573
Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo’yiladigan asosiy talablar.
Kurs ishi talabalarning dastlabki ilmiy ishi hisoblanadi.
Kurs ishlari talabalar
mustaqil ishlarining bir shakli bo’lib, uni muvaffaqiyatli bajarish uchun fan to’g’risida
aniq tassavurlarga ega bo’lishlari kerak. Talabalar kurs ishining ilmiy, nazariy,
g’oyaviy darajasiga, shuningdek, uning yozilishi va rasmiylashtirish tartibiga e’tibor
berishlari lozim.
Talabalar kurs ishlarini bajarish jarayonida O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti
asarlaridan, mahalliy va chet el yetakchi iqtisodchi olimlarning asarlaridan, ularning
iqtisodiy g’oyalaridan, O’z.R Prezidenti farmonlari, O’zbekiston
Respublikasi
qonunlari, Vazirlar mahkmasining qarorlari, Vazirliklarning me’yoriy hujjatlari,
Iqtisodiyot vazirligi va Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlaridan, fanga tegishli
bo’lgan darslik va o’quv qo’llanmalardan, internet ma’lumotlaridan keng foydalanishi
hamda ularni mustaqil tahlil etishi va o’zlarining fikrlarini bayon etishi kurs ishining
mazmunini yanada boyitadi.
Kurs ishlarining tematikasi (1-ilova) kafedra o’qituvchilari
tomonidan butun
kursni qamrab oluvchi mavzular ketma-ketligi tartibida tuziladi. Bunda guruhdagi har
talabaga kamida 4-5 ta mavzu to’g’ri kelishiga e’tibor qaratiladi, chunki talaba kurs
ishi mavzularini tanlay olish imkoniyatiga ega bo’lsin. Buning uchun talabalar ismi
shariflarining birinchi harfiga mos keladigan mavzulardan birini tanlaydi.
Bunda
professor-o’qituvchilarning asosiy vazifasi talabalarga kurs ishi bo’yicha mustaqil
ishlashlarining yo’l-yo’riqlarini ko’rsatish va kurs ishini yozish bo’yicha umumiy
tasavvurga ega bo’lishi haqida maslahatlar berishdan iboratdir. Kurs ishini har bir
talaba o’z xusni hati bilan yozishi shart.
Talabalar kurs ishi mavzusini tanlagandan so’ng, mavzuga tegishli bo’lgan
adabiyotlarni, ilmiy maqolalarni va turli xil manbalarni qidirib topib o’rganishlari
kerak.
SHuningdek, talaba kurs ishi mavzusiga tegishli bo’lgan rus tili va boshqa
xorijiy tillardagi adabiyot hamda materiallardan mustaqil ravishda keng
foydalanishlari lozim. To’plangan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda talabalar kurs
ishi mavzusini to’liq yoritib berishga qaratilgan kurs ishi rejasini tuzishlari kerak va
shu reja asosida kurs ishining mohiyatini yoritishlari zarur. Kurs ishi rejasi na’muna
sifatida ilova qilinadi (ilova-2). Kurs ishini yozish bo’yicha tavsiya etilgan yo’riqlarga
rioya qilish mavzu mazmunini to’g’ri yoritib berish
va uning mohiyatidan chetga
chiqmaslik imkonini beradi.
Talabalarga kurs ishlari mavzularini kursning boshida e’lon qilish maqsadga
muvofiqdir, chunki kafedra o’qituvchilari kurs ishi ustida har bir talaba bilan mustaqil
ishlashlari kerak, qisqa davrda berilgan mavzularni esa kurs ishi sifatida bajarish
mazmun jihatidan talabga javob bermaydi. Bunday holatda
tegishli adabiyotlardan,
oldingi yillardagi ijobiy baholangan kurs ishlaridan ko’chirib kelishlik holatlari yuzaga
kelishi mumkin. Kurs ishining hajmi o’rtacha 30-35 bet bo’lishi kerak.
Talabalar kurs ishini oq qog’ozga ravon tarzda qo’lda ko’chirib yozishlari kerak.
Kurs ishini kompьterda yozish mumkin emas. Sahifalarga tartib bilan raqam qo’yiladi
va taqrizchi professor-o’qituvchi uchun o’z mulohazalarini yozishga kurs ishining
574
boshiga bitta oq qog’oz qo’yiladi. Kurs ishi titulini rasmiylashtirish 3-ilovada
keltirilgan.
Kurs ishining birinchi betiga kurs ishi rejasiga tegishli savollarning sahifalari
qo’yiladi. Undan keyingi varaqlarda kurs ishining matni bayon qilinadi va mavzudagi
har bir savolning nomi hamda unga tegishli betlari alohida beriladi. Kurs ishi faqat
varaqning bir tomoniga yoziladi va sahifalar tartib raqami bilan belgilanadi.
Kurs ishining oxiriga talaba o’z imzosini qo’yib, unga bajargan vaqtini ko’rsatishi
zarur. Kurs ishini tayyorlab kafedra professor-o’qituvchilariga taqrizga berish muddati
yilning 10 apreliga qadar belgilanadi. CHunki har bir kurs ishini professor-o’qituvchi
o’qib chiqib o’z xulosasini berishlari lozim. Bu vaqt talab etadi. Kurs ishlarini taqriz
qilish yilning 10-aprelidan 10-mayigacha amalga oshiriladi.
Bajarilgan kurs ishiga
ijobiy taqriz yozilgandagina u himoyaga qo’yiladi. Keyin talbalar kurs ishi himoyasiga
tayyorlanishlari kerak. Agar kurs ishi bo’yicha professor-o’qituvchi kamchiliklar
ko’rsatgan bo’lsa, u holda talaba ushbu kamchyailiklarni to’g’rilab, qayta taqrizga
topshirishi lozim.
Kafedra professor-o’qituvchilari kurs ishlarini himoyasini yilning 10-mayidan 25
mayigacha muddatda o’tkazishlari kerak. Kurs ishlari himoyasini hay’at a’zolari qabul
qilishlari kerak.