• Tayanch so’zlar
  • Biotsenozning tuzilmasi
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi




    Download 0,75 Mb.
    bet51/194
    Sana25.11.2023
    Hajmi0,75 Mb.
    #105264
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   194
    Bog'liq
    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi n-hozir.org

    3. Yakuniy bosqich
    (10 daqiqa)


    3.1. Mavzuni umumlashtiradi, hulosalar qiladi.

    3.2. Guruhlar va ayrim talabalar bahosini e’lon qiladi.
    3.4. Uyga vazifa beradi.

    Daftariga yozgan tayanch iboralarni tartibini qiydi va qanchalik tri ketma-ketlikda yozganini solishtiradi.


    Eshitadilar, yozib oladilar


    REJA:
    1.Biotsenozning tuzilmasi.
    2. Biotsenozlarning o’ziga xos xususiyatlari.
    3. Ekotizim va uning tarkibi.
    4. Ekotizimda energiya oqimi.
    5. Ekotizimda mahsuldorlik.
    6. Agroekotizimlar o’ziga xos xususiyatlari.
    7. Agrofitotsenozlarni inson tomonidan boshqarilishi.


    Tayanch so’zlar: Jamoa, biotsenoz, biogeotsenoz, qavatlilik, fitotsenoz, ekologik tuzilma, ozuqa zanjiri
    1-ilova
    Jamoa, biotsenoz va biogeotsenoz haqida
    tushunchalar
    Jamoa deyilganda rivojlanishning turli pog’onasida bo’lgan bir guruh tirik organizmlarning muayyan sharoitda birgalikda yashashi tushuniladi.
    Biotsenoz yoki hamjamoa deyilganda bir xil muhitga moslashib olgan bir joyda yashaydigan organizmlar yig’indisi tushuniladi. Biotsenoz ham populyatsiya kabi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bularga turlar tarkibi, ozuqa to’rining tuzilmasi, biomassa va uning mahsuldorligi kabilarni ko’rsatish mumkin.
    Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. U ayrim turlar populyatsiyalarining miqdori nisbatni ifodalaydi.
    Muayyan tashqi muhit sharoitida o’simliklar, hayvonlar, ayrim zamburug’lar va mikroorganizmlarning birgalikda yashashiga biogeotsenoz deyiladi.
    Biotsenozning tuzilmasi
    Biotsenoz ham xilma-xil tuzilmaga ega. Odatda u tur, fazo va ekologik tuzilmalarga bo’lib o’rganiladi. Biotsenozning tur tuzilmasi deyilganda biotsenozdagi turlarning xilma-xilligi, miqdori, ularning fenologik holati va hokazolar e’tiborga olinadi.
    Biotsenozning eng muhim xususiyatlaridan biri uning turlar tarkibidir. Ayni bir biotsenoz uchun xos bo’lgan o’simlik va hayvon turlarining umumiy soni deyarli doimiy bo’lib, har xil turdagi biotsenozlarda u keskin o’zgarib turadi.
    Biotsenozning fazoviy tuzilmasi. Har qanday jamoa uning tarkibiy qismi hisoblangan o’simlik bilan bog’langan. Jamoaning shakllanish davrida turlar har xil holatlarda joy oladi. Ba’zi bir turlar tuproqda, ikkinchilari uning yuzasida, suvli joyda va hatto troposferaning ancha yuqori qismlarida tarqalishi mumkin. Ba’zi bir turlar daraxt tanalarida (epifit) va barglarida (epifil) yopishgan holda yashaydi. Natijada fitotsenozning tuzilishida qavatlilik kelib chiqadi. Qavatlilik deyilganda jamoadagi turlarning tuproq yuzasiga nisbatan har xil balandliklarda qavatma-qavat joylashganligi va uning qatlamida har xil joylashishi tushuniladi.
    Qavatlilik, ayniqsa o’rtacha iqlimli o’rmon fitotsenozlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. O’rmonlarda odatda 3-5 qavatlilik kuzatiladi. 1-2 qavatlar birinchi, ikkinchi va uchinchi darajadagi daraxtlar, 3-qavat butalar, 4-qavat o’t va butachalar, 5-qavat mox va lishayniklar qavati. O’t o’simliklardan tashkil topgan fitotsenozlarda ham 2-3 va 4-qavatlar ajratiladi.
    Turli biotsenozlar tirik organizmlarning ma’lum ekologik guruhlari nisbati bilan tavsiflanib, bu uning ekologik tuzilmasini ifodalaydi. Biotsenozning ekologik tuzilmasi ma’lum iqlim va landshaft sharoitlarida qonuniy ravishda shakllanadi. Quyidagi jadvalda ko’l va cho’l biotsenozlardagi namlik omili bo’yicha o’simliklarning ekologik guruhlari nisbati keltirilgan:






    Download 0,75 Mb.
    1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   194




    Download 0,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi

    Download 0,75 Mb.