‘liq ko‘p masalalar qamrab olingan. Turlarning realligi,
o‘zgaruvchanligi, organizmlarga tashqi muhitning ta'siri,
evolyusiya jarayonida
organizm ichki xossalarining ahamiyati, evolyusiya jarayonining yo‘nalishlari va
evolyusiyani harakatlantiruvchi kuchlar, irsiyat va o‘zgaruvchanlikning
organizmlar tarixiy rivojlanishidagi roli kabilar «Zoologiya falsafasi» va keyingi
asarlarida asosiy masala bo‘lgan. Bu masalalar ko‘pincha to‘g‘ri hal qilinmagan
bo‘lsada, lekin ular naqadar ko‘pligining o‘zi Lamark nihoyatda zo‘r
qobiliyatli
tabiatshunos va nazariyachi bo‘lganligidan dalolat beradi.
Lamark ta'limotida
tabiiy sistema va tur muammolari. Lamarkning asosiy maqsadi tabiat hodisalarini
o‘zaro bog‘liq holda, 30 ya'ni ularning haqiqiy tartibini ifodalaydigan tabiiy
munosabatlarni o‘rganishdan iborat bo‘lgan. Sun'iy ravishda tuzilgan sistemalar
esa tabiatni o‘rganishga salbiy ta'sir ko‘rsatgan, xolos. Tabiatdagi haqiqiy tartibni
kashf
etish deganda, Lamark organizmlar qon-qarindoshligini ifodalovchi genetik
munosabatni, genealogik klassifikatsiyani tushunadi, Organizmlar orasidagi
genetik munosabat qancha o‘zoq bo‘lsa, ular o‘rtasidagi umumiylik ham shuncha
kam bo‘ladi. Organizmlar tashqi tomondan ko‘p yoki oz o‘xshashligiga
qarab
turlar, avlodlar,
turkumlar, sinflarga birlashtiriladi. Bunday usulda guruhlash,
albatta, organizmlarni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lsada, tabiiy holatni aks
ettirmaydi, shu sababli ham bu tarzda guruhlash sun'iy va shartli hisoblanadi.
Lamark fikricha, sinf, turkum, avlod, tur kabi sistematik kategoriyalar sun'iy, real
emas. Tabiatda faqat individlar real xolos. Lamark hayvonot olamidagi tabiiy
tartibni aniqlashni, o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va shu sababli
organizmlarning qon-qarindoshligiga asoslangan genealogik klassifikatsiyani ilgari
surgan. Agar tabiatda turli sinflar, turkumlar, oilalar o‘rtasida keskin chegara
bo‘lmasa, tabiiyki, hamisha tur orasida ham chegarani topish qiyin. Shunga ko‘ra,
ba'zan tabiatshunos olimlar bir-biriga yaqin turlar chegarasini aniqlashda
qiyinchilikka duch keladilar. Masalan, lishayniklar, ituzum, geran, tungi
kapalaklar, pashsha, kuya, yaydoqchilar, o‘zuntumshuqlilarning
bir-biriga yaqin
turlari o‘rtasiga keskin chegara qo‘yib bo‘lmaydi. Bu qiyinchilik muayyan turlarga
kiradigan individlar o‘zgarishidan, turlar, tur xillari o‘rtasida oraliq formalar
bo‘lishidan, turlar doimiy harakatda va rivojlanishda ekanligidan dalolat beradi.
Tashqi muhitning organizmlarga ko‘rsatadigan ta'siri haqida Lamark quyidagi 2
qonunini ta'riflaydi.