|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 585/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIIqtisodiy resurslar
– ma’lum davrda ma’lum bir mamlakat ixtiyorida to’plangan
va mavjud bo’lgan ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchilarga yetkazib
berish va iste’mol jarayonlarida qo’llanilishi mumkin bo’lgan vositalar, qo’r-qutlar,
imkoniyatlar va manbalardir
Iqtisodiy rivojlanish
- ko’p o’lchamli jarayon bo’lib, jamiyatning ijtimoiy,
Iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o’z ifodasini topadi.
Iqtisodiy o’sish
- YaMM (IMM, SMM, MD) miqdorining mutloq va aholi jon
boshiga hamda Iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishida va sifatning
yaxshilanishida ifodalanadi
Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi va siyosati fanining pr
edmeti – iqtisodiy
rivojlanishning sharoitlarini, omillarini va ahamiyatini aniqlash maqsadida iqtisodiy
resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida
hayotiy ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va
ularni iste’mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimini,
ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish qonun–qoidalarini o’rganishdan iboratdir.
Uslubiyat
– Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning printsiplari, yo’llari, qonun
– qoidalari, aniq hadislari tizimidir.
Ilmiy abstraktsiya
– Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishda qo’llaniladigan
usullardan biri bo’lib, tahlil paytida halaqit beruvchi ikkinchi darajali voqea –
hodisalarni e’tibordan chetlashtirib, asosiy o’rganilayotgan hodisaning asl mohiyatiga
fikrni qaratishdir.
Ishlab chiqarish usuli
- ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish
munosabatlari birligi hamda o’zaro ta’siri.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar
- ishlab chiqarishning shaxsiy va moddiy omillari,
ya’ni ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalari birligi.
|
| |