|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya institutiBog'liq 2 1 Технологик жихозларни эксплуатацияси лаб5-LABORATORIYA ISHI
TEXNOLOGIK JIHOZLARNING MOYLASH TIZIMLARINI O’RGANISH
Ishdan maqsad: Talabalarga texnologik jihozlar, ularning moylash tizimlari to’g’risida
tushunchalar berish va amaliy ko`nikmalar hosil qilish.
Laboratoriya mashg’ulotiga kerak bo’ladigan jihozlar:
1. Texnologik jihozlar.
2. Texnologik jihozlar moylash tizimining chizmasi.
Umumiy ma’lumotlar
Mamlakatimiz iqtisodining jadal rivojlanishida to`qimachilik, yengil va paxta sanoatining
o`rni katta ahamiyatga ega, ayniqsa, yaqin yillarda milliy boyligimiz paxta hamda jun, mo`yna, lub
toalalari, ipak kabi xom ashyolarining barchasidan o`zimizda to`liq mahsulot ishlab chiqarish uchun
olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar ushbu soxaga yanada katta mas`uliyatni yuklaydi.
To`qimachilik va yengil sanoatda ishlatiladigan xom ashyolarning tabiiy (paxta, jun, mo`yna,
lub toalalari, ipak) va kimyoviy (viskoza, kapron, lavsan va boshqa) kabi turli tumanligi,
jarayonlarning xaddan ziyod differentsiallashganligi, ishlov beriladigan xom ashyo, mahsulot turi va
navi bo`yicha jihozlarning tor doirada maxsuslashtirilishi 5000 dan ortiq nomdagi texnologik
mashina va jihozlarni tayyorlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mahsulotning o`tishlar sonini
qisqartirish, o`ramlar o`lchamini kattalashtirish, jarayonlarni avtomatlashtirish, yanada unumdor
jihozlarni tayyorlash, ularning gabaritlarini kichraytirish, avtomatik oqim bo`yicha ishlaydigan
liniyalarni yaratish va boshqa uzluksiz talablar to`qimachilik, yengil va paxta sanoatiga qo`yilgan
yuqoridagi vazifalarni bajarishni yanada murakkablashtiradi.
Asosiy talablar mehnat va jihozlarning unumdorligini oshirishni amalga oshirish aksariyat
to`qimachilik, yengil va paxta sanoati mashina va jihozlarining tezliklarini juda ham oshirilishiga
sabab bo`ldi. Oxirgi 40-45 yil davomida, masalan, paxtadan piliklash mashinalarida pilikni ishlab
chiqarish 40-60 dan 350-500 m/min gacha oshdi. Paxta-ip sanoatiga pnevmomexanik yigirish
mashinalarini tadbiq etilishi munosabati bilan mashinalarning eshish mexanizmlarining tezligini 3-4
barobarga oshirishga va ularni 50000-70000 ayl/min ga yetishiga olib keldi. Pnevmatik va
pnevmorapmrali to`quv dastgohlarining asosiy valini 300-350 ayl/min da ishlashiga imkon yaratildi.
Yuqori tezliklarda ishlaydigan to`qimachilik, yengil va paxta sanoati mashina va jihozlarini yaratish
yanada aniq hisoblash ishlarini bajarishni, yanada mustahkam va yengil materiallar qo`llashni hamda
mashinalarning mexanizm va detallarining aniqligini oshirishni talab qiladi. Buning uchun yangi
to`qimachilik, yengil va paxta sanoati mashinasozligi korxonalarini qurish, mavjudlarini
rekonstruktsiyalash, ularning konstruktorlik byurolarini va tarmoq ilmiy-tekshirish institutlarini
kengaytirish hamda ularning moddiy-texnik bazalarini mustahkamlash zaruriyatini tug`diradi.
Mashina va jihozlarning iqtisodiy samaradorligini belgilovchi asosiy ko`rsatkichlar
quyidagilardir: mashina va jihozning unumdorligi, mashina va jihozning ishlab chiqargan mahsulot
birligining tannarxi; mehnat unumdorligi; ishlab chiqarish maydonining birligidan olingan mahsulot;
chiqindilar miqdori, elektr energiya, suv va bug`ning ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga sarfi va
h.k.
Texnologik jihozlarni ishlatish jarayonida sekin-astalik bilan uning ishlash qobiliyati pasayib
boradi. Tarmoq mashinalarining me’yorda ishlash qobiliyati pasayib ketishi uning ish
unumdorligining pasayishi, mahsulot sifatining pasayishi, elektr energiyasining oshib ketishi,
shovqin va urilishlar, detal va uzellarda titrashlar, ishqalanuvchi juftliklardagi qizishlar oshishiga,
mashinaning F.I.K. ning pasayishiga olib keladi.
Texnologik jihozlarning holatini tashqaridan ko‘rish, ishchilardan so‘rov, mahsulot birligiga
elektr energiyaning sarfi va o‘z-o‘zidan to‘xtab qolish vaqti orqali aniqlash mumkin.
Tashqaridan ko‘rish orqali boltli birikmalarning, birikmalardagi detallar, ishqalanuvchi
juftliklardagi ko‘rinadigan tirqishlarning oshishi, tishli ilashmalarning, o‘qlarning va vallarning urishi
holatini bartaraf etish mumkin.
Ishchilardan so‘rov orqali, turli rejimlarda ishlaydigan detal va ba‘zi uzellarning ishqalanish
darajasini bilish mumkin.
30
Mashina va uzellarning ko‘rinadigan tirashlari, aylanadigan detallarning (shkivlar, barabanlar,
qanotli ventilyatorlar va hokazolar) nomuvozanatligidan hosil bo‘ladigan inertsion kuchlarni zaif
birikma joylarida qo‘l bilan aniqlash mumkin.
Ishqalanuvchi juftliklarning qizishini qo‘l yoki temperatura ta‘siri ostida termik bo‘yoqning
o‘zgarishi natijasida termojuftlik bilan aniqlash mumkin.
Zamonaviy to’qimachilik ishlab chiqarishi yuqori tezlikdagi aniq jarayonlarni boshqarish uchun
yuqori darajadagi avtomatlashtirishni talab qiladi.
To’qimachilik mahsulotlarining sifati ko’plab haraktlanuvchi qismlarining: podshipniklari va
sirpanish elementlari, yurituvchi va boshqaruvchi zanjirlari, murakkab tishli g’ildirakli mexanizmlarning
samarali va aniq ishlashiga bog’liq bo’ladi. Ushbu mexanik detallar katta kuchlar va murakkab sharoitlarda
ishlaydi. To’qimachilik jihozlarni samarali moylashni tahminlash uchun moylovchi materiallar yuqori
tezlikdagi tebranishlarni yutishi, temperatura o’zgarishini nazorat qilishi, kimyoviy moddalarga va
iflosliklarga bardoshli bo’lishi kerak. Moylovchi materiallarning ishlash muddatini minimal texnik xizmat
ko’rsatish orqali oshirish birinchi darajali vazifa bo’lib hisoblanadi. To’qimachilik jihozlarida o’ziga xos
ravishda moylash nuqtalarining ko’pligi xizmat muddati yuqori bo’lgan moylash materiallarini qo’llash
mehnat sarfini va ishlab chiqarish unumdorligidagi yo’qotishlarni kamaytiradi.
5.1-rasm. Yigirish mashinalari.
5.2-rasm. Yigirish mashinasining cho`zuvchi moslamasining moylash nuqtalari.
31
5.3-rasm. Yuqori tezliklarda ishlaydigan qayta tarash mashinasining reduktori.
5.4-rasm. Halqali yigirish mashinasining urchuqlari.
5.5-rasm. Aylanma to`qish mashinasi ignalari.
|
| |