borilgan. Shu sababli ular 760 ta xilma-xil shifobaxsh o‘simlikni bilganlar.
Murtakning rivojlanishi ustida olib borilgan dastlabki kuzatishlar ham qadimgi
hindlarga tegishlidir. Bu o‘sha
davrda Hindistonda anatomiya, embriologiya
kabi fanlarning rivoj topganligidan dalolat beradi. Qadimgi Xitoyda ham
tabiatshunoslik birmuncha rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida almashlab ekish
joriy etilgan. yerlarni o‘g‘itlashda, sug‘orishda birmuncha yutuqlar qo‘lga
kiritilgan. Eramizdan 3000—4000 yillar ilgari hayvonlarning yangi zotlarini
(ot), o‘simliklarning navlarini (manzarali o‘simliklarni) chiqarishda tanlash
usuli qo‘llanilgan. Eramizdan oldin 298—238 yillarda yashagan xitoylik
faylasuf Syun Szi odam bilan hayvonlar o‘rtasidagi
farq haqida gapirib, inson
aql-idrokka ega, jamiyatda yashab, o‘z harakatlarini birlashtiradi, bu esa o‘ziga
qaraganda kuchliroq bo‘lgan hayvonlar ustidan hukmronlik qilishga, ulardan
o‘z maqsadlarida foydalanishga imkon beradi, degan edi. O‘simliklar bilan
hayvonlar olamini xitoylar qadimdan o‘rganganlar.
Eramizgacha bo‘lgan
530—470 yillarda yashagan Geraklit barcha borliq va tafakkur asosini qarama-
qarshiliklar kurashi tashkil etadi, koinot yaratilmagan u olov, havo,
suv va
yerning bir-biriga aylanishi natijasidir, degan. Organizmlarning tabiiy ravishda
vujudga kelishi g‘oyasi qadimgi Yunonistonda keng o‘rin oladi.
Masalan,
Fales barcha tiriklik suvdan, Anaksimen hayvonlar va odam dastlabki
loyqadan, Anaksimandr esa hayvonlar namlikdan vujudga kelgan, odam
dastlab baliqlarga o‘xshagan ular esa o‘z navbatida boshqa hayvonlar turidan
paydo bo‘lgan, degan fikrlarni quvvatlaganlar. Keyinchalik Qadimgi Yunon
olimlaridan Levkipp (eramizgacha bo‘lgan 500—440 yillar) va Demokrit
(460—370 yillar) atomistik nazariyani yaratganlar.
Eramizdan
oldin V asrda
yashagan vrach va shoir Empedokl tabiat asosini 4 element (suv, yer olov va
havo) tashkil etadi, ular doimiy, yo‘qolmay birbiriga qo‘shiladi va yana
ajraladi, deb e'tirof etgan.
Yunon olimlaridan Gippokrat (eramizgacha bo‘lgan
460—477 yillar) va uning shogirdlari tibbiyot nazariyasini yaratishda
biologiya bilimlaridan keng foydalanganlar va tajriba va kuzatishlar olib
borganlar. O‘sha davrda anatomiya-fiziologiya sohasidagi ma'lumotlar
uncha
puxta bo‘lmasligiga hamda ichki organlarning tuzilishi va funksiyasi haqidagi
tasavvurlarda kamchiliklar mavjudligiga qaramay, gippokratchilar biologiyaga
oid ko‘p masalalarni hal etishga harakat qilgan. Ayniqsa, Gippokratning
irsiyatga doir fikrlari diqqatga sazovordir. Uning irsiyat haqidagi tasavvuriga
ko‘ra, erkak va ayolning urug‘i va tuxumi butkul organizmdan hosil bo‘ladi.
Qadimgi Yunonistonda tabiatshunoslikning rivojlanishi Aristotel (eramizgacha
bo‘lgan 384—322 yillar) ijodida o‘z ifodasini topgan. U hayvonlar qiyosiy
anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki
fikrlarni bayon etgan hamda
organlar korrelyasiyasi va tabiatdagi asta-sekin rivojlanish to‘g‘risida ba'zi
fikrlarni ilgari surgan. Aristotel qayd etishicha, tabiat sekin-asta jonsiz
narsalardan hayvonlar tomon rivojlanadi. Bu jarayonlar uzluksiz bo‘lganligi
uchun ular o‘rtasidagi chegarani aniqlash qiyin. Olim hayvonlarning 500 ga
yaqin turini bilgan hamda hayvonot 11 olamining klassifikatsiyasiga asos
solgan. U hayvonlarni klassifikatsiyalashda ularning ayrim xossalariga emas,
balki ko‘p belgilariga e'tibor berish kerakligini e'tirof etgan. Aristotel barcha
hayvonlarni 2 ta guruhga — «qonlilar» va «qonsizlar»ga bo‘lgan.
Aristotelning
shogirdlaridan biri bo‘lgan Teofrast (eramizgacha bo‘lgan 372—287 yillar)
botanika sohasida diqqatga sazovor ishlar qilgan. U o‘simliklarning 400 dan
ortiq turini o‘rganib, ularning organlar tuzilishini,
fiziologiyasini tasvirlab
bergan hamda o‘simliklarning amaliy ahamiyati haqidagi ma'lumotlarni
to‘plagan.
Teofrast o‘simliklarning bir turi boshqa turga
aylanishi mumkin, degan fikrni quvvatlagan. Levkipp
va Demokritning izdoshi bo‘lgan Epikur (eramizgacha
bo‘lgan 341—270 yillar) barcha organizmlarning
tanasi mayda, bo‘linmas atom zarrachalaridan iborat.
Ularning qo‘shilishi va ajralishi tufayli olam vujudga
keladi va yo‘qoladi.
Jon ham atomlardan tashkil topgan, tabiatdagi