14
ikki tomoni prizmaga 3 va 8 o‘rnatiladi, press shtokida o‘rnatilgan puanson bilan val to‘g‘rilanadi.
Jarayon val to‘laligicha to‘g‘rilaguncha takrorlanadi.
Agar valda markazlash teshiklari mavjud bo‘lmasa, unda uni tepishga tekshirish prizmalarida
bajariladi. Press bo‘lmaganda to‘g‘rilash eski tokarlik dastgohida domkrat (2.1,b-rasm) va ilmoqlar
2 yoki to‘g‘ri skoba (2.1,v-rasm, 1-vint, 2-ilmoq) yordamida amalga oshiriladi.
To‘g‘rilash presslar, domkratlar (2.1,b - rasm), maxsus moslamalar, bolg‘alardan (po‘lat, mis,
yog‘och bolg‘a) foydalanib bajariladi. Vallarni to‘g‘rilash 2.2- va 2.3-rasmlarda keltirilgan. Detalning
deformatsiyalanish darajasi va o‘lchamlariga qarab ular sovuqlayin yoki qizdirib (kavsharlash
lampasi bilan) to‘g‘rilanadi (2.4-rasm).
2.1-rasm. Mexanik usulda plastik
deformatsiyalab tiklanash;
1, 11 – markaziy qisqich; 2, 10 – tayanchlar; 3, 8 – prizmalar; 4 – indikator tayanchi; 5 – indikator;
6 – puanson; 7 – o‘q; 9 – val;
2.2-rasm.
Vintli ilgak;
1-shtanga; 2-vint; 3-tayanch ilgaklari; 4-detal’.
Valni to‘g‘rilash uchun uni lyunetga shunday o‘rnatiladiki, uning
ezilgan tomoni yuqoriga
qaragan bo‘lishi kerak.: dastgoh markazi detal qizdirilgandan so‘ng bo‘shatiladi. Valning eng katta
tepishadigan tomoni ho‘l asbest list bilan yopiladi. Qizdirish joyi
val tekisligiga simmetrik
joylashtiriladi. To‘g‘rilashda val oxirida deformatsiyani o‘lchash uchun to‘g‘rilash joyiga yaqinroqda
indikator o‘rnatiladi. Qizdirish yuzasining hamma joyi bo‘yicha gorelka bir tekis siljitiladi. Bunda
val dastlabki egilishga nisbatan ko‘proq egiladi, sovigandan so‘ng, to‘g‘rilanadi. Bu vaqtda toblash
ro‘y bermasligi uchun valning qizdirilgan uchastkasi 10-15 minut asbest list bilan yopib qo‘yiladi.