O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/106
Sana27.05.2024
Hajmi1,32 Mb.
#255327
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106
Bog'liq
BIOLOGIYA

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1-Mavzu: Biologiya faning vazifasi, o‘rganadigan sohalari va uslublari 
Tayanch so‘z va iboralar

biologiya, genetika, seleksiya, irsiyat, o‘zgaruvchanlik, 
sitologiya, botanika, biotexnologiya, organizm, hujayra, gen, tiriklik.
1.1.
 
Biologiya fanining maqsadi va vazifasi, o‘rganish usullari. 
 
Biologiya 
(yunoncha βίος, 
bios
, "hayot"; va λόγος, 
logos
, "bilim") hayot va 
u bilan bog‘liq masalalar tadqiqotidir. Ushbu fan organizmlarning tuzilishi, 
funksiyalari, o‘zgarishi, kelib chiqishi va evolyusiyasini o‘rganuvchi sohadir. U 
turli organizmlarni yashashini, turlarning paydo bo‘lishini, ularning o‘zaro va 


atrof-muhit bilan munosabatlarini tasvirlaydi. Biologiya
ning asosiy vazifasi 
tiriklikning namoyon bo‘lishi qonuniyatlarini o‘rganish, hayotning mohiyatini 
ochib berish, tirik organizmlarni sistemaga solishdan iborat.
Biologiya tirik tabiat 
to‘g‘risidagi bilimlar 
tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki 
bu fanda ilgari o‘rganilgan dalillar tarixiylik nuqtai nazaridan ma'lum tizimlarga 
keltiriladi va ularning yig‘indisi organik olamning asosiy qonuniyatlarini 
aniqlashga imkon yaratadi. Ana shu qonuniyatlar asosida tabiatdan oqilona 
foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. 
Biologiya botanika, zoologiya, fiziologiya, gistologiya, sitologiya, poleontologiya, 
embriologiya kabi turli sohalarga bo‘linadi. 
Nazariy bilimga va keng ko‘lamli dunyoqarashga ega bo‘lgan malakali 
qishloq xo‘jalik xodimini tayyorlashda biologiya fanining o‘rni o‘ta muximdir, shu 
fangina, avvalo hayotning rivojlanish qonuniyatlari yechimini ko‘rsatib bera oladi. 
Biologiya - bu tiriklik (hayot) haqidagi fan bo‘lib materianing malum bir 
shakli sifatidagi tiriklikning yashash va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Biologiya atamasi farang olimi J.O.Lamark tomonidan 1802 yilda berilgan. 
Tirik tabiatning hayoti ko‘payishi bilan bevosita bog‘liq. Ko‘payish qaysi 
ko‘rinishda davom etishidan qatiy nazar, bir avloddan ikkinchisiga doimo umumiy 
belgi xususiyatlar tarzida beriladi. Bu irsiyat bilan bog‘liq. 
Irsiyat - tirik organizmlarning o‘z belgi va xususiyatlarini avloddan-avlodga 
(nasldan - naslga) berish xossasidir. Irsiyat tufayli ota - ona organizmlarning belgi 
va xususiyatlari o‘zgarmagan holda nasldan- naslga beriladi. Organizmlarning bu 
xususiyatlari o‘simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning oila, tur, zot va 
naviga xos xususiyatlarni kelgusi avlodlarda saklanib qolishiga yordam beradi. 
Lekin ota-onalaridan ba'zi belgilari bo‘yicha farq qiladi. Yani irsiyat organizm 
belgi va xususiyatlarining «nusxasi» gina bo’lib qolmay, balki o‘zgaruvchanlik 
ham omillari ta’sirida ularda kuzatiladi. 
O‘zgaruvchanlik- avlodlarning bir yoki bir qancha belgilari bilan o‘z 
ajdodlaridan farq qilishidir. O‘zgaruvchanlik irsiyatga teskari ko‘rinsada, lekin 
aslida u ham tirik organizmlarga xos xususiyatidir. 


Umuman, yer yuzida hayotning uzluksiz davom etishi va rivojlanishi 
(evolyusiyasi) tirik organizmlarning ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lib, o‘z navbatida 
ko‘payishi irsiyat bilan bog‘liq. Biologik xilma-xillik esa bevosita o‘zgaruvchanlik 
xosilasidir. 
Genetika - tirik organizmlarning irsiyati va o‘zgaruvchanligini o‘rganadigan 
fan bo‘lib, yunoncha «genezis» - tug‘ilish, kelib chiqish degan ma'noni anglatadi 
(V.Betson, 1906 y). 
Har qaysi tur o‘ziga xos belgilari bilan farqlanadi va shu belgilarni 
avloddan-avlodga berib boradi. Bu xususiyat irsiyatning mavjudligini yaqqol 
isbotlaydi. Biologik xilma xillik esa - o‘zgaruvchanlik natijasidir. 
Insoniyat azaldan tiriklikka qiziqish bilan qaragan. Hayotga, tiriklikka 
bo‘lgan qarash ham faqatgana ruxiy olam tushunchalari nuqtai nazari bilan talqin 
etildi. Shuning bilan birga har xil kuzatishlar natijasida dunyoviy ilm mat'lumotlari 
ham to‘planib borildi. Tirik tabiatni o‘rganish dexqonchilik ishlarini 
rivojlantirishda o‘z aksini topdi. Insoniyatni ko‘p asirlik tajribasi tabiatni o‘rganish 
sohasida ko‘pgina amaliy natijalar berdi. Shu amaliy natijalar tufayli biologiya 
ham fan sifatida shakllana bordi va rivojlanishi sodir bo‘ldi. Biologiya fanining 
tarixiy rivoji ruxiy olam fanlari, diniy qarashlar va moddiylikka asoslangan fikr-
mulohazalar asosida ro‘y berdi. 
Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot 
usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va 
eksperimental usullar kiradi. 

Download 1,32 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106




Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti xusanova onarxon g‘aybullaevna

Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish