589
Ishlab chiqarishning texnologik usuli
- mehnat vositalari, materiallar,
texnologiya, energiya axborotlar va ishlab chiqarishni tashkil etish majmui.
Mulkchilik munosabatlari
- mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni
o’zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Mulkdan foydalanish
- mol-mulkning Iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki
ijtimoiy hayotda qo’llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol
qilinishi.
Mulkni tasarruf etish
- mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish.
Mulkka egalik qilish
- mulkdorlik huquqining uning egasi qo’lida saqlanib
turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o’zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulk ob’ektlari
- mulkka aylangan barcha boylik turlari.
Mulk sub’ektlari
- mulk ob’ektini o’zlashtirishda qatnashuvchilar, mulkiy
munosabatlar ishtirokchilari.
Xususiylashtirish
- mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga
o’tishi.
Davlat tassarrufidan chiqarish
- davlat mulki hisobidan boshqa nodavlat mulk
shakllarining vujudga keltirilishi.
Iqtisodiy o’sish
– YaIM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga
hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishida va sifatining
yaxshilanishida ifodalanadi.
Iqtisodiy o’sish mezoni
– iqtisodiy o’sishni nisbatan to’liq darajada baholash
imkonini beradigan ko’rsatkichni xarakterlaydi.
Iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlari
– iqtisodiy o’sishni aniqlashda
foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko’rsatkichlar
tizimidan iborat.