Kurs ishlarini taqriz qilish tartibi




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet578/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   574   575   576   577   578   579   580   581   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

 


576 
Kurs ishlarini taqriz qilish tartibi 
Tugallangan kurs ishi himoyaga qo’yilishdan oldin taqriz qilinishi kerak. Bunda 
birinchi navbatda tayyorlangan ishning ijobiy tomonlarini, keyin esa kamchiliklarini 
ko’rsatib, ularni bartaraf etish yo’llari ko’rsatilishi kerak. Taqrizdan oldin kurs ishi 
albatta diqqat bilan o’qib chiqilishi kerak, aks holda nomigagina yozilgan taqrizlar 
tufayli sifat jihatidan talabga javob bermaydigan kurs ishlari ham ijobiy baholanib 
ketilishiga yo’l qo’yilishi mumkin.
Kurs ishlarini taqriz qiluvchi professor-o’qituvchilar oldiga quyidagi talablar 
qo’yiladi: 
-
Kurs ishini dastlab taqrizga olgan vaqtda ushbu kurs ishi mavzusining talaba ismi 
sharifining birinchi harfiga mos kelishini tekshirish;
-
Kurs ishining mazmuniga umumiy baho berish va unda yo’l qo’yilgan xatolarni 
ko’rsatish, shuningdek, talabaga kamchiliklarni tuzatish yo’llari bo’yicha 
maslahat berish hamda shunga tegishli muloxazalarni taqriz varag’iga yozib 
qo’yish; 
-
Taqrizda kurs ishining birinchi navbatda, ijobiy tomonlarini ko’rsatish bilan 
birga, barcha salbiy tomonlarini ham chuqur tahlil qilib, mohiyati yoritilmagan 
savollarni talabaga tushuntirib berish
-
Kurs ishida har bir betning chetiga va taqrizning o’zida yoziladigan 
mulohazalarda mustaqil bajarilgan ishda qaysi muammolarga, ya’ni qaysi 
savollar mohiyatini yoritishga ilmiy-ijodiy yondoshganligini, qaysi birlarini 
to’ldirish zarur ekanligini ko’rsatish; 
-
Nazariyaning amaliyot bilan uzviy ravishda bog’lab olib borilish darajasini 
ko’rsatish; 
-
Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida o’rganilayotgan muammolarning 
O’zbekiston misolida hal qilishning yo’l-yo’riqlarini nazariy jihatdan 
asoslanishga baho berish; 
-
Talabalar tanlangan kurs ishini bajarish orqali iqtisodiyot nazariyasining 
mohiyatini chuqur, atroflicha o’rganib, hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti 
xususiyatlarini ko’rsatib berilganlik darajasini baholash.
Ana shu jihatdan olib qaraganda, kurs ishiga taqriz yozishda rasmiyatchilikga 
yo’l qo’yib bo’lmaydi. Biroq amalda rasmiyatchilik asosida juda qisqa yozilgan 
taqrizlar ham uchraydi. Bunday taqrizlar: 
Birinchidan, kurs ishi mavzusining mohiyatini va unda qo’yilgan 
muammolarning yoritilgan yoki yoritilmaganligini ko’rsatib bera olmaydi. 
Ikkinchidan, talaba uchun kurs ishida qanday kamchiliklar mavjud, uni qanday 
bartaraf qilish mumkin ekanligi haqida foydali maslahatlar mavjud bo’lmaydi. 
Uchinchidan, talabaning kurs ishini ma’suliyat sezmasdan yuzaki yozishiga olib 
keladi. 
To’rtinchidan, talabalarning kurs ishiga yetarli darajada ahamiyat bermasdan, 
ya’ni mavzuning rejasi, foydalangan adabiyotlar ro’xati, bajarilgan vaqti 
ko’rsatilmagan taqdirda ham ijobiy baholanishiga sabab bo’ladi. 


577 
Beshinchidan, talaba ijodiy fikr yuritmasdan, kurs ishini ayrim o’quv 
qo’llanmalardan to’g’ridan-to’g’ri ko’chirib olganda ham uning asossiz ijobiy 
baholanishiga olib keladi. 
Bizning fikrimizcha, kurs ishiga taqriz yozishda bunday kamchiliklarga yo’l 
qo’yish yuqori malakali iqtisodchilar tayyorlash talabiga ziddir. SHuning uchun 
talabalarga to’g’ri maslahat berib, amaliy yordam ko’rsatadigan darajada kurs ishini 
tahlil qilib, taqriz yozish o’qituvchining eng muhim vazifalaridan biridir. Kurs ishini 
tahlil qilishda o’qituvchi, har bir betda uning kamchiliklarini yozib ko’rsatishi zarur. 
Bunda kamchiliklarni qisqartirib emas, balki kurs ishi varag’ining chetiga aniq va 
ravshan qilib yozish lozim. Bunday yozilgan taqrizdan talaba o’zi yo’l qo’ygan xato 
va kamchiliklarini tezda tushinib, uni bartaraf qilish yo’l-yo’riqlarini olish 
imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Professor-o’qituvchilar taqriz yozish jarayonida avvalo kurs ishining ijobiy 
tomonlarini, keyin esa talaba yo’l qo’ygan kamchiliklarini ko’rsatib, uni baratraf qilish 
yo’llarini bayon qilish zarur. Taqrizni e’tiborsizlik bilan nomigagina yozish
talabalarda beparvolikga olib keladi. Bu esa ta’lim-tarbiya va intizomning susayishiga 
sabab bo’ladi.

Download 8,58 Mb.
1   ...   574   575   576   577   578   579   580   581   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish