|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi
|
bet | 1/194 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 0,75 Mb. | | #105264 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.org
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
"BOTANIKA, EKOLOGIYA VA HUJAYRA BIOLOGIYASI" kafedrasi "EKOLOGIYA" fanidan
O’QUV-USLUBIY
MAJMUA
Bilim sohasi: 100 000 - Gumanitar soha Bakalavriat yo’nalishi: Psixologiya (Psixolog. Psixolog konsultant) yo’nalishi uchun
TOSHKENT-2014
“Ekologiya” fani o’quv-uslubiy majmuasining
ANNOTATSIYASI
Ekologiya – tabiatshunoslik fanlari turkumiga mansub bo’lib, hozirgi kunga kelib mustaqil fan sifatida shakllandi. Bugungi kunda ekologiya fani ijtimoiy hayot bilan chambarchas bog’liq holda rivojlanmoqda. Uning ijtimoiy ekologiya sohasi vujudga keldi. Ekologiya tirik jonzotlarning yashash sharoiti va ularning o’zlari yashab turgan muhit bilan o’zaro murakkab munosabatlari va shu asosda tug’ilgan qonuniyatlarni o’rganadi.
Mazkur o’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Davlat Standarti va o’quv reja asosida tayyorlangan bo’lib, “Ekologiya” fanini o’qitish uchun zarur bo’lgan o’quv, ilmiy va ilmiy-uslubiy talablar nazarda tutilgan.
O’quv-uslubiy majmua quyidagilarni o’z ichiga oladi: fan dasturi, ishchi dastur, ma’ruza matni, mavzular bo’yicha texnologik xaritalar, laboratoriya va amaliy ishlar, testlar, nazorat uchun savollar, tarqatma materiallar, glossariy, referat mavzulari, adabiyotlar ro’yxati, annotasiya hamda majmuaga taalluqli barcha materiallarning elektron shakllar jamlanmasi.
Mazkur o’quv-uslubiy majmua psixolog-konsultant bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan.
Tuzuvchilar: «Botanika, ekologiya va hujayra biologiyasi» kafedrasi dotsenti O’.E.Xo’janazarov.
|
| |