Mamuriy buyruqbozlik va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv




Download 370,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana12.01.2024
Hajmi370,75 Kb.
#135611
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
2.5 Mamuriy buyruqbozlik va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv 
tamoyillari. 
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida boshqarish tamoyillari asosan 
antidemakratik hususiyatga ega bolib, markazlashgan iqtisodiy muhitning negizini 
tashkil etadi. 
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitidagi boshqarish tamoyillari: 
1. 
Byurokratik markazlashuv. 
Boshqarish ob'ektiga nisbatan bo’lgan 
munosabat qat'iy darajada buyruqlashgan. Bu tamoyil demokratiyaga o’ta yetdir. 
2. 
Nomenklatura. 
Lavozimlarga faqat yuqori tashkilotlar tomonidan kat'iy 
ravishda oldindan ruyhatga kiritilgan kishilar tayinlanadi. Aynan shu tartib shaxsga 
sig’inishni vujudga keltirishi mumkin. 
3. 
O’ziga-o’zi hizmat qilish, shaxsiy manfaatlarni ustun qo’yish. Garchi
sotsializm - inson manfaatlarini himoya qilish, uning farovonligini oshirishga 
yonaltirilgan shior bilan g’urullangan bolsada, aslida bu tuzumning qonun-
qoidalari, tamoyillari amaldorlarning manfaatlari uchun hizmat qiladi. 
4. 
Demakratiyani tan olmaslik. Demakratiyani 
tan olish degan so’z 
boshqaruv tizimi uchun hokimiyatni yo’qotish bilan barobar edi. Ma'muriy-
buyruqbozlik tizimi uchun demakratiya bu "tabiiy dushman"
5. 
Buyruqbozlik. 
Faqat shundagina kuch ishlatish, qo’pol ravishda 
majburlash kabilar o’z ijrosini topishi mumkin. Tezkor tashkiliy xulosalarni 
yasash, daxshatli qarorlar chiqarish kabilar buyruqbozlikning o’ta ayovsiz 
ko’rinishlaridir. 
6. 
Rasmiyatchilik. 
Rasmiyatchilik 
qog’ozbozlikni "ota"si, tora-chilik 
tamoyilidir. Har qanday qo’llanmani pesh qilib, uning o’rtaasida qonuniy 
narsalarni tan olmaslik, munosabatlarda rasmiyatchilik bilan yendashish bu 
tamoyilning bo’sh maqsadi bolib hisoblanadi.


7. 
Mahdudlik. Ma'muriy-buyruqbozlik 
tizimi 
o’zining 
sir-asrorlarini 
yashirishga, mahfiy tutishga harakat qiladi. To’ralarni oshkorlik va 
demakratiyaning hujumidan aynan shu mahdudlik himoya qiladi, mahfiy 
ma'lumotlarga yetib borishga halaqit beruvchi qalqon vazifasini bajaradi.
8. 
Konservatizm.
Yangilikka nisbatan ayevsiz tamoyil. Garchi biror-bir 
yangilik yeki bu faoliyatni yaxshilashga olib kelishini bilsada, bu yangilikni iloji 
boricha kechiktirib yoki chala-chulpa joriy qilishga tarafdor.
Ma'muriy-buyruqbozlik tizimi hukm surgan iqtisodiyotda boshqaruv 
markazlashgan holda tashkil etiladi va demakratik hususiyatga ega bo’lgan 
elementlarni inkor etiladi. Rasmiyatchilik bunday tizimning asosiy unsuri 
hisoblanib, uning o’rtasida qonuniy narsalarni tan o’lmaslik odatiy holatga 
aylanadi. Ta'kidlash kerakki, ma'muriy-buyruqbozlik tizimida iqtisodiyotning 
rivojlanishi ko’proq salbiy tomonga o’tadi. Chunki davlatlashtirilgan tizimda mulk 
faqat davlatniki hisoblanib, uning egasi davlatning o’zidir.
Bunday tizim sharoitidagi boshqarish tamoyillari tarkibida mavjud bo’lgan 
menejmentning umumiy tamoyillaridan hisoblangan ierarxiya tamoyiliga ham 
asoslanadi. Birpq, bunda boshqaruv bo’g’inlari kopayib ketib, boshqaruv jarayeni 
chigallashadi va boshqaruv samarasiz amalga oshiriladi. 

Download 370,75 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 370,75 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mamuriy buyruqbozlik va bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruv

Download 370,75 Kb.
Pdf ko'rish