|
Reja: Pnevmomexanik yigirish mashinasining yangi texnikaviy imkoniyatlari qiyosiy tahlili
|
bet | 1/2 | Sana | 14.02.2024 | Hajmi | 272 Kb. | | #156484 |
Bog'liq Pnevmorostlagichlar,ularning funksional strukturasi
Pnevmorostlagichlar,ularning funksional strukturasi
Reja:
Pnevmomexanik yigirish mashinasining yangi texnikaviy imkoniyatlari qiyosiy tahlili;
Pnevmomexanik yigirish mashinasida texnologik jarayonlarni boshqarish va nazorat etish;
Pnevmorostlagichlar,ularning funksional strukturasi
Adabiyotlar
Pnevmomexanik yigirish mashinasini takomillashtirish yo’nalishlari texnologik jarayonlarga mos ravishda tahlil etish mumkin. Ularni ta‟minlash mahsuloti, diskretizatsiya, transportirovkalash, buram berib pishitish va o’rash jarayonlari bo’yicha yangiliklarga taqsimlash mumkin. Yangiliklar ta‟minlash mahsulotini yigirishga tayyorlash bilan bog’liq.
Ma‟lumki, pnevmomexanik yigirish mashinasi pilta bilan ta‟minlanadi. Ushbu mahsulotni tayyorlashda tozalash qobiliyati yuqori bo’lgan uskunalar tizimidan foydalaniladi. Pnevmomexanik yigirishda ta‟minlash mahsulotining tozaligiga katta e‟tibor beriladi. Tolaning uzunligi va boshqa ko’rsatkichlari keyingi o’rinlarda turadi. Shuning uchun tolaning kalta bo’lishiga qaramay ikkilamchi xom ashyodan tiklangan tolalar, past navli paxta tolalari, to’qimachilik tolali chiqindilaridan tiklangan tolalar pnevmomexanik ip olishda keng ko’lamda qo’llanilmoqda. Ipning xossa ko’rsatkichlari birlamchi qarashda standart talablarini qondiradi, lekin iste‟molchi talablariga mos ravishda yigirilmoqda. Buning uchun, ya‟ni tiklangan tolaning yigiruvchanligini oshirish uchun lotga biroz (3%gacha) kimyoviy tolalar qo’shilmoqda. Ma‟lumki, pnevmomexanik ip strukturasi ko’p qatlamligi bilan ajralib turadi. Pnevmomexanik ip xossalari xususiyatlaridan ustuvori uning murakkab strukturaligidadir. Yigirish kamerasi novidagi uzun uchdan ipning o’zak qismi va kalta uchdan esa ipning ustki qatlami shakllanishi shu strukturaning asosidir. Strukturadagi qatlamlarning ulushlari o’zgarib turishi 17leksiyada ko’rilgan. Unga binoan yigirish kamerasining diametri kattalashgan sari chirmashish koeffitsienti kamayadi, nuqsonli «ikkinchi sifatli» ip shakllanmaydi, ipning sifat ko’rsatkichlari yaxshilanadi. Yigirish kamerasi diametrining chirmashish koeffitsientiga ta‟siri hisoblab aniqlandi. Ip tarkibidagi tashqi va ichki qatlam ko’ndalang kesimlaridagi tolalar miqdori, chiziqiy zichligi va pishitilganlik ko’rsatkichlari chirmashish koeffitsienti hisobga olib aniqlanib, ularning chirmashish koeffitsientiga bog’liqligi tahlil etildi. Hisoblarda tolaning shtapel uzunligi 32,5 mm qilib olinib, chirmashish koeffitsienti topilgan (1-rasm).
Чирмашиш коэффициентининг йигириш камераси диаметрига боғлиқлиги
Kz – chirmashih koeffistienti
Dк – yigirish kamerasining diametri, mm
Ko’rinib turibdiki, chirmashish koeffitsienti qiymati yigirish kamerasi diametrining 34 mm dan 66 mm gacha kattalashganda deyarli ikki marta (0,16 dan 0,08) gacha kamaygan. Shuni e‟tiborga olib, chirmashish koeffitsientining ipning strukturaviy va xossa ko’rsatkichlari ta‟siri 2-rasmda keltirildi.
b
c d
2-rasim. Chirmashish koeffistintining ip strukturasiga ta‟siri а – ip o‟zak qismining chiziqiy zichligi, teks; b – ip tashqi qatlamining chiziqiy zichligi, teks; c – ip o‟zak qismining buramlari soni, b/m; d – ip tashqi qatlamining buramlari soni, b/m;.
Shunday qilib, pnevmomexanik ipning strukturasi chirmashish koeffitsientiga bog’liq bo’lib, u kamaygan (yigirish kamerasi diametri kattalashgan) sari ichki qatlamdagi tolalar soni (chiziqiy zichligi) ortadi, buramlar soni yo’qolishi kamayadi. Natijada ipning sifati (uzish kuchi) yaxshilanadi degan xulosaga kelish mumkin. Ma‟lumki, yigirish kamerasining diametri Autocoro 8 mashinasida 23 mmni tashkil etadi. Shunga qaramay ipning xossa ko’rsatkichlari, ya‟ni uzish kuchi yaxshilanishiga erishilgan. Bu erda kamera diametridan tashqari omillar inobatga olinmagan. Masalan, tolalarning ipda joylashish zichligi darajasi chirmashish koeffitsientini hisoblashda inobatga olinmaydi. Uning kamchiligi ham aynan shundadir.
Yigirish kamerasi aylanishlar chastotasi keskin oshganligi natijasida tolalarning ipda zichlashib joylashishi ortib, ipning xossa ko’rsatkichlari ham yaxshilangan. Shuning uchun ham nisbatan kalta tolalardan pishiqligi talab darajasidagi ip yigirilmoqda. Pnevmomexanik ip ochiq uchli bo’lganligi uchun buramlar yo’qolishi kuzatiladi. Bu salbiy hodisaning oldini olish maqsadida soxta buram berish moslamalari joriy etilgan. Ip o’tuvchi varonka hamda naychalar sirlarida g’adirbudurliklar mavjud. Pnevmomexanik yigirish mashinalarida ip o’rami massasini oshirish maqsadida kompensatsiyalovchi skoba qo’shimcha ravishda o’rnatilgan. U g’altakga o’ralayotgan har bir o’ram qatlamida ip tarangligining bir xil bo’lishini ta‟minlaydi. Natijada g’altakga o’ralgan ipning o’ram yon tomonlariga sirilib tushishi oldi olinadi. Shuning uchun g’altak o’ramining mamssasi 6 kg bo’lsa ham o’ram ko’rinishi va strukturasi o’zgarmay turadi.
|
| |