Chiqish kelishigining uslubiy hususiyatlari




Download 0.59 Mb.
bet18/25
Sana29.03.2017
Hajmi0.59 Mb.
#2630
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Chiqish kelishigining uslubiy hususiyatlari



  • Chiqish kelishigining qo’shimchasi –dan. Tarixan –din shaklida, og’zaki so’zlashuv nutqida esa –nan, -tan variantlarda ishlatish holatlari ko’zga tashlanadi.

    Chiqish kelishigidagi so’z to’dadan ajiratilganlik ma’nosini anglatish uchun ishlatilganda qaratqich kelishigining xuddi shunday ma’no qirrasi bilan sinonimlik hosil qiladi. Masalan:

    ...ularning ehtiyojlaridan biri . //...ularning ehtiyojlarining biri.

    (2-sinf “ O’qish kitobi” 46-bet)

    Chiqish kelishigi tushum kelishigi bilan sinonim bo’lib keladi.

    Masalan:

    ...bilim boyliklarini qancha ko’p g’amlasangiz, kelajak turmushda o’zingizga ham, o’zgalarga ham asqatadi.//...boyliklaridan kabi sinonim.

    (2-sinf “ O’qish kitobi” 46-bet)

    Chiqish kelishigi o’rin-payt kelishigi bilan sinonim bo’lib keladi.

    Masalan:

    Qariganimda kunimga asqatmas ekansan, deb ko’nglidan kechirdi. //

    ...ko’nglida kechirdi kabi sinonimik munosabatda.

    Boshlang’ich sinf “O’qish kitobi”da chiqish kelishigi qo’shimchasi ilgari, avval, oldin, burun,so’ng , keyin , beri, buyon , boshqa kabi ko’makchilar bilan ishlatilishi bo`yicha misollar uchradi.

    Masalan:

    O’shandan beri hamma loyihalarning qoq o’rtasida qora choki bor ekan.

    (143-bet 2-sinf “ O’qish kitobi”)

    O’rin-payt kelishigi old ko’makchisi bilan kelib, biror ish–harakatning boshqasidan ilgariroq bajarilishini ko’rsatganda shu ma’nodagi chiqish kelishigi qo’shimchasi bilan sinonim bo’ladi.

    Masalan:

    ...ketishi oldida uyiga qaradi. //...ketishi oldidan uyiga qaradi.

    (3-sinf “ O’qish kitobi” 97-bet)



    Download 0.59 Mb.
  • 1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




    Download 0.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chiqish kelishigining uslubiy hususiyatlari

    Download 0.59 Mb.