davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi;
davlat asosiy organlarini saylanishi, ularni saylovchilar oldida hisob
berish;
tayinlash yo'li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi
tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar.
2.
Iqtisodiy munosabatlarni demokratiyalash tamoyili
manapollashgan iqtisodiyotdan erkin iqtisodiyotga;
sotsialistik musobaqadan erkin raqobatga;
qat'iy belgilangan narxlardan erkin narxlarga;
davlatlashgan mulkdan hilma-hil mulkchilikka tayangan iqtisodiyotga
o'tish;
3.
Yuksak ma'naviyat tamoyili
mustaqillik tafakkurini kengroq tushunish, ya'ni:
O’zbekistonning istiqboli va istiqloli haqida ko'proq qayg’urish;
o’zining va o'z xalqini, vatanning qadru qimmati, o'r-nomusini anglab, uni
himoya qilish;
yuksak g’oyalar, yangi kashfiyotlar, niyatlar og'ushida mehnat qilib,
istedodi, bor imkoniyatini, kerak bo'lsa, jonini yurt istiqboli, eliga baxshida
etishidir.
4.
Milliy havfsizlikni ta'minlash tamoyili
respublikaning dunyo hamjamiyatiga kirish sur'atlarini tezlashtirish;
turli xalqaro davlat va nodavlat tashkilotlari, birinchi galda BMT, NATO,
Yevropa havfsizlik va hamkorlik tashkiloti ishlarida faol ishtirok etishni
ta'minlash.