|
O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika institutiBog'liq qurilish materiallari va buyumlari (1)
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologilar
O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar
quyidagilar: yuqori ilmiy-’edagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar
o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik
texnologiyalardan va
mulhtimedia vositalaridan
foydalanish,
talabalarni
undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik,
tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin
muloqot yuritishga, ilmiy
izlanishga jalb qilish.
“Qurilish materiallari va buyumlari” kursini loyihalashtirishda quyidagi
asosiy
kontseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
SHaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra
ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini
ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir
ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik
faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda
yondoshilishni nazarda tutadi.
Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha
belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning
barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faolitga yo’naltirilgan yondoshuv. SHaxsning jarayonli sifatlarini
shakllantirishga,
ta’lim
oluvchining faoliyatni aktivlashtirish
va
intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari,
tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik
yo
ndoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish
zaruriyatini
bildiradi.
Uning
natijasida
shaxsning
o’z-o’zini
faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
|
| |