104
Portlandtsement ishlab chiqarish uchun xom ashyo. Portlandtsement
ishlab
chiqarish uchun tog’ jinslari-mergellar, ohaktoshli (ohak toshlar, bo’r, chig’anoqtosh,
ohak tufi va boshqalar) va gilli tog’ jinslari dastlabki xom ashyo sifatida xizmat qiladi.
TSement tarkibiga ohaktosh
bilan birga CaO kiritiladi; gil bilan kremniy (SiO
2
),
alyuminiy (Al
2
O
3
), temir oksidlari (Fe
2
O
3
); mergel bilan boshqa barcha oksidlar
kiritiladi. Odatda xom ashyo aralashmasi 75-78% ohaktoshdan va 25-22%
gildan
iborat bo’ladi.
Portlandtsementli klinker-ohaktosh va gildan yoki bahzi boshqa materiallardan
(mergel, domna shlaki va boshqalar) tashkil topgan mayda
dispersli bir jinsli xom
ashyo aralashmasini birikkunga qadar 1450
0
S kuydirib hosil qilingan mahsulotdir.
Qizdirish jarayonida klinker tarkibida asosan kalg’tsiyning yuqori asosli silikatlari hosil
qilinadi.
Portlandtsementni qotish muddatlarini rostlash uchun klinker tuyilayotganda
unga ikki molekula suvli gips 1,5-3,5% miqdorida (SO
3
ga qayta hisoblashda
tsement
massasi bo’yicha) kiritiladi.
Portlandtsementni ishlab chiqarish
Portlandtsementni ishlab chiqarish ketma-ketligi qo’yidagicha:
A)Xom ashyoni qazib olish,
B)
Xom ashyoni tayyorlash
V) Xom ashyoni kuydirish
G) Klinkerni qo’shilmalar bilan birga to’yish
Portlandtsement ishlab chiqarish
uchun hom ashyo odatda, tsement zavodi
yaqinida joylashgan karg’erlarda ochiq usulda qazib olinadi. Xom ashyoni zavodlarga
yetkazib berish uchun relg’sli va osma yo’llardan va avtomobilg’
transportidan
foydalaniladi.
Xom ashyo xossasi va qizdirish o’choqlarining turiga qarab xom ashyo xo’l
yoki quruq usulda tayyorlanadi. Xo’l usulda tayyorlanganda qo’shimchalar suvda
maydalanadi
va aralashtiriladi, suyuq massa (shlam) ko’rinishidagi aralashma
qizdiriladi; quruq usulda tayyorlashda xom ashyo qo’shimchalari
maydalanadi,
aralashtiriladi va quruq holda qizdiriladi.