degan fikr bilan maydonga chiqqan.
Rimliklarning o‘simliklar bilan hayvonlarni
tekshirish sohasidagi
izlanishlarida morfologik yo‘nalish o‘rniga organizmlarning hayot sharoiti, o‘zaro
munosabati, o‘simliklar bilan hayvonlardan inson manfaatlari yo‘lida foydalanish
kabi yo‘nalishlar keng tus olgan. Shu jihatdan Karl Linney ijodi diqqatga
sazovordir. U eramizning 23—79 yillarida yashagan.
Olim 37 bo‘limdan iborat «Tabiiy tarix» nomli asar yozgan.
Bu asarni
yozishda o‘z kuzatishlariga va 2000 ga yaqin adabiy manbalarga asoslangan.
Asarning zoologiya bo‘limida Aristotelga noma'lum bo‘lgan 155 hayvon turi
tasvirlangan. U hayvonlarni guruhlarga ajratishda ularning tuzilishiga emas,
balki
ekologiyasiga asoslangan. Barcha hayvonlar suvda yashaydigan, havoda uchadigan
va yerda yashaydigan guruhlarga bo‘lingan.
3.1.
Ch.Darvinning yirik ilmiy asarlari va ularni qisqacha mazmuni
Ch.Darvinning 1859 yil 24 noyabrda «Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning
kelib chiqishi, ya'ni yashash uchun kurashda eng yaxshi moslashgan zotlarning
saqlanib qolishi» degan mashhur asari chop etildi. U aniq va mantiqiy reja asosida
yozilgan bo‘lib, Lyayel ta'biri bilan aytganda, «bir uzun argument»dan iborat edi.
Asar 14 bobdan iborat bo‘lib, xilma-xil hayvonlar zoti va o‘simliklar
navini
chiqargan inson amaliyotini tahlil qilishdan boshlanardi. Inson organizmlarning
irsiyati va o‘zgaruvchanlik xossalari tufayli sun'iy tanlashda ajoyib natijalarga
erishganligi ko‘p 49 misollar zaminida tushuntiriladi. So‘ngra
tabiiy sharoitdagi
tanlanish bayon etiladi. Ch.Darvin o‘zgaruvchanlik va irsiyat xossalari tabiiy
sharoitda yashaydigan organizmlarga ham mansubligini, lekin bu yerda «yashash
uchun kurash» yoki «hayot uchun raqobat», «organizmlarning
geometrik
progressiya yo‘li bilan ko‘payishi» tanlanish sababchisi ekanligini qayd qiladi.
Yangi nazariyaga oid qiyinchiliklar Ch.Darvinning diqqat markazida turdi. Bu
qiyinchiliklarning eng asosiysi tur xili qanday qilib turga aylanadi, nima sababdan
har xil turlar o‘rtasida oraliq formalar uchramaydi, degan masaladir. Bu qiyinchilik
yashash uchun kurash, belgilarning ajralishi va oraliq formalarning qirilib ketishi
g‘oyalari bilan bartaraf qilindi. Ch.Darvin ba'zi
hollarda soddadan murakkab
tomon rivojlanishda oraliq formalar uchrashini ta'kidladi. Yangi nazariya oldidagi
qiyinchiliklardan yana biri hozirgi organizmlarning ajdodlari orasida izchil
paleontologik
qatorlar
yo‘qligi
va
paleontologik
qazilmalardagi
yetishmovchilikdir. Ch.Darvin bunday yetishmovchiliklar tabiiy ekanligini, chunki
qadimgi davrda yashagan hayvonlar vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib
ketishini, shunga
ko‘ra, hyech bir vaqt «geologik solnoma» to‘la bo‘lmasligini qayd qildi. Asarning
so‘nggi boblari evolyusion nazariyani paleontologik,
biogeografik, sistematik,
qiyosiy anatomik va embriologik dalillar bilan isbotlashga qaratilgan.
Ch.Darvin turli-tuman dalillar, g‘oyalar zaminida
tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning paydo
bo‘lishidagi nazariya kreatsionistlar
nazariyasiga
nisbatan ko‘p afzalliklarga ega ekanligini ta'kidladi.
«Turlarning kelib chiqishi» asari Ch.Darvin
tomonidan bajarilgan juda katta mehnatning bir
ulushidir.
Asarda
bayon
etilgan
fikrlarning
to‘g‘riligini isbotlash va rivojlantirish maqsadida