• 2.4 Bil Geytsning boshqaruv tamoyillari.
  • Maks Veber tamoyillari (1864-1920)




    Download 370,75 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet9/16
    Sana12.01.2024
    Hajmi370,75 Kb.
    #135611
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
    Maks Veber tamoyillari (1864-1920). 
    1. 
    Aniq mehnat taqsimoti, yuqori malakali mutahassislar shakllanishiga olib 
    keladi. 
    2. 
    Boshqarishning ierarhiya darajasi, bunda pastki daraja yuqoridan nazorat 
    qilinadi va unga boysunadi. 
    3. 
    Vazifalarni sozlash va bir hil vazifalarni bajarishni ta'minlaydigan 
    umumrasmiy qoida va standartlar o’zaro bog’liq umumiy tizimining mavjudligi. 


    4. 
    Sub'ektiv hatolar samaradorligini pastlatuvchi rasmiy shahslarning rasmiy 
    mustaqilligini kamaytirish. 
    5. 
    Ishchini malaka talabi asosida ishga yollash. 
    2.4 Bil Geytsning boshqaruv tamoyillari. 
    Bil Geyts o’z faoliyatini 20 yoshida boshlagan va shu davrda “Microsoft” 
    korparatsiyasiga asos solgan. U 30 yoshida dunyodagi eng yosh milyarder, 39 
    yoshida esa dunyodagi eng boy odamga aylandi. Bil Geyts hammamiz singari 
    odam, shunday bo’lsada uning qobilyati va tinimsiz mehnati uni “Microsoft”ga 
    asos solishi va hozirgi kunda erishgan mavqeyiga sabab bo’ldi. Yillar davomida 
    “Microsoft” o’z mavqeyini yo’qotmay kelishi uning boshqaruvi to’g’ri yo’lga 
    qo’yilganligini ko’rsatadi. Bil Geyts “Microsoft”ni quyidagi tamoyillar orqali 
    samarali boshqarmoqda: 
    1. Mehnat taqsimoti. “Microsoft”da har bir hodim o’z qobilyatiga qarab o’rin 
    egallagan va ularning har biriga va shu qobiliyatga asoslanib ularning har 
    biriga malum vazifalar yuklatilgan. 
    2. Eng qobiliyatli ishchilar. Bil Geyts dunyodagi eng qobiliyatli aqlli 
    insonlarni ishga yonlaydi. Uning fikricha aqlli hodimlar – bu eng zo’r 
    muvofaqqiyatga erishish vositasidir. 
    3. Tavakkalchilik. Bil Geyts fikricha har doim ham vujudga keladigan 
    vaziyatlarni 100 % lik aniqlik bilan baholab bo’lmaydi va muvofaqiyatga 
    erishish uchun qo’rqmasdan, dadil, ishonch bilan qadam tashlash lozim. 
    4. Hatolardan o’rganish. U shunday o’ylaydi “Agar sen tavakkal qilsang 
    mag’lubiyatga uchrashing mumkin, agar tavakkal qilmaydigan bo’lsang, 
    muvofaqiyat qozanaolmasliging mumkin” – tavakkalchilikda mag’lubiyatga 
    uchrash, bu seni boshqaruvda qayerda hato qilganingni va bu hatoni 
    kelajakda takrorlamaslikka o’rgatadi. 


    5. Yuqori sifat. Bil Geyts aytishicha “Eng muhim narsa bu natija”. Natijaning 
    yaxshi yoki yomon bo’lishi bu sifatga bog’liq, agar boshqaruv eng sifatli 
    mahsulot yaratishga qaratilgan bo’lsa, bu boshqaruvga to’g’ri yondashuvdir. 
    6. Tejamkorlik. Bil Geytsning maqsadi eng kam pulsarflab yuqori foydaga 
    erishishdir. 
    7. Malakali menejerlar. “Menejerlar shunday shaxslarki ular eng oqilona 
    qaror chiqaradiganlardir” Bil Geyts shunday deb takidlaydi va boshqaruvni 
    to’g’ri yo’lga qo’yishda malakali menejerlarga tayanadi. 
    8. Intizom. Bil Geyts hamma ishchilarni berilgan topshiriqni o’z vaqtida 
    bajarayotganini doimo nazorat qilib turadi. Kerak bo’lsa ularni taqdorlaydi, 
    kerak bo’lsa ularni jazolaydi. 
    9. Rag’batlantirish. Har qanday mehnat rag’batlantirilishi lozim deb 
    hisoblaydigan Geyts hodimlarini doimo mehnatlariga qarab taqdirlab keladi. 
    10. Kuzatish va qayta aloqalar. Bil Geyts korparatsiyada bo’ladigan har bir 
    jarayonni kuzatadi. Agar hammasi o’z o’rnida bo’lsa jarayonga hech qachon 
    aralashmaydi. Agar aksi bo’lsa ular bilan aloqalarga kirishib mavjud havf 
    yoki muammoni birgalikda yechishga urinadi. 
    11. Sog’lom ishchi muhit. Bil Geyts qachonki ishlab chiqarish korxonasi yoki 
    formalarida nizo va stresslardan holi muhit yaratilmas ekan, hech qachon 
    o’ta sifatli mahsulotga erishib bo’lmaydi. Korxona ichki muhitini shunday 
    tashkil etish kerakki, hamma birgalikda bir tomonga qarab harakatlansin deb 
    takidlaydi. 
    12. Eng a’lo va qulay shart sharoitlar. Bil Geyts ishchi muhitni shunday tashkil 
    etish kerakki, ular ish joylarida huddi o’zlarini uyda ishlayotgandek his 
    qilish kerak. Ish joyiga har qanday hodim ehtiyoj sezishi mumkin bo’lgan 
    qulayliklar mavjud bo’lishi lozim. Ular qanchalik qulay sharoitda harakat 
    qilsalar shunchalik o’z vazifalarini yaxshi ado etadilar deb o’z fikrini bayon 
    etadi. 
    Bil Geyts korparatsiyani boshqarishda yuqorida sanab o’tilgan tamoyillarga 
    asoslanib boshqaruvni tashkil etadi. 



    Download 370,75 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




    Download 370,75 Kb.
    Pdf ko'rish