36
(1-rasmdagi 8-ko`rinish)
1. A belgigacha moy so`riladi. Kapilyarda havo pufakchalari hosil bo`lishiga yo`l qo`ymaslik
kerak, chunki bu amaliyning sifatini buzadi. Suyuqlikni A belgidan pastga tushishini kuzatiladi,
Sekundomer(vaqt o`lchagich) yordamida kengaytirilgan sig`im 4dan kapilyar 2 ga oqib o`tish
vaqtini qayd etiladi. Amaliy 3 marta takrorlanadi. Har bir amaliyda olingan natijalar 0,5% farq qilishi
mumkin.
2. Kinemetik qovushoqlikni berilgan harorat sharoitidagi qiymatini hisoblaymiz,
=
C
v
Vaqt ko`rsatkichlari 3 marta takrorlangan amaliyni o`rtacha arifmetigi olinadi.
Hisobot tuzish.
1. Amaliy ishini mavzusi.
2. Ishning maqsadi.
3. Ishning natijalari.
4. prinsipial sxemasi.
5. Xulosa
8- LABORATORIYA ISHI
OCHIQ TIGELDA MOYNING YONISH VA ALANGALANISH TEMPERATURALARINI
ANIQLASH
1.
Ishning maqsadi: Talabalarni surkov moylarni eksplutatsion sifatlarini harakterlovchi asosiy
hossalarini aniqlash uslublari bilan tanishtirish. Avtomobil, QXM, transport vositalarida keng
qo’llanilladigan moylarni navlari va rusumlarini o’rgatish. Surkov moylarining asosiy turlari bilan
tanishtirish.
2. Ishning mazmuni: surkov moy namunasi berilgan. Berilgan namunani tashqi belgilari
bo’yicha sifatini aniqlash
a. Surkov moylarini tashqi belgilari bilan tanishish.
b. Tomchi haroratini aniqlash.
v. Penetratsiya sonini aniqlash usuli bilan tanishish.
3.
Ishni bajarish tartibi:
a. Surkov moylarining tashqi belgilari bilan tanishish. Surkov moylarini o’zining vazifasiga
ko’ra, 3 ta guruxga bo’linadi: antifriktsion, himoya, mahkamlovchi. Keng qo’laniladigan moy
rusumlari bir nechta bosh harflar bilan belgilanadi, ularning ma’nolari quyidagicha:
U-unversal, N-kam eruvchi, tomchilash harorati 65
°
C gacha bo’lgan, T-qiyin eruvchi,
tomchilash harorati 100
°
C dan yuqori C-o’rtacha eruvchi, tomchilash harorati 65-100
°
C gacha, V-
suvga turg’un, Z-himoyalovchi, A-aktivlashgan.
Sonli indeks esa bir hil navli har hil navli, har xil moylarni belgilash uchun ishlatiladi. Masalan,
USS-2 unversial, sintetik, o’rtacha eruvchi moy hisoblanadi.
Rangi: ko’pgina moylar uchun tashqi belgilari harakterli emas. Har hil rusumdagi ko’pgina
moylar ochiq sariqdan to’q jigarrangacha oraliqda o’zgaradigan bir hil rangga ega. Ba’zi moylar
harakterli rangga ega. Masalan grafitli moy qora rangga ega, texnik vazelin esa yupqa qatlamda
yaltiroq..
Tarkibining bir hilligi moylash materiali moy bilan quyuqlantiruvchi qo’shimchalarni bir hil
aralashtirishga bog’liq. Moy tarkibini bir hilligini aniqlash uchun oyna ustiga moylash materiali
suriladi va o’tuvchi nurga tutiladi, bunda oynadan o’tayotgan nur bir xil tarqalishi kerak.