26
Mashina detallari ishqalanuvchi sirtlarining sifati
Sirtning sifati deganda detal geometrik parametrlarining va ana shu detalni tayyorlashda
ishlatilgan ashyo sirtqi qatlami fizik xossalarining majmui tushuniladi.
Geometrik parametrlar detalga ishlov berganda qoladigan izlar – to`lqinsimonlik va g`adir-
budirlik (4.1-rasm, a), to`lqinsimonlik va silliq (4.1-rasm, b), tekis va g`adir-budirlik (4.1-rasm, v),
tekis va chiziqli (4.1-rasm. g) yo`nalishi bilan belgilanadi.
Detallarning fizik xossalariga tuzilishi. mikroqattiqligi,
parchalanish chuqurligi, qoldiq zo`riqish, issiqqa chidamlilik,
moy bilan o`zaro ta`sirlashish, kimyoviy vosita, kislorod va
gazlar bilan o`zaro ta`sirlashish va shu kabilar kiradi.
Standartlarda detallarning mikrogeometriyasi, g`adir-
budirligi va sirt qattiqligi belgilangan, bu esa ashyo sirtqi
qatlamining tuzilishi haqida fikr yuritish imkonini beradi.
To`lqinsimonlik- yondosh chiqiqlar yoki chuqurchalar
orasidagi masofa asos uzunlik
l
dan ortiq bo`lgan davriy
qaytariluvchi notekisliklar majmui. To`lqinsimonlik shaklning
og`ishi va g`adir-budurliklar o`rtasidagi joyni egallaydi. SHartli
ravishda sirtning har xil tartibda bo`lgan og`ish chegaralarini
notekisliklar qadami S
w
ni balandligi W
z
bo`lgan nisbatining
qiymati bo`yicha joriy qilish mumkin. Agar (S
w
/W
z
) 40 bo`lsa,
og`ishlar sirtning g`adir-budurligiga, 000 (S
w
/W
z
) 40 bo`lsa
to`lqinsimonlikka, (S
w
/W
z
) 1000 bo`lsa, shaklning og`ishiga
mansub bo`ladi.
Wz
= (W + W + W + W + W)
5