• Mikroqirqilish.
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti




    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet25/35
    Sana13.12.2023
    Hajmi1,89 Mb.
    #117860
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
    Bog'liq
    2 1 Технологик жихозларни эксплуатацияси лаб

    Siyqalanish (4.3-rasm). Ishqalanuvchi sirtlarda 
    mayda notekislik va g`ovaklar bo`lishi zarur, chunki ular 
    qiziydigan chiqiqlar va moy uchun mikrosovutgichlar 
    vazifasini o`taydi. 
    SHu sababli, tiklashdan yoki tayyorlashdan so`ng 
    detallar sirtida yuzaga keladigan notekisliklar eng maqbul 
    g`adir-budirlikka ega bo`lishi, bu g`adir-budirlik detallar 
    me`yorida siyqalanganidan keyin vujudga keladigan 
    notekisliklarga mos kelishi kerak. 
    Bu talab bajarilmasa, siyqalanish jarayonida 
    detallarning ishqalanuvchi sirtlari tez yemiriladi va ularning 
    o`lchamlari o`zgaradi. Bu hodisa notekisliklar ushbu 
    tutashmaning ishlash sharoiti, sirtlarning materiali va 
    hokazolar bilan belgilanadigan o`lchamgacha kichraygunga 
    qadar davom etadi.
    Detallarga yaxshilab ishlov berilsa, uning sirtlarida 
    notekisliklar kamroq bo`ladi. Bu holda siyqalanish jarayonida 
    sirtlar kam yeyiladi. Ammo ishlov berishning bu usuli 
    samarasizdir, chunki silliq sirt hosil qilish uchun qimmat va sermehnat jarayonlar talab etiladi. 
    Boshqa tomondan, ko`pgina detallar (plunjerlar, tsilindrlarning silliq sirti va hokazo) uchun buning 
    zarurati yo`q, chunki ma`lum vaqt o`tganidan keyin ularning g`adir-budirligi eng maqbul qiymatga 
    yetadi. 
    Mikroqirqilish. Abrazivning qattiq zarralari yoki yeyilish mahsullari sirtga ancha chuqur 
    botib kirganda ular detalning mikroqirqilishi natijasida mikroqirqindi hosil qilishi mumkin. 
    Ishqalanish va yeyilishda mikroqirqilish kam sodir bo`ladi, chunki amaldagi yuklanishlarda botib 
    kirish chuqurligi buning uchun yetarli bo`lmaydi. 
    Ishqalanuvchi sirtda yuzaga kelgan yoki paydo bo`lgan zarralar sirpanganida ashyoni har 
    tomonga siljitib va ko`tarib uni tirnaydi. Botgan zarra o`zaro ta`sirlashish joyidan chiqqanda
    maydalanganda, ishqalanish sohasidan chiqib ketganda tirnalish to`xtaydi. Bir joyning qayta-qayta 
    va bir xil jadallik bilan tirnalishi ishqalanuvchi sirtlarda kamdan-kam ro`y beradi, ko`pincha 
    navbatdagi qayishqoq deformatsiya mintaqasi ilgari hosil bo`lgan tirnalish izini yopib ketadi. 
    Ishqalanuvchi sirt sirpanish yo`nalishiga deyarli parallel joylashgan izlar bilan qoplanadi, bu izlar 
    orasida esa ko`p marta qayishqoq deformatsiyalangan va parchalangan, ya`ni qayishqoq 
    deformatsiyalanish xususiyatini yo`qotgan ashyo joylashadi. Bunday joyga yuklanish tushganda 
    osongina darzlar paydo bo`ladi. Bu darzlar kattalashganda ashyo asosdan ajraladi. 
    Ravshanki, faqat sirpanuvchi zarralargina emas, balki dumalovchi zarralar ham sirtni tirnashi 
    mumkin. Botib kirgan zarra harakatlanganida ashyoning qattiq tashkil etuvchisiga tiralib bir tomonga 
    og`ishi mumkin. Shu sababli sirtdagi tirnalish yo`nalishi detalning harakat yo`nalishiga aniq mos 
    kelmasligi mumkin. 

    Download 1,89 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya instituti

    Download 1,89 Mb.
    Pdf ko'rish