III BOB. OTLARDAGI EGALIK VA MODAL SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI




Download 0.59 Mb.
bet20/25
Sana29.03.2017
Hajmi0.59 Mb.
#2630
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
III BOB. OTLARDAGI EGALIK VA MODAL SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Otlardagi egalik shakllari va modal ma’no ifodalaydigan shakllar ham uslubiy xususiyat kasb qilishi mumkin. Buni quyida ko`rib o`tamiz.
3.1. Otlardagi egalik shakllarining uslubiy xususiyatlari
Otlarda egalik shakllarining uslubiy xususiyatlarini tahlil qilishdan oldin ularning grammatik xususiyati haqida ma’lumot berish lozim, chunki bu xususiyatlar o`zaro bog`liq hodisalardir.

Egalik qo’shimchasi nutqdagi uch shaxsga, birlik va ko’plik sonlarga ko’ra bo’linadi. Har bir egalik qo’shimchasi negizining so’nggi tovush unli yoki undosh bo’lishiga qarab ikki variantda qo’llanadi. Bular:



Shaxslar




Birlik

Ko’plik







Unlidan so’ng

Undoshdan so’ng

Unlidan so’ng

Undoshdan so’ng

I shaxs

II shaxs


III shaxs

-m

-ng

-si

-im

-ing

-i

-miz

-ngiz

-si

-imiz

-ingiz

-i

I shaxs


II shaxs

III shaxs




echkim

echking

echkisi


kitobim

kitobing

kitobi


echkimiz

echkingiz

echkisi


kitobimiz kitobingiz

kitobi

Egalik shaklini ko’rsatuvchi qo`shimchalarning morfologik variantlari uncha ko’p emas. Ikkinchi shaxsning ko’pligi esa -ingiz, -inglar, -laring shakllaridadir. Uchinchi shaxs ko’rsatkichlarining esa ikkita morfologik varianti bor: -i,- si.

Ikkinchi shaxsning morfologik variantlaridan –ingiz shakli adabiy til uchun ham, og’zaki so’zlashuv nutqi uchun ham umumiy. Qolganlari so’zlashuv nutqi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Ularni og’zaki nutqda, badiiy va ommabop nutqda bir-birlariga nisbatan sinonim sifatida qo’llash mumkin.

-i, -si variantlarining qo’llanishi qat’iy qonuniyatga asoslangan. Ularni birining o’rnida ikkinchisini ishlatish ko’pincha adabiy til meyorlaning buzilishiga olib keladi.

Umuman, egalik ma’nosi morfologik, sintaktik va aralash yo’llar bilan ifodalanadi.

O’zbek tilida, umuman, turkiy tillarda ham egalik qo’shimchalarining kishilik olmoshlariga aloqadorligi, ya’ni egalik qo’shimchasining har biri qo’shilib kelgan so’z orqali ifodalagan predmetning ma’lum shaxsga tegishli ekanligini ko’rsatish xuddi shu shaxslarni ko’rsatuvchi – kishilik olmoshlari bilan ifodalangan qaratuvchini tushurib qoldirish imkonini tug’diradi.

Masalan:


Mening rangim // rangim,

Sening ranging // ranging.

(2-sinf “ O’qish kitobi”, 55-bet)

O’zbek tilida ham ba’zan og’zaki nutqda va she’riyatda egalik tushunchasini mening kitobim tarzida ifodalashi uchraydi. Egalikning bunday ifodalanishi sintaktik usul deb yuritiladi.

Masalan:

Bizning hech bir farzandimiz bo’lmadi , erim - shahar hokimi ham, men ham shu to’g’rida qayg’urar edik.

(4-sinf “ O’qish kitobi”, 64-bet)

-“Vatan” so’zini toq aytish yaxshi emas. “Bizning Vatan” deb aytganlar.

(2-sinf “O’qish kitobi”4-bet)

Egalik qarashlilik tushunchasini ham morfologik, ham sintaktik usul bilan ifodalanishiga kiradi. Bunga, avvalo, egalik tushunchasi qaratqich kelishigi vositasida – qaratuvchi orqali ifodalansa, so’ng shu ma’no qaralmishdagi egalik qo’shimchalar vositasida ham pleonastik (takroriy) holat kasb qiladi:

Masalan:

Hech narsa uning qudratiga teng kelmaydi.

(2-sinf “O’qish kitobi”, 24-bet)

Qarashlilik, egalik tushunchasi -niki qo’shimchasi vositasida ham ifodalanadi. Bunday holda mazkur qo`shimcha mavhum egalik ma’nosini anglatadi. Chunki –niki qo’shimchasi olgan so’z qaysi predmetni bildiruvchi so`zga qo’shilmasin yoki shaxsga tegishliligini aniq ko’rsatmaydi.

Masalan:

1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 0.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III BOB. OTLARDAGI EGALIK VA MODAL SHAKLLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI

Download 0.59 Mb.