• Tuzuvchilar: I.Tillabayev
  • O’ ZBEKIST О N RESPUBLIKASI О LIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
  • Namangan - 2019 Tayyorlangan ushbu ma’ruza matni “ Kompyuter tarmoqlari ”
  • 1-mavzu: Kompyuter kommunikatsiyalari: kommunikatsion kanal va aloqa protsessori, axborot uzatish muhiti (2 soat ma’ruza) Reja
  • -mavzu: Kommunikatsion kanalning o‘tkazish qobiliyati, signallarni modulyasiya va demodulyasiyasi, modemlar va ularni sozlash parametrlari (2 soat ma’ruza) Reja
  • 3-mavzu: Kompyuter tarmoqlari tushunchasi va ularning ko‘rinishlari. (2 soat ma’ruza) REJA
  • 4-mavzu: Ma’lumotlarni almashish jarayonlarining xarakteristikasi, ma’lumotlar almashinuvining apparat ta’minoti (2 soat ma’ruza) Reja
  • O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti amaliy matematika kaferdrasi




    Download 1.56 Mb.
    bet1/3
    Sana24.12.2019
    Hajmi1.56 Mb.
    #4808
      1   2   3


    O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI
    ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
    Amaliy matematika kaferdrasi
    Kompyuter tarmoqlari
    fanidan


    O’Q U V – U S L U B I Y

    M A J M U A


    Bilim sоhasi: 100000 – Gumanitar sоha

    Ta`lim sоhasi: 130000 – Matematika

    Ta`lim yo`nalishi: 5130200 – Amaliy matematika va infоrmatika




    Namangan-2019
    Fanning o’quv dasturi Namangan davlat universiteti Ilmiy kengashinini 2019 yil ____ ______________dagi ___-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan muvaqqat fan dasturi asоsida ishlab chiqilgan.

    Tuzuvchilar: I.Tillabayev katta o’qituvchi

    M.Dadaxanov katta o’qituvchi

    Taqrizchilar:

    Imоmоv A.I.-f.m.f.n., dоtsent.
    Otaxanov N. - pedagоgika fanlari nоmzоdi, dоtsent.

    O’quv uslubiy majmua Namangan davlat universiteti Kengashininig 2019 yil ____ __________dagi ___ - sоn yig’ilishida ko’rib chiqilgan va fоydalanishga tavsiya etilgan.


    Mundarija


    1. Ma’ruzalar matni………………………………………………………5

    2. Amaliy mashg’ulotlar……………………………….…………………

    3. Mustaqil ishlar to’plami………………………………………………

    4. Glosariy………………………………………………………………134

    5. Ilovalar (fan dasturi, ishchi fan dasturi, tarqatma materiallar, testlar, ishchi fan dasturiga muvoviq baholash mezonlarini qo’llash bo’ycha uslubiy ko’rsatmalar, fanni o’ziga xosligiga qarab o’rganish bo’yicha electron darsliklarning elektron variant, O’Mning elektron variant)………………………………………………………………


    O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI ОLIY VA
    O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI


    AMALIY MATEMATIKA KAFEDRASI

    Kompyuter tarmoqlari fani bo’yicha


    Ma’ruzalar matni


    Namangan - 2019
    Tayyorlangan ushbu ma’ruza matni Kompyuter tarmoqlari fani mashg’ulotlarini olib borish uchun mo’ljalngan. Ma’ruza mavzulari fanning ishchi va o’quv dasturi asosida tuzildi.

    Tuzuvchi:

    katta o’qituvchi I.Tillabayev



    Taqrizchilar:
    p.f.n. N.Otaxanov
    f.m.f.n. A.Imomov

    Ushbu ma’ruzalar matni Fizika-matematika fakul’tetining 2019 yil 26 avgustdagi №1-sonli fakul’tet yig’ilishida ko’rib chiqilgan va foydalanish uchun tavsiya etilgan.


    1-mavzu: Kompyuter kommunikatsiyalari: kommunikatsion kanal va aloqa protsessori, axborot uzatish muhiti (2 soat ma’ruza)

    Reja:

    1. Kommunikasion kanal.

    2. Aloqa prosessori.

    3. Axborot uzatish muhiti.

    Tuzilish jihatdan AHT o’z ichiga quyidagilarni oladi:

    • tarmoq uzellariga joylashtirilgan kompyuterlar (ishchi staniiyalari va serverlar);

    • ma’lumotlarni uzatish apparaturasi va kanallari, ular bilan birga bo’lgan periferiya qurilmalari;

    • interfeys platalari va qurilmalari (tarmoqli platalar, modemlar);

    • marshrutlovchilar va kommutaciya qurilmalari.

    Tarmoqlarda, foydalanuvchilar bilan aloqa qilish uchun hududiy qurilmalar bilan jihozlangan yoki axborotlarni kommutaciya va marshrutlash vazifalarini bajaruvchi bitta foydalanuvchili mini va makroEHM lar (shu jumladan shaxsiy kompyuterlar ham), quvvatli ko’p foydalanuvchili EHM lar (mini-EHM katta EHM lar) ham ishlatilishi mumkin. Oxirgisi ma’lumotlarni samarali qayta ishlashni bajaradi va tarmoqdan foydalanuvchilarni turli-tuman axborot-hisoblash resurslari bilan masofadan ta’minlaydi, ya’ni serverlarning va quvvatli ishchi stanciyalarining vazifalarini amalga oshiradi.

    EHM ning axborotlarni uzatish apparaturasi va videoterminal qurilmalari bilan tutashtirish qurilmasi sifatida quyidagilar ishlatiladi:

    • Chiziqli adapterlar — bu bir kanalli tutashtirish qurilmasi bo’lib, ular odatda, apparat yo’li bilan quyidagilarni bajaradi:

    1) elektr signallarning shakllarini va amplitudasini moslashtirish;

    2) ma’lumotlarning ketma-ket hamda parallel va unga teskari holda o’zgartirish;

    3) xizmatdagi sinxronlashtiruvchi signallarni kiritish, anglash va bartaraf etish;

    4) uzatilayotgan signallardagi xatoliklarni (signallarning shakli, amplitudasi va boshqa parametrlarining buzulishi) payqash.

    • Ma’lumotlarni uzatish multipleksorlari yoki oddiygina multipleksorlar — bu ko’p kanalli tutashtirish qurilmasidir (guruhli adapterlar). Ular adapterlar bajaradigan vazifalardan tashqari quyidagilarni ham amalga oshiradi:

    • EHM ga turli guruhdagi terminal qurilmalarini va ular bilan ishlashni galma-gal ulash;

    • EHM bilan uning ko’rsatmalari bo’yicha ma’lumotlar almashish;

    • ma’lumotlarni oraliqda yig’ish va eslab qolish (buferlash);

    • ma’lumotlar formatlarini va kodlarini o’zgartirish;

    • xatoliklarni payqash, ba’zida esa avtomatik to’g’rilashni ta’minlaydigan ma’lumotlarning ishonchliligini nazorat qilish;

    • tutashtirish apparaturasining ishga yaroqdigini nazorat qilish.

    Multipleksorlar oddiy boshqarish qurilmalari, arifmetik va eslab qoluvchi qurilmalar, interfeys bloklarini o’z ichiga oladi va ma’lumotlarni fizik va mantiqiy moslashtirish vazifalarini, ham apparatli (xususan, turli xil aloqa kanallari bilan tutashtirish uchun turli xil chiziqli adapterlarni ishlatish yo’li bilan), ham dasturli (dasturlashtiriladigan multipleksorlar) yo’l bilan bajaradilar.

    Bog’lovchi processorlar kompyuter ko’rinishga ega bo’lib, ular qiymatlarni mantiqiy va tashkiliy moslashtirish vazifasini bajarish uchun maxsus dasturli vositalar bilan jihozlangan. Bog’lovchi processorlar unumdorliroq EHM lar resurslarining samarali ozod bo’lishiga imkon tug’dirib, o’ziga AHT larining aniq segmentlarini tashkiliy moslashtirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish vazifalarini oladi.

    Ishchi staniiyalar (work station) — bu tarmoqqa ulangan kompyuter bo’lib, u orqali foydalanuvchi tarmoq resurslariga murojaat qila oladi. Tarmoqning ishchi stanciyasi ham tarmoqli, ham lokal rejimlarda ishlay oladi. U xususiy operacion tizim bilan jihozlangan va foydalanuvchini o’zining amaliy masalalarini echish uchun barcha kerakli narsalar bilan ta’minlaydi. Ishchi stanciyalar ba’zida grafik, muxandislik, noshirlik va boshqa ishlarni bajarish uchun ixtisoslashadi.

    Ko’pincha ishchi stanciyani (tarmoq foydalanuvchisi va xatto tarmoqda bajariladigan amaliy masala kabi) tarmoq mijozi deb atashadi.

    Server (Server) — bu tarmoqning barcha ishchi stanciyalar so’rovlarini qayta ishlash uchun ajratilgan ko’p foydalanuvchili kompyuter bo’lib, u bu stanciyalarga umumiy tizim resurslariga (hisoblash quvvatlariga, ma’lumotlar bazasiga, dasturlar kutubxonalariga, printerlarga, fakslarga va b.) murojaat qilish imkomini beradi va bu resurslarni taqsimlaydi. Server o’zining tarmoqli operacion tizimiga ega bo’lib, tarmoq barcha bo’g’inlarining ishi uning boshqaruvi ostida o’tadi. Serverga quyiladigan eng muhim talablar ichida yuqori ish unumdorlikni va ishonchliligini ajratib o’tish lozim.

    Ishchi stanciyalarga tarmoq resurslarini taqdim etishdan tashqari, serverning o’zi ham mijozlarning so’rovi bo’yicha ma’lumotlarni mazmunli qayta ishlashni bajarishi mumkin - bunday serverni ko’pincha qo’shimcha (ilovali) server deb atashadi.

    Server tarmoqda ko’pincha ixtisoslashtiriladi.

    Ixtisoslashgan serverlar ma’lumotlar bazasini va ma’lumotlar arxivini yaratish va boshqarish, ko’p adresli faksimil aloqa va elektron pochtani qo’llash, ko’p foydalanuvchili terminallarni (printerlarni, plotterlarni va b.) boshqarish bo’yicha tarmoq ishidagi eng «zaif» joylarni bartaraf etish uchun ishlatiladi.

    Ixtisoslashgan serverlarga misollar:

    Fayl-server (File Server) — qiymatlar bazasi bilan ishlash uchun ko’pincha sig’imi terabaytgacha bo’lgan RAID diskli massivlardagi hajmli diskli eslab qolish qurilmalariga egadir.

    Arxivli server (zahirali nusxalash serveri — Storage Express System) — ma’lumotlarni zahirali nusxalash uchun yirik ko’p serverli tarmoqlarda, sig’imi 5 Gbaytgacha bo’lgan almashtiriladigan kartrijli magnit lentadagi yig’uvchilar (strimmerlar) ishlatiladi; odatda, tarmoq ma’muriyati tomonidan scenariy bo’yicha (tabiiyki, arxiv katalogini tuzish bilan) serverlardan va ishchi stanciyalardan olingan ma’lumotlarni siqishtirish yo’li bilan kundalik avtomatik arxivlashtirishni bajaradi.

    Faks-server (Net SatisFaxion) — samarali ko’p adresli faksimil aloqani tashkil etish uchun, bir nechta faks-modemli platali, uzatish jarayonida ruxsat etilmagan murojaat qilishdan ma’lumotlarni maxsus himoyali, elektron fakslarni saqlash tizimli ajratilgan ishchi stanciyasidir.

    Pochtali-server (Mail Server) — xuddi faks-server kabi, lekin elektron pochtani tashkil etish uchun elektron pochta qutilari ishlatiladi.

    Bosma serveri (Print Server) — tizimli printerlarni samarali ishlatish uchun.

    Apparatli vositalar bilan bir qatorda AXT o’zining tarkibiga murakkab dasturli va ma’lumotli ta’minotni ham olishi kerak.

    Test savollari

    1. Kommunterli kanal kompyuterni internetga ulash uchun nima qilish kerak.

    A. koaksial kabel

    B. Modem

    C. *Telefon linyasi

    D. ADSL liniyasi

    2. Internetdagi axborotlarni uzatish qoidalari ... deb  ataladi.

    A. Provayder

    B.* Protokol  

    C. Web-sahifa

    D. Web-sayt 

    2-mavzu: Kommunikatsion kanalning o‘tkazish qobiliyati, signallarni modulyasiya va demodulyasiyasi, modemlar va ularni sozlash parametrlari (2 soat ma’ruza)



    Reja:

    1. Kanalning o’tkazish qobiliyati.

    2. Signallarni modulyasiya va demodulyasiyasi.

    3. Modemlar.

    Ma’lumotlarni uzatish uchun monokanaldan (monochannel — bir vaqtning o’zida bir nechta abonentlar ishlatadigan aloqa kanal i, masalan, shinali va ilmoqli topologiyali tarmoqlarda) foydalanadigan lokal hisoblash tarmoqlari uchun mijozlarning bu kanalga murojaat qilish masalasi juda dolzarb hisoblanadi. Murojaat qilishning samarali bo’lishi uchun maxsus mexanizm -murojaat qilish usullari lozim.

    Monokanalga samarali murojaat qilishni tashkil etish uchun chastotali yoki vaqt bo’yicha modulyaciya bosh tamoyillari ishlatiladi. Oddiy tarmoqlarda vaqt bo’yicha modulyaciyalash, ya’ni monokanal bo’yicha uzatilayotgan axborotlarni vaqt bo’yicha ajratish tamoyili eng ko’p qo’llaniladi.

    Vaqt bo’yicha ajratishga asoslangan murojaat qilish usullarining bir necha guruhlari mavjuddir:

    • markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan;

    • determinirlangan va tasodifiy.

    Markazlashtirilgan murojaat qilish tarmoqni boshqarish markazidan, masalan, serverdan boshqariladi.

    Markazlashtirilmagan murojaat qilish tarmoqning barcha ishchi stanciyalari tomonidan bajarishga qabul qilingan bayonnomalar asosida, markaz tomonidan biror-bir boshqaruvchi ta’sirlarsiz ishlaydi.

    Determinirlangan murojaat qilish monokanalning eng to’liq ishlatilishini ta’minlaydi va har bir ishchi stanciyaga aniq bir vaqt ichida monokanalga murojaat qilishga kafolat beradigan bayonnomalar bilan tasvirlab chiqiladi.

    Tasodifiy murojaat qilishda stanciyalarning monokanalga murojaat qilishi istalgan vaqtda bajarilishi mumkin, lekin har bir shunday murojaat qilishda ma’lumotlarni samarali uzatishni amalga oshirish imkoniyatiga kafolat yo’qdir.

    Markazlashtirilgan murojaat qilishda har bir mijoz monokanalga quyidagi tartibda murojaat qilish huquqiga ega bo’lishi mumkin:

    • oldindan tuzilgan jadval bo’yicha — kanal vaqtini statik bo’lib chiqish;

    • elektron kommutator bilan beriladigan aniqlangan vaqt oraliqlari (masalan, har 15 sekundda) orqali qatiy pakt bo’yincha kommutaciyalash — kanal vaqtini dinamik determinirlashgan bo’lib chiqish;

    • tarmoq markazidan ishchi stanciyalarining, murojaat qilishning kerakligini aniqlash borasidagi so’rovini bajarish jarayonidagi amalga oshiriladigan moslashuvchan vaqt bo’yicha kommutaciyasi bo’yincha — kanal vaqtini dinamik soxta tasodifiy bo’lib chiqish;

    • maxsus paket - marker ko’rinishidagi vakolatni olganda.

    Birinchi ikki usul kanalning samarali yuklanishini ta’ninlamaydi, negaki murojaat qilish mumkin bo’lganda ba’zi bir mijozlar qiymatlarni uzatishga tayyor bo’lmasliklari mumkin va kanal ular uchun ajratilgan vaqt oraliqda bo’sh turib qoladi.

    Suroqlash usuli boshqarish markazi aniq ifodalangan tarmoqlarda va ba’zida ajratilgan abonentlik aloqa kanalli tarmoqlarda (masalan, radial topologiyali tarmoqlarda markaziy server resurslariga murojaat qilishni ta’minlash uchun) ishlatiladi.

    Vakolatni uzatish usuli markaz deb ataladigan (ba’zida «estafeta tayokchasi») paketni ishlatadi.

    Marker-aniq bir formatli xizmat paketa bo’lib, unga tarmoq mijozlari o’zlarining ma’lumot paketlarini joylashtirishlari mumkin. Markerning bir ishchi stanciyadan boshqasiga uzatish ketma-ketligi server (boshqaruvchi stanciya) tomonidan beriladi. Uzatish uchun ma’lumotga ega bo’lgan ishchi stanciya mar-kerning bo’shligini tahlil qiladi. Agar marker bo’sh bo’lsa, stanciya unga punktlari ma’lumotlari paketini (paketlarini) joylashtiradi, unda bandlik belgisi o’rnatiladi va markerni yana tarmoq bo’yicha uzatadi. Axborot yuborilgan stanciya (paketda albatta adresli qism bo’ladi) uni qabul qiladi, bandlik belgisini tashlab yuboradi va markerni yana uzatib yuboradi.

    Markazlashtirnlmagan determinirlangan usullarga quyidagilar kiradi:

    • aralashib ketadigan segmentlar usuli;

    • segmentni ulash usuli.

    Ikkala usul asosan ilmoqli (halqali) topologiya tarmoqlarda ishlatiladi va tarmoq bo’yicha maxsus paketlarni uzatishga asoslanadi.

    Aralashib ketadigan segmentlar usuli segment deb ataladigan paketni ishlatadi. Segment — bu tarmoq bo’yicha erkin aylanib yuradigan paket bo’lib, u standart vaqt oralig’ini aniqlaydi. Segment «band» yoki «bo’sh» bo’lishi mumkin. Agar segment bo’sh bo’lsa, segment etib borgan stanciya unga punktlari ma’lumotlari paketini/paketlarini qo’yishi mumkin, segmentni band deb belgilaydi va uni uzatib yuboradi. Bu usul ko’p jihatdan vakolatni o’zatish usuliga o’xshashdir, lekin segment harakatini tarmoq markazidan boshqarilmaydi.

    Segmentni ulash usuli ham segment deb ataladigan, tarmoq bo’yicha erkin aylanib yuradigan paketni ishlatadi. Segmentni olgan ishchi stanciya, xatto agar kelgan segment band bo’lsa ham, punktlari ma’lumotlarini uzatishi mumkin. Keyingi holatda stanciya kelgan segmentning harakatini to’xtatib turadi (uni vaqtincha buferli xotiradi eslab qoladi) va uning o’rniga punktlari ma’lumotlar paketi ulangan yangi segmentni shakllantiradi. Stanciya tarmoq bo’yicha oldin punktlari yangi segmentini, keyin esa oldin kelgan «begona» segmentni yuboradi.

    Tasodifiy murojaat qilish usullari tarmoqning barcha stanciyalarini tent huquqliligiga va ularning istalgan vaqtda monokanalga ma’lumotlarni uzatish maqsadida murojaat qilish imkoniyatiga asoslangan. Bir nechta stanciyalar tomonidan bir vaqtning o’zida ma’lumotlarni uzatishga o’rinishlar mumkin bo’lganligi tufayli, ular o’rtasida ko’pincha janjallar (to’qnashuvlar) paydo bo’ladi, shuning hisobiga tasodifiy murojaat qilish usulini ko’pincha «tortishuvlar usuli» deb atashadi.

    Janjalli holatlar sonini kamaytirish ma’lumotlarni uzatishni istagan stanciya tomonidan monokalning bandligini aniqlash uchun, monokanalni oldindan eshitib ko’rish yo’li bilan ta’minlanadi. Agar kanal band bo’lsa, stanciya ma’lumotlarni uzatishga punktlari o’rinishini uncha katta bo’lmagan vaqt oraliqridan keyin tiklaydi. Agarda ma’lumotlarni uzatishni bir vaqtning o’zida ikkita stanciya boshlasa, u holda to’qnashuv sodir bo’ladi va ma’lumotlar monokanalda bo’zilib ketadi. Ikkala tuknashgan stanciyalar o’zlarining ma’lumotlarini qaytadan uzatishga majbur bo’ladilar.

    Tortishuvlar usuli monokanal kam yuklangan, abonentlar soni unchalik ko’p bo’lmagan tarmoqlarda ishlatish uchun tavsiya etilishi mumkin (tez-tez paydo bo’ladigan janjalli holatlar tufayli bu usul kanalning yaxshi yuklanganligini ta’minlay olmaydi).

    Test savollari

    1. Modem - bu ... uchun mo`ljallangan qurilma

    A. axborotni chop etish 

    B. axborotni saqlash  

    C. axborotni  shu vaqtda qayta ishlash

    D. *axborotni telefon kanallari orqali uzatish

    2. Axborot uzatish tezligi 28800 bit/s bo`lgan modem 1 sek. da quyidagilar­dan qaysinisini uzata oladi?

    A. * ikki saxifa matn (3600 bayt)  

    B. rasm (36 Kbayt) 

    C. audiofayl  (360 Kbayt)

    D. videofayl (3,6 Mbayt)



    3-mavzu: Kompyuter tarmoqlari tushunchasi va ularning ko‘rinishlari.

    (2 soat ma’ruza)

    REJA:

    1. Kompyuterlarning tarmoq tushunchasi.

    2. Global tarmoqlarning xususiyatlari.

    3. Mintaqaviy tarmoqlarning xususiyatlari.

    4. Lokal tarmoqlarning xususiyatlari.

    Axborot hisoblash tarmoqlar qamrab oladigan hududga bog’liq ravishda lokal (LXT yoki LAN-Local Area Network), hududiy (XXT yoki MAN-Metropolitian Area Network) va global (GXT yoki Wan-Wide Area Network) bo’lishi mumkin.

    Agar tarmoqning abonentlari bir-biridan uncha katta bo’lmagan masofalarda (10—15 km gacha) joylashgan bo’lsa, u holda bu tarmoq lokal tarmoq deb ataladi. LXT uncha katta bo’lmagan hudud oralig’ida joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Hozirgi vaqtda lokal hisoblash tarmog’i abonentlarining hududiy sochilib ketishiga aniq bir cheklanishlar mavjud emas. Odatda bunday tarmoq aniq bir ob’ektga bog’langan bo’ladi. LXT sinfiga alohida korxonalar, firmalar, banklar, ofislarning va x.k. tarmoqlari misol bo’la oladi.

    Hududiy tarmoqlar shahar, tuman, viloyat yoki uncha katta bo’lmagan mamlakat abonentlarini birlashtiradi. Odatda hududiy MXT abonentlari orasidagi masofa o’nlab, yuzlab kilometrni tashkil etadi.

    Global tarmoqlar bir-biridan sezilarli uzoq masofada joylashgan, ko’pincha turli mamlakatlarda yoki har xil qitalarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Bunday tarmoqning abonentlari orasidagi aloqa tarmoq(liniya)lari, radioaloqa tizimi va xattoki sputnikli aloqa asosida amalga oshirilishi mumkin.

    Global, hududiy va lokal hisoblash tarmoqlarini birlashtirish ko’p tarmoqli ierarxiyani yaratish imkonini beradi. Ular ulkan ma’lumot to’plamlarini quvvatli, iqtisodiy maqsadga muvofiq qayta ishlash vositalarini va cheksiz ma’lumot resurslariga murojaat qilishni ta’minlaydi. Lokal hisoblash tarmoqlari hududiy tarmoqqa uning komponentalari sifatida kirishi mumkin, hududiy tarmoqlar global tarmoqlar tarkibiga birlashadi va nixoyat, global tarmoqlar ham murakkab strukturani tashkil etishi mumkin. Aynan shunday struktura hozirda eng mashxur va ommaviy bo’lgan dunyo miqyosidagi superglobal Internet axborot tarmog’ida qabul qilingan.

    Qurilish geometriyasi (topologiyasi) bo’yicha AHT lar quyidagicha bo’lishi mumkin: shinali (chiziqli), ilmoqli (xalqali), radialli (yulduzsimon), taqsimlangan-radialli, ierarxiya (daraxtsimon), to’liq, aloqali, aralashgan.

    Ofislarda lokal tarmoqlarni yaratishda ko’proq shinali topologiya, kamroq ilmoqli va radial topologiya ishlatiladi.

    Shinali topologiya tarmog’i chiziqli ma’lumotlarni uzatish kanalini ishlatadi, unga nisbatan qisqa biriktiruvchi liniyalar vositasi bilan interfeys plata orqali barcha uzellar ulangandir. Tarmoqning uzatish uzelidan ma’lumotlar shina bo’yicha ikkala tomonga tarqatiladi. Oraliqdagi uzellar kelayotgan axborotlarni translyaciya (olib ko’rsatish) qilmaydi. Ma’lumot hamma uzellarga keladi, lekin axborotni kimga yuborilgan bo’lsa, o’sha qabul qiladi.

    Shinali topologiya eng oddiy topologiyalardan biridir. Bunday tarmoqni engil kuchaytiriladi va konfiguraciyalanadi hamda turli xil tizimlarga moslashtiriladi; u alohida uzellarning mumkin bo’lgan nosozliklariga nisbatan turg’undir.

    Shinali topologiya tarmog’ini keng ma’lum bo’lgan Ethernet(zernet) tarmog’i va uning bazasida tashkil etilgan, Ofislarda ishlatiladigan, masalan, Net Ware Novell tarmog’i ham ishlatadi.

    Ilmoqli topologiya tarmog’ida hamma uzellar aloqa kanallari bilan umumiy yopiq ilmoqqa (halqaga) ulangan. Tarmoq bir uzelining chiqishi keyingisining kirishi bilan ulanadi.

    Halqa bo’yicha ma’lumot uzeldan uzelga uzatiladi va har bir uzel yuborilgan axborotni retranslyaciya qiladi. Buning uchun har bir uzelda tarmoqda ma’lumotlarning o’tishini boshqarish imkonini beradigan o’zining interfeysli va uzatuvchi-qabul qiluvchi apparaturasi bor. Uzatuvchi-qabul qiluvchi apparaturani soddalashtirish maqsadida halqa bo’yicha qiymatlarni uzatish, ko’pincha, faqat bir yo’nalishda bajariladi. Qabul qiluvchi uzel faqat unga yuborilgan axborotni qabul qiladi va anglab oladi.

    O’zining moslashuvchanligi va ishlashining ishonchliligiga ko’ra shinali topologiya tarmog’i amaliyotda ham keng tarqalgandir (masalan, Token-Ring tarmog’i).

    Radial topologiyali tarmoqning asosini server tashkil etadi, unga ishchi stanciyalarning har biri o’zining aloqa liniyasi bo’yicha ulanadi. Barcha, ma’lumot markaziy uzel orqali uzatiladi, u tarmoqdagi ma’lumot oqimlarini retranslyaciya qiladi, qayta ulaydi va marshrutlaydi.

    Bunday tarmoq o’zining tuzilishi bo’yicha, aslini olganda, teleqayta ishlash tizimiga o’xshash bo’ladi, unda hamma abonent punktlari intellektual bo’ladi (o’zining tarkibiga EHM ni oladi).

    Bunday tarmoqning kamchiliklari sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:

    • markaziy apparaturaning yuqori yuklanganligi;

    • markaziy apparatura ishdan chiqqanda tarmoq ishga yaroqligini butunlay yo’qotishi;

    • aloqa liniyasining juda cho’zilib ketganligi;

    • ma’lumotni uzatish yo’lini tanlashda moslashuvchanlikning yo’qligi.

    Radial tarmoqlar ochiqdan ochiq ifodalangan markaziy boshkariladigan ofislarda ishlatiladi.

    Umumiy holda ko’p aloqali hisoblash tarmog’ining topologiyasini quyidagi ko’rinishda tasvirlash mumkin.

    Tarmoq strukturasi kommunikatsiyali va abonentli qism tarmoqlariga ajratiladi.



    Test savollari

    1. Kompyuter tarmoqlarini aniqlang.

    A. lokal            B. mintaqaviy     C. global           D. *barchasi

    2. Xalqaro o’rgimchak to’ri qaysi qisqartirishga mos keladi?

    A. TCP           B. *WWW      C. BMA           D. HTTP

    3. Web sahifaning biror qismiga yoki boshqa Web-sahifaga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi ilova … deb ataladi.

    A) * gipermatn      B. axborot                  C. modem        D. multimedia

    4-mavzu: Ma’lumotlarni almashish jarayonlarining xarakteristikasi, ma’lumotlar almashinuvining apparat ta’minoti (2 soat ma’ruza)

    Reja:

    1. Ma’lumotlarni almashish jarayonlarining xarakteristikasi.

    2. Ma’lumotlar almashinuvining apparat ta’minoti.

    Firma rivojlanishining aniq bir bosqichida yaratilgan lokal hisoblash tarmog’i vaqt o’tishi bilan barcha foydalanuvchilarning talablarini qondira olmaydi va uning funkcional imkniyatlarini va u qamrab olgan hududni kengaytirish talabi paydo bo’ladi.

    Firmani eng turli bo’limlarida va filiallarida turli vaqtlarda paydo bo’lgan turli xil LXT larini firma ichida birlashtirish zarurati paydo bo’lishi mumkin. Bunday birlashtirish hech bo’lmaganda boshqa tizimlar bilan qiymatlar almashishni tashkil etish uchun ba’zida kerakdir.

    Kerakli ma’lumot resurslariga chiqishga bo’lgan intilish LEDG ni yuqog’iroq darajadagi tarmoqlarga ulashni talab etishi mumkin.

    Tarmoqlarni bir-biri bilan o’zaro ulash uchun tarmoqlararo interfeys sifatida takrorlagichlar, ko’priklar, marshrutlovchi va shlyuzlar ishlatiladi.

    Takrorlagichlar (repitor) elektr signallarni kuchaytiruvchi va signalni uzoq masofaga uzatishda uning shaklini va amplitudasini saqlashni ta’minlaydigan qurilmadir. Takrorlagichlar ochiq tizimlarning o’zaro harakat modelining kanalli darajalari bayonnomalari bilan tavsiflanadi, faqat OSI fizik darajadagi (kanalli va undan yuqori darajalardagi bir xil boshqarish) bayonnomalar bilan farq qiluvchi tarmoqlarni birlashtirishi mumkin va faqat qiymatlar paketlarini qayta tashkil etishni bajarib, bu bilan o’z navbatida ulanadigan tarmoqlarni elektr mustaqilligini va signallarni halaqitlarning ta’siridan himoya qilishni ta’minlaydi. Kuchaytirgichlarni ishlatish tarmoqning bir nechta segmentlarini umumiy qismga birlashtirib, bitta tarmoqning uzunligini kengaytirish imkonini beradi. Kuchaytirgichni o’rnatishda aloqa liniyasida fizik uzulish sodir bo’ladi, bunda signal bir tomondan qabul qilinadi, qayta tashkil etiladi va aloqa liniyasining boshqa qismiga yo’naltiriladi.

    Ko’priklar (bridge) OSI tarmoqda daraja bayonnomalari bilan tasvirlanadi, oluvchilarning adreslariga mos ravishda ma’lumotli paketlarni filtrlashni bajarib, tarmoqli va undan yuqori darajalarda ma’lumotlarni uzatishning bir xil bayonnomalarini ishlatuvchi tarmoqlar o’rtasidagi trafikni (qiymatlarni uzatishni) rostlaydi.

    Ko’prik turli topologiyali, lekin bir tipli tarmoqli operacion tizimlar boshqaruvi ostida ishlaydigan tarmoqlarni birlashtirishi mumkin. Ko’priklar lokal va uzoqlashgan bo’lishi mumkin. Lokal ko’priklar mavjud bo’lgan tizim doirasida cheklangan hududda joylashgan tarmoqlarni birlashtiradi. Uzoqlashgan ko’priklar hudud jihatdan tarqalgan tarmoqlarni, tashqi aloqa kanallarini va modemlarini ishlatib birlashtiradi.

    Marshrutlovchilar (router) OSI bayonnomalarini transportli darajasida tavsiflanadi va punktlari funkciyalarini bajaradi va mantiqiy bog’lanmagan tarmoqlarning (OSI ning seansli va undan yuqori darajalarida bir xil bayonnomalarga ega bo’lgan) ulanishini ta’minlaydi; ular axborotni tahlil qiladi, uning keyingi eng yaxshi yo’lini aniqlaydi, uni boshqa tarmoqda moslashtirish va uzatish uchun ba’zi bir bayonnomali o’zgartirishlarni bajaradi, kerakli mantiqiy kanal yaratadi va vazifasi bo’yicha axborotni uzatadi. Marshrutlovchilar servisning etarlicha murakkab darajasini ta’minlaydi: ular, masalan, tarmoqni turli xil murojaat qilish usullari bilan ulashlari mumkin, axborotlar juda yuklangan liniyalarni chetlab o’tib aloqa liniyasidagi yuklamalarni qayta taqsimlashlari mumkin va b.

    Shlyuzlar (gateway) OSI ning turli bayonnomalarini uning hamma darajalarida ishlatuvchi hisoblash tarmoqlarini birlashtirish imkonini beruvchi qurilmadir; ular OSI modelining barcha ettita boshqarish darajasi uchun bayonnomali o’zgartirishlarni bajaradi. Marshrutlovchi vazifalardan tashqari ular ma’lumotli paketlarning formatini o’zgartirish va ularni qayta kodlashni ham bajaradi, bu bir jinsli bo’lmagan tarmoqlarni birlashtirishda juda muhimdir.

    Ko’priklar, marshrutlovchilar va shlyuzlar lokal hisoblash tarmog’ida bu, odatda, dastur ta’minotli va qo’shimcha aloqa apparaturali maxsus ajratilgan EHM lir.



    Download 1.56 Mb.
      1   2   3




    Download 1.56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti amaliy matematika kaferdrasi

    Download 1.56 Mb.