15
2.3-rasm. Vallarni to‘g‘rilash uchun qo‘l pressi;
1-val; 2-indikator; 3-vint; 4-qistirma; 5,10-tayanch; 6-balka; 7-gayka; 8-asom; 9-dastak.
2.4- rasm. Vallarni sovuqlayin yoki qizdirib (kavsharlash lampasi bilan) to‘g‘rilash;
1, 2, 3, 4 – egilgan valni ketma-ket qizdirib to‘g‘irlash.
To‘g‘rilashning birinchi bosqichidan so‘ng val egilishi kamayadi (a uchastkani qizdirib), eng
katta joyi valning boshqa qismiga o‘tadi (2-siniq chiziq). To‘g‘rilashning ikkinchi bosqichi eng katta
qavariqli joyi qizdirladi (b-uchastka). Sovitilgandan so‘ng val egilishi biroz kamayadi (3-siniq
chiziq). Qoldiq egilish yetarli chegarada bo‘lmaguncha shunday davom ettiriladi (4-siniq chiziq).
Qoldiq kuchlanishni yo‘qotish maqsadida qizdirmasdan to‘g‘rilashda po‘lat detallar 400
0
-
500
0
C gacha turg‘un qizdiriladi va shu temperaturada 2-3 soat tutib turiladi.
Yirik va anchagina deformatsiyalangan detallar (masalan, 1m uzunligi hisobiga 8mm dan
ortiq egilgan val)
qizdirib tiklanadi, bunda, masalan, po‘lat detallar 600-800
0
C
temperaturagacha
qizdiriladi. Shundan so‘ng detalga zarur termik ishlov beriladi.
Deformatsiyalangan joyinigina qizdirib to‘g‘rilash usuli yirik vallar va qalin tunukadan
ishlangan detallarning eng ko‘p egilgan joyini qavariq tomonidan 800
0
-900
0
C temperaturagacha
qizdirib to‘g‘rilash uchun qo‘llaniladi.
Yeyilgan vallarni payvand usulida tiklash
Val va o‘qlarni tiklashda payvandlash keng qo‘llaniladi. Payvandlashda darzlar, o‘yiqlar,
yoriqlar,
sinib qolgan qismlarni ulashda, yeyilgan joylarni qoplashda va boshqalarda qo‘llaniladi.
Yoy yordamida va gaz alangasida dastaki yoki mexanizatsiyalashgan (vibroyey yordamida, flyus
ostida, plazma yordamida va hokazo) usulda payvandlash keng tarqalgan.
Po‘lat detallarni payvandlash asosan metall elektrodlar 2-6 mm diametrli SV-08, SV-08GA
(GOST 2246-70) simli vositasida elektr yoy yordamida bajariladi.
Yaxshi payvandlanadigan kam uglerodli va konstruksion uglerodli po‘latlarni (15X, 20X,
st30X, st40) oldindan qizdirmasdan va keyin ishlov bermasdan (E-34,E-38, E-42A, E-46 (GOST
9466-75, GOST-9467-7) elektrodlar bilan o‘zgaruvchan tokda yordamida payvandlanadi. Ko‘p
uglerodli va ko‘p legirlangan vallar odatda payvandlashda ichki kuchlanishlarni hamda nuqsonalarni
kamaytirish maqsadida detal 250-300
0
S gacha qizdiriladi. Payvandlangandan keyin detal toblanadi
va bo‘shatiladi.
Yorilgan, singan va 1m uzunligida 0,25
0
dan
ortiq buralgan vallar, odatda ta‘mirlanmaydi.
Ko‘p yeyilgan valarni payvandlash elektroshlak usulida o‘tkaziladi (13.3- rasm). G‘ovak
sovituvchi polzun 2 shakllanayotgan qoplanayotgan qatlamni 3 qo‘zg‘almas tiklanayotgan valga 1
nisbatan yuqoriga siljitadi. Polzun va val orasidagi tirqish ichida aylana bo‘yicha elektrodlar 4
mundshtuk bilan birgalikda tebranma harakatlandi.
16
Vallarni vibrokontaktli qoplash quyidagicha amalga oshiriladi. Elektrod joylashishi va
qoplanayotgan val 13.4,a-rasmda keltirilgan. Val aylanish yo‘nalishi magnitning puflash yo‘nalishi
bilan birga tushsa harakat o‘ng (13.4,b-rasm), aks holda chap (2.4,v-rasm) hisoblanadi.
Plazmali toblash yo‘li bilan vallarning mustahkamligini ham oshirish mumkin (2.5- rasm).
Bunda dastgoh karetkasiga o‘rnatilgan plazmatrondan 3 foydalanilib, tiklanayotgan detal 1 dastgoh
markaziga o‘rnaltiladi va unga aylanma harakat beriladi. Karetkaga plazmatron bilan birgalikda suv
2 purkagichi o‘rnatiladi, u qizdirilgan detal yuzasini sovitadi va toblaydi.
Eritilgan qatlami qattiqligi (poroshok-sormayt) NRC =45-60.
Paydvanlash unumdorligini oshirish uchun 2-4 ta elektrod bir vaqtda ishlatiladi.
2.5- rasm.
Valni elektroshlak bilan
payvandlash;
1 - Val (detal)
2 - Sovutish sig‘im
3 - Payvandlangan qotishma
4 - Elektrod simi
2.6- rasm.
Valni vibroyoy bilan tiklash sxemasi;
α = 25-65
0
– valni yuzasi elektrod bilan urinish nuqtasi. β = 35-
75
0
– magniy
puflash oqimi
γ = 65-125
0
– NN normalga nisba-tan elektrod oxiri vibratsiya
tutilgan yo‘li
φ = 55-90
0
– gorizontal tekislik-ka nisbatan elektrod yotiqligi.
Detallarni plazma yordamida qoplash avvalgi boblarda keltirilgan. Yoyilgan vallarni tiklashda
plazma yordamida purkab va sirtini eritsa, ayniqsa payvand qatlami qalinligi 0,1-1,0mm gacha bo‘lsa
(2.6- rasm) samara ko‘payadi. Qatlami strukturasi bir xil, mustahkam, eritilgan sirtlari tekis, mexanik
ishlov talab qilmaydi.
Qoplash UMP-7 rusumidagi plazmatronli qoplash qurilmasidan foydalaniladi, u porshokni
puflash qobiliyatiga ega (2.6,a – rasm) va dastgohga o‘rnatilgan. Tiklanayotgan detal 2 dastgohga 1
o‘rnatiladi va unga aylanma, plazmatronga esa bo‘ylama harakat beriladi. Bunday harakat hisobiga
detal yuziga vintli qoplama hosil bo‘ladi.
Agar val ustiga qoplanayotgan qatlam qalinligi 0,1-1,0mm ni tashkil etsa, plazmali qoplash
2.6,b – rasmda ko‘rsatilgan qurilmada amalga oshiriladi. Yeyilgan detal 8 ta‘minlagichdan 3 truba 7
bo‘yicha kelib tushayotgan granulali poroshok yordamida plazmatron orqali plazma bilan qoplanadi.
Elektr yoyi vrolframli erimaydigan elektrod va suv sovituvchi kanal vositasida amalga oshiriladi.
Ballastli reostat elektr ta‘minoti manbai zanjiriga ulanadi.
Agar plazmatronga qo‘shimcha gorizontal tekislikka tebranish harakat berilsa, unda paydvand
qatlamini 50
mm gacha kengaytirish mumkin, detalni bir-ikki aylanishida payvand jarayonini
tugatiladi.
Oddiy payvandga nisbatan plazma purkash va eritish jarayoni bilan tiklangan vallar xizmat
muddati ikki-uch marta oshadi.
2.1-jadvalda plazma purkash va eritish jarayoni tartibi keltirilgan.
2.1-jadval.
Plazma purkash va eritish jarayoni tartibi
Opera-
siya
Tok
kuchi, A
Poroshok
sarflash kg/ch
Gaz
sarflash
l/min.
Valning
aylan-ma
tezligi,
m /min
Soplo va val
masofasi,
mm
Purkash
Eritish
320
310
1,5
---
30
30
13
9-9,5
100
60-70
17
2.7- rasm. Ta‘mirlanadigan valni plazma yordamida mustahkamlash sxemasi;
1 – detal; 2 – suv beruvchi tizim; 3 – plazmatron.
a)
b)
2.8- rasm. Yeyilgan vallarni
plazma usuli bilan tiklash;
a) purkash yo‘li bilan qoplash va sirtini eritish (1 dastgoh; 2-tiklanayotgan detal; 3-plazmatronning
tashqi soplosi; 4-mis soplo; 5-plama hosil qiluvchi gaz; 6-volframli katod; 7- – poroshok uzatish
uchun ta‘minlagich; 8-tashuvchi gaz; 9-himoya gazi; IP – elektr quvvati bilan ta‘minlash
qurilmasi;
R
1
, R
2
– reostatlar;
D
r
- drossel)
b) plazma usuli bilan payvandlash (1-elektr ta‘minoti manbai;
2 –ballastlt reostat; 3- poroshok uzatish uchun ta‘minlagich;
4- plazmatron; 5,6sovitilgan suvni chiqarish; 7-truboprovod;
8-ta‘mirlanayotgan val.
Nazorat savollari:
1. Val va o‘qlarni vazifasi nimadan iborat?
2. Egilgan vallarni mexanik usulida to‘g‘rilash texnologiyasini aytib bering.
3. Egilgan vallarni qizdirib to‘g‘rilash usuli qachon ishlatiladi?
4. Kam va o‘rta uglerodli po‘lat vallarni payvandlashda qanday markali elektrodlar ishlatiladi?
5. Ko‘p uglerodli va ko‘p legirlangan vallarni payvandlashdan oldin necha gradusga qizdiriladi va
uni maqsadi?
6. Vibroyoy usulida vallarni tiklashda yutuqlari nimadan iborat?