O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti kasb ta’limi fakulteti




Download 370,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana12.01.2024
Hajmi370,75 Kb.
#135611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
 
1.3 Menejmentning asosiy tamoyillari. 
Tamoyil - bu faoliyat yuritish, xalqning asosiy koidasi, yetakchi g’oyadir. 
Ilmiy adabiyotlarda odatda boshqaruv tamoyillari deganda iqtisodiyotga raxbarlik 
qilishda asoslaniladigan asosiy koida, yo’l-yurik, xulk meyorlari tushuniladi. 
Boshqaruv tamoyillari iqtisodiyot qonunlari ta’siri natijasida boshqaruv usullariga 
bog’liq xodisalar moxiyatini aks ettiradi. Boshqaruv mexanizmi sxemasini 
quyidagicha ifodalash mumkin: 
qonunlar tamoyillar usullar uslublar. 
Boshqaruv tamoyillari o’zaro bog’liq va birgalikda qo’llanilishi lozim. 
Asosiy tamoyillarga quyidagilar kiradi: 
1. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili. Yakkaboshchilik 
tamoyili bevosita ishlab chiqarishda ishlab chiqarish personali a’zolarining yagona 
raxbar buyruqlariga kat’iy buysunushini talab kiladi. Yuqori darajadagi raxbar quyi 
bo’g’in raxbari vakolatiga kiruvchi masalalarni xal etmasligi lozim. Bu tamoyilni 
amalga oshirishning asosiy sharti xar bir ijrochining xuquq, burch, majburiyatlarini 
kat’iy belgilab quyishdir. Yagona boshchilik kollegiallik, qabul qilinadigan 
qarorlar oshqaraligi bilan kushib olib borilishi kerak. Kollegiallik intizom, raxbar, 
yagona shaxs irodasigaso’zsiz buysunush bilan birga amalga oshishi kerak. 
Demoqratiya, oshqoralik xar bir kishiga o’z fukarolik karashlarini namoyon qilish, 


boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol katnashish uchun imkon 
yaratadi. 
2. Ilmiylik tamoyili. Boshqaruv tamoyillari orasida valyutarizmni inkor 
qiluvchi xar bir raxbar iqtisodiy qonunlar, jamiyat rivojlanishining obyektiv 
yunalishlari, bu soxada milliy va chet el tajribasini qo’llashini takozo qiluvchi o’rin 
egallaydi. 
3. Rejalilik tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali 
boshqarish - biznes va trategik rejasini to’zish - iqtisodiy siyosatlarni amalga 
oshirishning muxim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarish rivojlanishining o’zok 
muddatga muljallangan yunalishlari, sur’atlari va nisbatlarini, sur’atlari va 
nisbatlarini belgilashni ifodalaydi. 
Ishlab chiqarishni rejalashtirish boshqarishning asosiy vazifalaridan biridir. U 
iqtisodiy qonun, ishlab chiqarishning xozirgi xolatini ilmiy taxlil etish, extiyojlarni 
istikbolini aniqlash texnikaviy va tashkiliy qarorlarni zabul qilish asosida amlaga 
oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida strategik rejalashtirish - u yoki bu tarmoq 
rivojlanishining maqbul nisbatlarini, eng muximi resurslardan samarali 
foydalanish yo’llarini belgilovchi iqtisodiy rivojlanish parametrlarini aniqlash 
muxim ahamiyatiiyatga ega bo’ladi. 
4. Boshqaruv shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat 
boshqaruvi. Boshqaruvning xususiy shaklida mulkdor yakka o’zi qaror qabul kiladi 
va butun ish uchun javobgar bo’ladi. Boshqaruv xususiy shaklining ijobiy tomoni 
mulk egasi ishlar borishini o’zi tulik nazorat qilish imkoniyatiga egaligi 
kamchiligini esasarsoyaning uncha katta bulmasligi va bir kishi boshqaruvning 
turli vazifalarini bajarishiga majburlidir. Mulkdor boshqaruvning barcha 
vazifalarini amalga oshirishi: rejalashtirish, tashkil etish, ragbatlantirish, yukatosh 
zarar va boshqalarga shaxsan bo’lishdadir. Kuchli rakobat sharoitida mulkdor 
sinmasligi uchun doimo o’z bilimlarini ko’paytirib, boshqaruv usullarini 
takomillashtirib, ya’ni ishchilarga ta’sir etish yo’llarini bozorda mavjud xolatga 
mos ravishda o’zgartirib borishi kerak. 


Boshqaruvning jamoa shaklida ikki yoki undan ko’p jismoniy va xuquqiy 
shaxslar boshqaruv qarorlarini birgalikda qabul kiladilar va korxona yoki 
aksionerlar jamiyati faoliyati uchun javobgar bo’ladilar. Sherikchilik nisbatan 
malakali boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvning xususiy shakli 
kamchiliklarini bartaraf etishga imkon yaratadi. Boshqaruvning jamoa shaklining 
afzalligi sheriklar aksiya sotish yo’li bilan qo’shimcha sarmoya jalb qilish 
imkoniyatiga ega bo’lishidadir. Boshqaruvning jamoa shakli direqtorlar kengashi 
tomonidan amalga oshirilib, u asosiy boshqaruv siyosatini va boshqaruvning majud 
vaziyatga mos iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruvchilik, ijtimoiy-psixologik, xuquqiy 
usullarini tanlaydilar. Boshqaruvning jamoa shaklining asosiy kamchiligi barcha 
sheriklar - aksiya egalari boshqaruvda va korxona faoliyatini nazorat qilishda 
katnasha olmaydi. Uning yana bir kamchiligi - korporasiya, aksionerlar jamiyati 
yoki korxona aksionerlaridan «ikki yoklama» solik olinishidir, chunki korxona 
foydadan. Aksionerlar esa qo’shimcha ravishda dividentdan solik tulaydilar. 
Davlat boshqaruv shakli davlat yoki maxalliy mulk bo’lgan korxonalarda 
amalga oshiriladi. Davlat bu korxonalar faoliyati uchun tulik javob beradi. 
5. Qadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida 
qadrlarni tanlash va joy-jiyiga quyish tamoyili maxim ahamiyatiiyat kasb etadi. 
Bozor munosabatlari boshqaruv qadrlariga kat’iy talablar kuyadi, ularning 
ishbilarmonlik sifatlari, ishlab chiqarish oldida turgan masalalarni belgilaydi. 
6. Agentlar mustaqillik va erkinligi tamoyili. Bozorda agentlar faoliyati 
iqtisodiy javobgarlik bilan birgalikda amalga oshishi kerak. 
7. Shaxsiy tashabbus tamoyili. Bozorda ishbilarmon, omilkor, shaxsiy foyda 
uchun xarakat qiluvchi, tadbirkor kishilar faoliyat yuritishi kerak. 
8. Javobgarlik va tavakkalchilik tamoyili. Tadbirkor o’z faoliyati uchun 
javobgar bo’lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik xam xisobga olinishi, ya’ni 
tadbirkorning o’z xuquq va majburiyatlari bo’lishi kerak. 



Download 370,75 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 370,75 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti kasb ta’limi fakulteti

Download 370,75 Kb.
Pdf ko'rish