35
Rangi: Moyning rangi
va tiniqligi uni tozaligiga, prisadkalar va qo`shimcha aralashmalar
miqdoriga qarab baholanadi. Transmissiya moyi 10-15 mm diametrli probirkaga quyiladi.
Moyni
rangini kuzatkanimizda to`q zangor tusda ko`zga tashlanadi.
Hidi: Yangi moy juda kuchsiz hidga ega bo`lib, bir-biridan ajratish qiyin. Ayrim hollarda
selektiv aralashtirgichlarning hidi kelib turadi. Selektiv aralashtirgichlarga furfurol, fenol,
netrobenzollar misol bo`lishi mumkin.
Tiniqligi: Suv va mexanik aralashmalarning moyni tarkibida bo`lmasligi, ayniqsa,
ishlab-
chiqarish jarayonida sifat ko`rsatkichlarini aniqlashda bunga juda katta e`tibor beriladi.
Moyni tarkibidagi mexanik aralashmalarni aniqlashda probirkadagi cho`kindilar hosil bo`lishiga
yoki bir tomchi moyning filtr qog`ozida qoldirgan iziga qarab fikr yuritish mumkin. Bu jarayonni
amalga oshirish uchun sinalayotgan moy elektroplitka yordamida 60-80
°
S atrofida qizdiriladi. Moyni
yaxshilab
aralashtirib, so`ng 2-3 tomchi moy filtr qog`ozga tomiziladi. Toza moy qog`ozda tiniq
ko`rinadi.
Xuddi shu moyni oynaga surtib, uni oqishini kuzatib, tiniqligiga baho berish mumkin.
Kirlangan moy esa oynada nuqta-nuqta izlar qoldiradi.
b. Kinematik qovushoqligini aniqlash.
Kinematik qovushoqligini kapilyarli viskozimetr yordamida aniqlanadi 1-rasm. Bu viskozimetr
U-simon kengaytirilgan va kapilyar sig`imli shisha trubkali birikmasidan iborat.
Kenemetik qovushoqlik quyidagi formula yordamida aniqlandi:
ўрт
C
v
=
bu yerda:
C-vizkozimetrning doimiysi, kapilyarga ega bo`lgan shishadan tayyorlangan
V’J-2 rusumli vizkozimetr uchun 1,106 ga teng;
ўрт
- belgilangan miqdordagi moyni kapilyar trubkadan oqib o`tish vaqti, sek.
1-rasm. Suvli termostatga o`rnatilgan viskozimetrni umumiy ko`rinishi.
1-vizkozimetrlar; 2-kapilyar; 3- A va B belgili yuqori va pastki sig`imlar; 4-rezina trubka; 5-
termostat; 6- isituvchi spiral ; 7-termometr; 8- viskozimetrni moy bilan to`ldirish.
1 Vizkozimetrni yo`gon tomoniga 15-20 santimetrli rezina trubka kiygiziladi. Asbobni
to`ntarilgan holda idishga tushiriladi va rezina trubka yordamida og`iz bilan moy so`riladi. moy, 2ta
sharsimon sig`im to`lguncha so`riladi. So`rilgan moyning satxi yuqori sharsimon sig`imdan tepada
bo`lishi kerak. Vizkozimetr normal holatga qaytariladi.
2 Vizkozimetr nozik va murakkab tayyorlanganligini hisobga olib, ishlayotgan paytda o`ta extiyot
bo`lib, asbobni kirlanishi va sinib qolishiga yo`l qo`ymaslik kerak.
a). Asbobni moy bilan to`ldirish paytida faqat bitta tirsagidan ushlash tavsiya etiladi.
b). Rezina trubkani kiygizilayotgan yoki yechilayotganda o`sha tirsakni
ushlab turib amalga
oshiriladi.
v). Moyni so`rishda faqat sig`imlarga tegishli moy miqdorini so`rib olish lozim.
g). Vizkozimetrni shtativga o`rnatishda haddan tashqari qattiq qotirib mahkamlash tavsiya
etilmaydi.
3 Amaliy o`tkazish uchun moy haroratini 20±0,1
0
C bo`lishini ta`minlash lozim. Termometr
yordamida harorat nazorat qilib boriladi.
4 Belgilangan haroratda moy bilan to`ldirilgan vizkozimetr 10 minut atrofida ushlab turiladi.