575
ushbu mavzu bo’yicha muammolarni bartaraf etish hamda shu sohani rivojlantrish
chora tadbirlari yoritib berilishi kerak.SHuningdek, foydalanilgan adabiyotlarning va
statistik ma’lumotlarning yangiligi e’tiborga olinishi zarur. Kurs ishi rejasi tuzilgandan
so’ng uni bajarish muddatini aniq belgilash kerak.
Kurs ishining oxirgi rejasida tahlil qilingan mavzuga oid bo’lgan muammolarni
kelajakda hal etish yo’l-yo’riqlari va uni rivojlantirish imkoniyatlari berilishi zarur.
Har bir kurs ishi ana shunday talablarga javob berishi zarur.
Adabiyot tanlash, uni o’rganish, qayta ishlash va
kurs ishi matnining xomaki
hamda oxirgi variantlarini tayyorlash uchun sarf qilinadigan vaqt miqdori va bajarish
muddatini aniq belgilab olishlari maqsadga muvofiqdir. Belgilangan muddatga qarab
ishni bajarish shoshma-shosharlikga yo’l qo’ymaydi, balki talabaning pishiq-puxta ish
olib borishini ta’minlaydi va unga kurs ishini o’z vaqtida nihoyasiga yetkazib
topshirishiga imkon beradi.
Kurs ishini bajarishda mazkur qo’llanmada ko’rsatilgan adabiyotlar bilan
cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon
qilish imkonini beradigan
qo’shimcha adabiyotlardan ham faydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Talaba kurs
ishi uchun qo’shimcha adabiyotlarni universitetimiz kutubxonasidan va boshqa
kutubxonalardan olishi mumkin.
Kutubxonada bibliografik, ya’ni sistemali, predmetli alьfavit
kataloglari asosida
adabiyotlar tanlanadi. Masalan, sistemali katalogdan sohalariga qarab joylashtirilgan
bo’ladi. Mabodo, qiyinchilik yuzaga kelsa, kutubxonada mutaxassis maslahatidan
foydalanish mumkin.
Adabiyotlar va ma’lumotlardan foydalanishda quyidagilarga e’tibor berish zarur:
-
Talaba o’rganib chiqayotgan va tanlagan mavzuga talluqli adabiyotlarni to’liq
yozmasdan, o’z so’zi bilan qisqacha va
ijodiy bayon qilib berishi;
-
Zarur hollarda foydalanilayotgan jumlalarni o’zgartirilmay aynan berilish
tariqasida ko’chirishi;
-
Umumiy daftar tutib, rejadagi har bir savolga taalluqli fikrlarni alohida yozib
qo’yish va kerak bo’lganda ulardan foydalanish:
-
Mavzuga taalluqli fikrlarni ayrim varaqlarga va
maxsus kartochkalarga yozib
qo’yish. Kartochka tizimi afzalligi shundaki, u kerak bo’lgan fikrlarni tezroq
qidirib topish imkonini beradi;
-
Uchragan hamma ma’lumotlar va raqamlarni ko’chirib olmasdan, ko’rib
chiqilayotgan mavzuga bevosita tegishli eng muhim ma’lumot
va raqamlardan
foydalanish;
-
O’zbekiston o’z mustaqilligiga ega bo’lgan davridan boshlab qanday yutuqlarga
erishganini aniq ma’lumotlar asosida ko’rsatish;
-
Ma’lumotlarga asoslanib tuzilgan jadval, grafik va diogrammalar hamda nazariy
jihatdan tahlil etilayotgan fikrlarning amaliyotda naqadar ahamiyatga ega
ekanligini ko’rsatib berish.
Talaba barcha adabiyotlarni batafsil o’rganib, ular konspekt qilgandan keyin kurs
ishini yozishga kirishishi mumkin.