Jo`nalish kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlari




Download 0.59 Mb.
bet15/25
Sana29.03.2017
Hajmi0.59 Mb.
#2630
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
2.2. Jo`nalish kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlari
Jo’nalish kelishigidagi ot ish-harakat yo`nalgan predmetni, shuningdek, harakatning bajarilish payti, ish-harakatning bajarilishida vosita bo`lgan predmetni anglatadi. Otlarda jo`nalish kelishigining asosiy ma`nosi harakatning yo`nalish nuqtasini ifodalashdir. Obyekt, payt, sabab, maqsad kabi ma`no xususiyatlarining ifodalanishi bu kelishik shaklini olgan va uni boshqargan so`zning leksik ma`nosiga bog`liq. Shu ma`nolarga ko`ra jo`nalish kelishik shaklidagi ot kimga? nimaga? qayerga? qachon? kabi so`roqlariga javob beradi.

O’zbek tilida jo’nalish kelishigi –ga shaklida ishlatiladi va tarixdagi shakli, shevalarda ishlatilishiga, fonetik qo’llanishida boshqa ko’rinishlarini ko’rishimiz mumkin .

1. Fonetik qo’lanishi –ka,-qa,

2. Shevalar va deyalektika:-ga,-na,-a

3. Tarixiy ishlatilishi: -garu,-qaru,-nar, -karu.

Eski o’zbek tilida, ba’zi bir shevalarda jo’nalish kelishigi qo’shimchasi o’rin-payt kelishigi bilan sinonim holatda ishlatiladi.

Masalan:

Manko fursat bo'lmadi.

Qiyoslang (menda fursat bo’lmadi ma’nosini beradi: menga fursat bo’lmadi). Ko’rsatilgan holat uslubiy xato bo’lmaydi. Bu sinonimlik munosabatdir.

Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi ba’zan tushum kelishigi qo’shimchasi bilan sinonimik munosaabatga kirishadi. Bunday vaqtda ularni boshqarib kelgan fe’lning tushum va jo’nalish kelishigidagi so’zlarini boshqara olish xususiyatiga ega bo’lish muhim ahamiyatga ega. Tushum va jo’nalish kelishiklarini sinonim sifatida ishlatish so’zlovchi nutqida ham, badiiy nutqda ham mavjud.

Masalan :

-Mana bu suvni qara, bekorga jarga oqyapti.

(2-sinf “ O’qish kitobi”22-bet)

Bu gap yuqoridagi fikrimizga dalil bo’lib hizmat qiladi. Yani suvni so`zi suvga o’rnida ishlatilgan .

Bundan boshqa hollarda ham jo`nalish va chiqish kelishigi qo`shimchalari sinonim sifatida qo`llanishi mumkin.

Misol:


To`qlikdan nishon bo`lib,

Tovlansin yoy –kamalak.(2-sinf “O’qish kitob”152-bet)

Bu misoldagi to’qlikdan so’zi o’rniga to’qlikka so’zi qo’llash mumkin.

Hozirgi o’zbek tilida jo’nalish kelishigi qo’shimchasi maqsad, sabab ma’nolarini anglatish maqsadida qo’llanganda uchun ko’makchisi bilan sinonim bo’lishi mumkin.

Misol :



Ustozga aytdik tilak.//Ustoz uchun aytdik tilak.

(2-sinf “ O’qish kitobi” 45-bet)

Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi –ga nima so’roq olmoshining qisqargan shakliga qo’shilib uning tarkibiy qismiga aylanadi (nega) va sabab ma’nosini anglatadi. Xuddi shunday ma’no nima olmoshi va uchun ko’makchisining qisqargan shaklining qo’shilishi natijasida ham hosil bo’ladi. Bunday vaqtda ham jo’nalish kelishigi qo’shimchasi va uchun ko’makchisi bir-biri bilan sinonimik munosabtga kirishishi mumkin.

Masalan:


  • Nega tayyorgina go’shtni yemading?-deb so’rabdi.//nima uchun//

(4-sinf “O’qish kitobi” 49-bet)

Jo’nalish kelishigi harakat yo’naltirilgan o’rinni ko’rsatganda tomon, sari ko’makchilari bilan sinonim bo’ladi

Misol : Uyga ketdi - uy tomon ketdi.

Bunday vaqtda kelishik qo’shimchasi ko’makchiga nisbatan aniq ma’no anglatadi. Ya’ni uyga ketdi deyilganda harakat bajaruvchisi uyga yo’nalganligi aniq, ammo uy tomon ketdi deganda kishi uyga kelgan bo’lishi ham mumkin.Yoki bo’lmasa boshqa tomonga ketgan bo’lishi mumkin.



Sari ko’makchisi esa poetik nutq uchun xos.

Masalan;


Ko’zacha ichiga suv to’lib, qulqullagan sari tulkining battar jahli chiqardi.

Ko’zacha ichiga suv to’lib, qulqullaganga tulkining battar jahli chiqardi.

(4-sinf “O’qish kitobi”, 49-bet)

Jo’nalish kelishigi o’rin, vosita ma’nolarini anglatganda, bilan ko’makchisiga sinonim bo’la oladi. Bunday vaqtda jo’nalish kelishigidagi so’z asosan to’lmoq feli bilan boshqariladi.

Masalan;

Bog’dagi gullar kapalaklar bilan to’ldi. - Bog’dagi gullar kapalakka to’ldi.

(3-sinf “O’qish kitobi”, 158-bet)

Jo’nalish kelishigidagi so’z fikr biror shaxs, predmet haqida borayotganligi ma’nosini anglatadi, haqida, xususida, to’g’risida kabi ko’makchi otlar bilan sinonimlik munosabatga kirishishi mumkin.

Masalan ;

Bo’rining tabib bo’lgani haqida ertak // Bo’rining tabib bo’lganiga ertak..

(4-sinf “O’qish kitobi”, 66-bet)

Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi harakat yuz bergan o’rin ma’nosini anglatishi uchun ishlatilganda, uzra ko’makchisi bilan sinonimlik hosil qiladi.

Masalan:

Kitob zehnlarni peshlab, bilimlar koni sari eshik ochar - Kitob zehnlarni peshlab , bilimlar koniga eshik ochar.

(2-sinf “O’qish kitobi” 45-bet)

Jo’nalish kelishigi qo’shimchasi ko’ra ko’makchisi bilan birga qo’llanib , fikr bayoni boshqa manbada asosida ekanligi yoki fikrnig qat’iy emasligi ma’nosini anglatish uchun xizmat qilganda, -cha morfemasi bilan sinonomik munosabat hosil qiladi.

Masalan:

Eshitishimizga ko’ra, malika oqila, dono ekan – Eshitishimizcha, malika oqila, dono ekan

(3-sinf “ O’qish kitobi”, 136-bet)



Download 0.59 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Download 0.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jo`nalish kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlari

Download 0.59 Mb.