Menejment boshqaruv maktablari namoyondalarining boshqaruv




Download 370,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/16
Sana12.01.2024
Hajmi370,75 Kb.
#135611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
2.3 Menejment boshqaruv maktablari namoyondalarining boshqaruv 
prinsiplari
Anri Fayol tamoyillari (1841-1925). 
A.Fayol Boshqaruv faning rivojlanishiga salmoqli hissa qo’shgan fransuz 
olimilaridandir. U Fransiyadagi ko’mir qazib oluvchi yirik kampaniyani 
boshqargan. A.Fayol ozining boy amaliy tajribasini "Umumiy va sanoat 
boshqaruvi" (1916 y.) nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan 
quyidagi Boshqaruv g’oyalari hozirgi kunda ham oz ahamiyatini yo’qotmagan
A.Fayol boshqaruvni: 
 kelajakni ko’ruvchi; 
 faoliyatni tashkillashtiruvchi; 


 tashkilotni idora qiluvchi; 
 faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi; 
 qaror va buyruqlarning bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli qurol deb ataydi. 
Bu fikrlar hozirgi kunda ham boshqarish fani asosida yotadi. 
Anri Fayolning boshqarish tamoyillari: 
1. Mehnat taqsimoti. Ihtisoslashuv natijasida kop miqdorda va yuqori sifatli 
mahsulot ishlab chiqariladi. Bunga e'tibor qaratilishi lozim bolgan maqsadlar 
sonini keskin qisqartirish evaziga erishiladi. 
2. Vakolat va mas'uliyat. Vakolat - bu buyruy berish uchun berilgan huquq. 
Mas'uliyat esa buning aksi. qayerda vakolat berilgan bo’lsa, usha erda mas'uliyat 
vujudga keladi. 
3. Intizom. Intizom rahbar bilan hodim o’rtasida o’zaro hurmatni, quloq solishni 
talab qiladi. Shartnomalarning so’zsiz bajarilishini taqozo etadi. 
4. Yakkaboshchilik. Hodim bevosita boshliqidan buyruq olishi kerak.
5. Yonalishni bir hilligi. Yagona maqsad doirasida faoliyat korsatayetgan har bir 
guruh, yagona reja asosida ishlashi va bita rahbarga ega bolishi kerak. 
6. Shahsiy manfaatlarni umumiy manfaatlarga bo’ysundirish. Alohida hodim 
yoki guruhning manfaatlari bir-biriga zid kelmasligi kerak. 
7. Hodimlarni taqdirlash . Hodimlarning ishonchini qozonish va ularning 
hamdardligini oshirish uchun ularga adolat yuzasidan barcha mehnatiga haq tolash 
lozim. 
8. Markazlashish. Barcha ishlarni markazdan turib boshqarish. 
9. Boshqarishdagi ierarxiya. Bunda quyi daraja yuqoridan nazorat qilinadi va 
yuqoriga boysunadi. 
10. Tartib. Hamma o’z o’rnida bolishi va o’z burchini ado etishi lozim. 
11. Adolat. Tashkilotda adolatning hukm surishi - bu qonunning


ustuvorligi bilan rahmdillikning uyg’unlashuvi. 
12. Hodim uchun ish joyining doimiyligi. Yuqori darajadagi qo’nimsizlik 
tashkilot faoliyati samaradorligini pasaytiradi. O’z ish joyini mustahkam egasi 
bolish harakatida bo’lgan oddiy rahbar bir joyda muqim ishlashni istamaydigan 
iste'dodli rahbardan ming chandon yaxshi. 
13. Tashabbus. Tashabbus - bu tom ma'noda rejani ishlab chiqish va
uning o’z vaqtida bajarilishini ta'minlashdir. 
14. Korparativ ruh. Ittifoq - bu kuch. U esa hodimlar o’rtasidagi jamjihatlikning 
va manfaatlarning hamoxanglashuvi natijasi bolishi mumkin. 

Download 370,75 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Download 370,75 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Menejment boshqaruv maktablari namoyondalarining boshqaruv

Download 370,75 Kb.
Pdf ko'rish