|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya institutiBog'liq 2 1 Технологик жихозларни эксплуатацияси лабUvalanish – ashyo toliqib yeyilganda undan zarralar ajralishi natijasida ishqalanuvchi sirtida
o`nqir-cho`nqirliklar paydo bo`lish jarayoni. Uvalanish zoldirli va rolikli podshipniklarda ko`proq
uchraydi. yeyilishning bu turida avval katta solishtirma bosim (4,5-5 MPa) natijasida halqaning
dumalash yo`lchasida o`yiqcha (zoldir yoki rolikning izi) paydo bo`ladi.
Shikastlanishning bu turi detallarning dumalash sharoitida ishlaydigan ishchi sirtlarida
ko`proq uchraydi. Chetlari ixtiyoriy shakldagi uzuq-yuluq chuqurchalr uvalanishga xosdir.
Qotishmaning qattiq tashkil etuvchilari (uning yumshoq asosi yeyilib bo`lgandan so`ng uvalanadi),
oq qatlamning zarralari, antifriktsion metal qatlami zarralari (toliqib shikastlanganda uvalanadi),
metalash qoplamasining zarralari va hokazolar uvalanishi mumkin.
Ishlov berilgandan so`ng sirtqi qatlamda qoladigan yuqori cho`zilish zo`riqishlari,
sementitlash va eskirishdan so`ng paydo bo`ladigan darzlar, shuningdek, ishqalanish natijasida yoki
qoniqarsiz moylanishi tufayli yuzaga keluvchi katta termik zo`riqishlar uvalanishga sabab bo`ladi.
Uvalanish sodir bo`lishidan oldin ashyoning kichik bo`lagini ashyoning asosiy qismidan
ajratib turadigan darzlar yuzaga keladi va ular asta-sekin kattalashib boradi. SHunday qilib, darz
paydo bo`lishi uvalanish hamda qatlamlanib ko`chish jarayonlarining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Termik zo`riqish tufayli paydo bo`lgan darzlar birmuncha katta maydonga yeyilishi va bu darzlar
kattalashishning muayyan bosqichida nuqsonning belgisi bo`lib xizmat qilishi mumkin. SHu sababli
ushbu nuqsonga ishqalanuvchi sirtlar shikastlanishining alohida bir turi sifatida qaralishi lozim.
Jismlar bir-biriga nisbatan harakatlanganda ularning o`zaro molekulyar ta`sirlashuvi oqibatida
yuzaga kelgan qatlam bir yoki ikkala ashyodan mustahkamroq bo`lganligi sababli chuqur o`yilish
sodir bo`ladi. yemirilish jismlardan birining ichki qatlamlarida yuz beradi. Qayishqoq ashyolarning
yemirilgan sirtlari harakat yo`nalishida cho`zilgan chiqib turuvchi do`ngliklar va ashyoning ichi
tomon torayib boruvchi konuslar ko`rinishida bo`ladi. O`yilgan joylarga tutashib turuvchi qismlar
ko`p yoki kam darajada qayishqoq deformatsiyalanadi. Yulingan ashyo tutashgan sirtda qoladi. Bu
ishqalanish natijasida ashyoning ko`chish sabablaridan biridir. Bunda qotishmaning ayrim tashkil
etuvchilari bir-birigi yopishib qolishi, qolgan tashkil etuvchilari esa surkov
ashyosiga borib tushishi
yoki ishqalanish sohasidan chiqib ketishi ham mumkin.
Abraziv zarralar moy, chang, tuproqda bo`ladi. Bu zarralar tutashmadagi ishqalanuvchi
sirtlarga turlicha ta`sir ko`rsatadi. Ishqalanuvchi sirtlardan biri odatda yumshoqroq ashyodan
tayyorlanganligi sababli qattiq zarra ishqalanuvchi sirtlar orasida harakatlanganida yumshoq asosga
qadalib, qattiqroq detalning sirtini tirnaydi. Masalan, babbitli podshipniklarga tushgan zarralar ularga
botadi va vallar bo`yinlarini tirnaydi.
Abraziv zarralar qatttiqroq qotishmalardan yasalgan sirtlar orasiga, masalan, qo`rg`oshinli
bronza quyilgan podshipniklarga tushganda qotishmaga botib kira olmaydi. Ular val bo`yni bilan
podshipnik orasidan o`tib, ularning sirtini tez yemiradi. SHuning uchun qo`rg`oshinli bronzadan
yasalgan podshipniklarni valda o`rnatishda babbitli podshipniklarga qaraganda ikki baravar katta
tirqish qoldiriladi.
Ishqalanuvchi detallar orasiga abraziv zarralarning kirib qolishi markazlashtirilgan usulda
moylanadigan mashinalarda ayniqsa ko`p kuzatiladi. Ajralgan metal zarralari moyga qo`shilib,
tutashmalarga boradi va bu yerda yumshoqroq sirt bilan o`zaro ta`sirlashadi. Tashqi muhitdan kirgan
abraziv zarralar bilan ham shunday xodisa kuzatiladi.
|
| |