19
Mazkur jadvalda ko’rsatilgan detallar qalinligidagi o’lchamlaridan ziyodroq farq bo’lganda,
qalinroq detallar uchini yupqaroq detalь qalinligigacha bir yoki ikkala tomonidan 15
o
burchak ostida
yo’nib, moslashtirish kerak. Ayni paytda konstruktsiyaning chetlariga ishlov berish va payvand
choklari o’lchamini yupqaroq metall bo’yicha tanlash lozim.
Payvandlanadigan detalning o’zaro qirg’oqlari quyidagi o’lchamlardan ko’pga
siljishi
mumkin emas:
a) qalinligi t = 4 — 10 mm gacha detallarda 1,0 mm ga;
b) qalinligi t = 10—40 mm gacha detallar (ammo 3 mm dan ko’p emas) payvandlanadigan
detallar qalinligidan 10 % miqdorda.
Burchakli payvand choklardagi maksimal katetlar ulanayotgan detallarning yupqarog’ining
qalinligidan 1,2 barobarga ortishi mumkin emas.
Qalinligi 4-5 mm bo’lgan detallardagi payvand choki burchagining kateti 4 mm bo’lishi
kerak. Qalinligi kattaroq bo’lgan detallar uchun mazkur katet konstruktsiyaga ko’ra hisob-kitob qilib
aniqlanadi, ammo eng kamida 5 mm bo’lishi kerak.
Rulonli yarim fabrikatlar zavod sharoitida uchma-uch (zich) qilib ulanadi.
Rezervuarning tagi va tomini rulonli materialdan yig’ayotganda, ulanmalar birining ustiga
ikkinchisini chiqarib payvandlash mumkin. Rulonlar bir-birining ustini kamida 30 mm ga yopib
turishi lozim. Rezervuarning tagi va tomini taglikka o’rab, varaqlardan yig’ilayotganda, uchma-uch
qilib va bir-birining ustiga 5 t o’lchamda (ammo 30 mm dan kam emas) payvandlanadi.