|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya institutiBog'liq 2 1 Технологик жихозларни эксплуатацияси лабFreting yeyilish tutash sirtlarning nisbiy kichik tebranma harakatidan sodir bo`ladi.
yeyilishning bu turi boltli birikmalar bo`shaganda hamda katta dinamik va zarbali
yuklanishlari bo`lganda sodir bo`ladi. Bu turdagi yeyilishni kamaytirishning samarali
usullaridan biri boltli birikmalarni o`z vaqtida tekshirish va qotirishdir.
Molekulyar–mexanik yeyilish – bir vaqtning o`zida mexanik ta`sir natijasida yuzaga
keladigan yeyilishdir. Tutash detallarning ishqalanish sirtlari tekis bo`lmasligi, unda bo`rtib
chiqqan zarrachalarning mavjud bo`lishi mahalliy kontakt (bog`lanish)ni paydo qiladi. Ana
shu mahalliy kontakt paydo bo`lgan joylarda zo`riqish ko`chayib moy pardasi uziladi, detal
sirtining nisbatan yuqori tezliklarda harakatlanishi sharoitida esa kuchli qizish sodir bo`lib
moy pardasi shikastlanadi va metal zarrachalarining qotib qolish hodisasi yuzaga keladi.
Buning natijasi o`laroq tutash joylardagi mavjud bog`lanishlar buzilib qotib qolgan
zarrachalar bir–biridan ajralib keta boshlaydi. Bunda bir sirtda chuqurchalar, ikkinchisida esa
bo`rtiqlar paydo bo`ladi.
Korrozion–mexanik yeyilish – material u turgan muhit (havo kislorodi, gaz) bilan
kimyoviy aloqaga kirishgan sharoitda ishqalanish natijasida paydo bo`ladi. Agressiv
oksidlovchi muhit ta`siri ostida ishqalanayotgan detallar sirtida oksid pardasi hosil bo`ladi.
Bu parda mexanik ishqalanish natijasida sidirilib, ishqalanayotgan metalning
yalang`ochlangan sirti yana oksidlanadi.
Oksidlanishdagi yeyilishda ishqalanuvchan sirtlarning yemirilishi materialning
kislorod bilan reaktsiyasi yoki oksidlovchi tashqi muhit ta`siriga bog`liqligi bilan tavsiflanadi.
Bunda ikki jarayon, kichik xajmdagi sirtqi qatlamni plastik deformatsiyalanishi va
deformatsiyalangan qatlamga kislorodni singib borishi bir vaqtda sodir bo`ladi.
Oksidlanishdagi yeyilishning birinchi bosqichida tinimsiz kirib kelgan kislorod ta`sirida
yupqa pardalar buziladi va juda kichik o`lchamli metal zarrachalari ajralib chiqadi. Ikkinchi
bosqich plastik deformatsiyalanmaydigan mo`rt oksidlarning paydo bo`lishi va ularning
uvalanishi bilan tavsiflanadi.
Oksidlanishdagi yeyilish sirpanish va dumalashdagi ishqalanishda ham sodir bo`lishi
mumkin. Birinchi holda u asosiy, ikkinchi holda esa asosiy yeyilishga qo`shimcha yeyilish
bo`ladi.
|
| |