|
Kafedra mudiri: ___________ G.S. Tursunboyeva
|
bet | 11/194 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #105264 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.orgKafedra mudiri: ___________ G.S. Tursunboyeva.
Fanning ishchi o’quv dasturi “Tabiyot fanlari” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan. (2014 yil “___” ________ dagi “___”-sonli bayonnoma.)
Fakultet kengashi raisi: ___________E.R.Yuzlikayeva.
Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i:_________ F.Piraxunova.
Ishchi o’quv dasturi Nizomiy nomidagi TDPU kengashida ko’rib chiqilgan va tasdiqlangan 2014 yil “___” ________ dagi “___”-sonli majlis bayonnomasi.
I. Kirish
Mazkur ishchi dastur Psixologiya (Psixolog konsultant) ta’lim yo`nalishii uchun mo`ljallangan bo`lib, dasturda ekologiya va tabiatni muhofaza qilish fani predmeti tarixi, ekologik ta`limning maqsadi va vazifalari, inson va tabiat orasidagi munosabatlar, ekologik inqirozlar, muhit tushunchasi, ekologik omillar, biotik munosabatlar, biologik maromlar, populyatsiya, ekotizimlar, biosfera tushunchasi, noosfera, tabiiy resurslar, atmosfera tarkibi, tuzilishi, ahamiyati, ifloslanish manbalari, suv resurslari va ularni muhofaza qilish, tuproqni muhofaza qilish muammolari, hayvonot va o`simlik dunyosini muhofaza qilish haqidagi bilimlarni berish ko`zda tutilgan.
1.1. Fanning maqsadi va vazifalari.
Fanni o`qitishdan maqsad: Hozirgi kunda insonning xo`jalik faoliyati tufayli yer shari resurslarining tabiiy holati tez uzgarib, atrof-muhit ifloslanib bormoqda. Bu hol Yer kurrasi tabiati va tabiiy resurslarning qashshoqlashib borishiga sabab bo`lmoqda. Talabalar ongida yangicha ekologik qarashlarni uyg’otish va har bir resurs haqida psixologik jihatdan ekologik yondashish fanning maqsadi hisoblanadi.
Fanning vazifasi: Yer yuzida e’tirof etilgan ekologik muammolar va ularni bartaraf etish uchun ekologik ma’lumotga ega bo`lish, tabiat qonunlaridan xabardor bo`lish, tabiat bilan jamiyat o`rtasidagi uzviy bog`liklikning tub mohiyatlarini anglab yetish kabi xususiyatlarni talabalarga ongida shakllantirish fanning vazifalaridan biri hisoblanadi.
|
| |