Otlardagi modal shakllarning uslubiy xususiyatlari




Download 0.59 Mb.
bet22/25
Sana29.03.2017
Hajmi0.59 Mb.
#2630
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
3.2. Otlardagi modal shakllarning uslubiy xususiyatlari
Otlarning leksik ma'nosiga qo'shimcha modal ma'no qo'shilishi bilan hosil qilinadigan shakl modal shakl yasash deyiladi. Otlar o'z leksik ma'nosiga qo'shimcha kichraytish, erkalash, hurmat, kuchaytirish, gumon, noaniqiik kabi modal ma'nolarni ifodalaydi.

Otlarda bu modal ma'nolar ikki xil usul bilan yasaladi: morfologik usul va takrorlash usuli.



Morfologik usulga ko'ra otning leksik ma'no ifoda etuvchi qismiga modal shakl yasovchi affikslarni qo'shish orqali modal ma'no yasaladi. Bu usulga ko'ra, otlarning kichraytish, erkalash, hurmat kabi modal shakllari hosil qilinadi.

Otlarda modal shakl yasovchi affikslarga quyidagiiar kiradi:



-cha: qizcha, uycha

- chak, - choq: kelinchak, qo`zichoq, toychoq

- loq, - aloq: joyloq, bo`taloq, qizaloq

- gina: bolagina, qizgina

-xon, - jon, - oy, - hoy: otaxon, onajon, Ra`noxon, Karimboy.

Otni maxsus takrorlash yo'li bilan gumon, kamsitilish, umumlashtirish, noaniqiik kabi modal ma'nolar yasaladi. Bu usulga ko'ra, modal shakl hosil qilishda takrorlanuvchi qismda turli fonetik o'zgarishlar yuz beradi:

l. Ot unli tovush bilan boshlanganda, takrorlanuvchi qism boshqa p, m, s, ch, d, j, t tovuslari orttiriladi: un-pun, ot-pot, o'rik-mo'rik, irim-sirim, irim-chirim, imi-jimi, alang-jalang kabi.

2. Ot undosh tovush bilan boshlanganda, takrorlanuvchi qismdagi birinchi undosh p, n. s, ch, b tovushlaridan biri bilan almashtiriiadi; loy-poy, mosh-posh, non-pon, bosh-mosh, poda-moda, patir-satir, meva-cheva, g`'idi-bidi kabi.

3. Otning takrorlanuvchi qismida keng va cho'ziq unli qisqa va tor unli bilan almashadi: don-dun, xashak-xushak kabi.

4. Takrorlanuvchi qismda birinchi undosh ham, keng unli tovush ham almashadi: latta-putta kabi.

Ba'zan otning o`zi aynan hech o'zgarishsiz takrorlangan holda qo'llanib, kuchaytirish ma'nosini hosil qiladi: tog'-tog', xirmon-xirmon kabi.



Download 0.59 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Download 0.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Otlardagi modal shakllarning uslubiy xususiyatlari

Download 0.59 Mb.