Kostyum kreativ grafikasi fanining maqsadi va vazifasi




Download 17.57 Mb.
bet4/244
Sana17.03.2023
Hajmi17.57 Mb.
#45845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244
Bog'liq
o\'qitish materiali
11-SINF Geometriya, Orzularim ko, 1 kurs Ishchi dastur so\'nggisi, Raqamli iqtisodiyotda mobil texnologiyalar Raqamli texnologiyala-fayllar.org (2), Документ Microsoft Word (5), 4 Ketma -ketliklar, daraxtlar, graflarni ifodalash usullari, кийим турлари, Transport vositalaridan foydalanish ko`rsatkichlari, 5 mavzu MS EXCEL ЖАДВАЛ МУХАРРИРИДА ИШЛАШ КУНИКМАЛАРИ(1), ABN 3-mus ish, biorganika mustaqil ish, To\'rayev H.T, Azizov I. Matematik mantiq va diskret matematika 1-jild (1), AT to\'plam, chilangarlik
1. Kostyum kreativ grafikasi fanining maqsadi va vazifasi
Barchamizga ma’lumki, har bir suveren davlat o‘zining betakror tarixi va madaniyatiga egadir. O‘zbekistonning ko‘p asrlik tarixi va 25 yillik rivojlanish davri, o‘z davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan taraqqiyoti bu haqiqatni yaqqol tasdiqlab berdi. Bu tarix, bu madaniyatning haqiqiy ijodkori, yaratuvchisi esa haqli ravishda shu mamlakat xalqi hisoblanadi [1]. O’zbek xalqi azaldan hunarmandchilik bilan shug’ullangan. Ular tomonidan yaratilgan betakror san’at namunalari hozirgi kunda ham dunyo ahlini lol qoldirib kelmoqda.
Davlatimizning muhim vazifalaridan biri, kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlab rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat, chunki tadbirkor nafaqat o‘zining oilasini, balki xalqni ham davlatni ham boqadi [2]. Shu maqsadda yetuk malakali dizaynerlami tayyorlashda xorij tajribasiga tayanib o‘quv adabiyotlami yaratish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun dizayn ta’lim yo‘nalishdagi talabalarga kelajakdagi kasbiy faoliyatlarini rivojlantirish uchun kostyum kreativ grafikasi fani muhim ahamiyatga egadir. Bu darslik talabalaming kasbiy mahoratlarini takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlariga zamin yaratadi. Ushbu kitob ikkala yonalishda: eskiz chizish mahoratini oshirib, chizishni o‘rganmoqchi hamda illyustratsiyalardan foydalanib, qoralama eskizlar yaratadigan dizavnerlar uchun mo'ljallangan. Kitob o‘z ichiga, kreativ g‘oyalami qog‘ozga tushurish usullari va asosan, o ‘z ijodiy ishlarinigizdan qoniqish, hamda moda industriyasida yuqori cho‘qqilarga erishish maqsadini amalga oshirishda, muallif g ‘oyalarning yanada takomillashtirishning eng qulay usullarini mujassamlashtiradi.
Kostyum - bu kiyim qismlarining muayyan obrazli-badiiy sistemasi va bu qismlarni insonning individual obrazini yoki ijtimoiy guruhini xarakterlovchi, qaror topgan yoki tashkil topgan prinsiplarga asosan yaratilgan, muayyan tarixiy bosqichda erishilgan ma’lum texnik, ilmiy va madaniy yutuqlarni aks ettiruvchi obraz. Kiyim, bosh kiyim, poyabzal predmetlarining, qo‘shimchalar va bezaklarning yig‘indisi, shuningdek soch turmagi va grim—bularning hammasi birgalikda kostyumni tashkil etadi.
Kreativlik- bu shaxsning yangi g’oyalarni yaratishi, tafakkurning an’anaviy sxemasidan chetga chiqib, o’ziga xos, original qarorlar qabul qilishga qodirligi. 
Grafika (yun. Graphike, grapho- yozaman, chizaman) degan ma’nolarni bildiradi.
Bu barcha so’zlarini bitta ma’noga jamlasak “kostyum kreativ grafikasi” fanining maqsadi o’quvchilarga kiyim qismlarining muayyan obrazli-badiiy sistemasini yangi g’oyalar asosida eskizini chizish va yaratishda amaliy dastur hisoblanadi.


Download 17.57 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   244




Download 17.57 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kostyum kreativ grafikasi fanining maqsadi va vazifasi

Download 17.57 Mb.