20
3.2-rasm. Devorlarni gorizontal tutash ulanmalari:
a) qirralariga ishlov bermay;
b) ustki varaqning bir qirrasini egri chiziq bo’ylab yo’nib;
v) ustki varaqning ikkala qirrasini yo’nib.
Yuqoridagi belbog’ning varaqlari pastki belbog’ varaqlarining qalinligi chegarasida bo’lishi
kerak.
Qo’shni belbog’lar varaqlarining o’zaro joylashuvi loyihada belgilangan bo’ladi.
Rezervuarlar tagi (osti) ni zavod sharoitida rulonli tasmalardan
tayyorlanganda tutash
ulanmalar qo’llaniladi. Qolgan tagliklardagi tutash ulanmalar halqasimon qirralarni payvandlashda,
hamda taglikning markaziy qismini varaqlarni qo’llab yig’ishda foydalaniladi.
Rezervuar tagini rulonli tasmalar bilan bir-biriga ulashda,
taglikning markaziy qismini
varaqlarni ulab yasashda, hamda markaziy qismining halqasimon chetlarini
yasashda tasmalarni
birining ustiga ikkinchisini chiqarib (naxlestochnoe) ulash qo’llaniladi (3.3, 3.4, 3.5 - rasmlar).
3.3 - rasm. Tagining markaziy qismidagi varaqlarni ulash
Rezervuar tagini devorlari bilan ulashda, tavrli ulama usuli qo’llaniladi. Devorning pastki
poyas (qism) dagi po’lat varaqlarning qalinligi 20 mm va undan kam bo’lganda, qirralariga ishlov
bermay, tavr usulidagi payvandlash ulamalar tavsiya etiladi (3.6 a) - rasm).
Har bir burchakli
chokdagi katetning o’lchami eng ko’pi bilan 12 mm bo’lishi va gardishning nominal qalinligidan kam
bo’lmasligi kerak.
3.4 - rasm. Markaziy qismni tagining gardishlariga ulanishi
21
Pastki poyasidagi devorning qalinligi 20 mm dan ziyod bo’lganda,
rezervuarlar uchun
qirralariga 3.6 b) - rasmdagidek ishlov berib turib, tavr usulida ulab payvandlash lozim.
Payvand
choklari kamida 2 marta o’tib yotqizilishi kerak.
3.6 - rasm. Rezervuar tagining devori bilan ulanishi
Tomning po’lat varaqlarini ulashda chokli va bir-birining ustiga chiqarib ulash qo’llaniladi.
payvandli ulanmalarning turli xillarini payvandlash usullari 3.1 va 3.2 - jadvallarda tavsiya
etilgan.