|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnologiya institutiBog'liq 2 1 Технологик жихозларни эксплуатацияси лабTekshirishning fizik usullari
Rezervuardagi payvand choklarni fizik usulda tekshirish bo’yicha ish hajmi quyidagilarga
bog’liq holatda, metall konstruktsiyaga oid ishchi hujjatlarda belgilangan bo’ladi:
a) xavflilik darajasiga ko’ra rezervuar klassi;
b) payvand chokning kategoriyasi;
v) payvand choklar uchun mo’ljaldagi kuchlanish darajasi;
g) ishlatish paytidagi harorat, to’ldirish tsikli (marotabasi), rayonning seysmiklik holati va
boshqalarni inobatga olib, rezervuar uchun belgilangan rejim va shart-sharoitlar.
Radiografik yoki ulьtratovushli (rentgenografiya, gammagrafiya) usulda tekshirish, hajmi
1000 m
3
va undan ziyod bo’lgan barcha rezervuarlar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan
me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Amaldagi me’yoriy hujjatlarga ko’ra radiografik usulda tekshirish bilan birga
rentgentelevizion nazoratni ham o’tkazish mumkin.
Radiografik tekshiruv payvand choklarni vizual nazoratdan o’tkazilgandan keyin bajariladi.
Payvand choklarining kesishgan joylarini tekshirish uchun rentgen plenkasini «T» simon
yoki xochsimon shaklda har bir kesishgan joy uchun 2 tadan plenka joylashtiriladi.
Olingan rasmlarning bo’yi (uzunligi) 240 mm, eni esa tegishli standartlarga mos bo’lishi
kerak.
Rasm (plenka) larning sezgirligi mazkur standartlarning 3-klassiga to’g’ri kelishi lozim.
Plenkalarga rezervuarning ro’yxatga olingan tartib raqami, tekshirilayotgan konstruktiv
elementning raqami, hamda mazkur elementning chizmasida ko’rsatilgan rentgengramma raqami
yozilgan bo’lishi zarur.
Qalinligi 8 mm va undan katta bo’lgan detallarning ulanmalarini radiografik o’rniga
ulьtratovushli defektoskopiya usuli bilan tekshirish mumkin.
Payvand choklarning ichidagi nuqsonlarni radiografik usul bilan tekshirib baholash, tegishli
standartlarga muvofiq bo’lishi va quyidagilarga mos kelishi shart:
a) xavfliligi IV-klassga mansub rezervuarlar uchun — 6-klass ulanmalariga;
b) xavfliligi SH-klassga mansub rezervuarlar uchun — 5-klass ulanmalariga;
v) xavfliligi I, P-klassga mansub rezervuarlar uchun — 4-klass ulanmalariga.
CHoklarda yaxshi eritilmagan yoki suyultirilmagan joylar bo’lishi mumkin emas.
Radiografik usul rezervuar devori bilan tubining chetlari qo’shilgan joylardagi payvand
choklarini tekshirishda qo’llaniladi.
Rentgenogrammalarning soni va ularning joylashuvi quyidagi taxlitda, ya’ni rezervuar
devorini tashkil qiluvchi tasmalarning o’rni 3.3-jadvalga muvofiq belgilandi.
|
| |