Tushum kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlar




Download 0.59 Mb.
bet16/25
Sana29.03.2017
Hajmi0.59 Mb.
#2630
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
2.3. Tushum kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlar
Tushim kelishigi qo’shimchasi –ni . Og’zaki nutqda esa –n, -i variantlaridan foydalaniladi. Tushim kelishigi –n shakli ko’p to’xtalishlarga olib keladi. Tushim kelishigining bu varianti, bir tomondan, qaratqich kelishigining jonli so’zlashuvidagi varianti (seni ukang), ikkinchi tomondan, uchinch shaxs egalik qo’shimchasi (Madinami-Madinamni)ning birlik shakli bilan omonimdir.

Bundan tashqari, tushum kelishigining –i shakli boshqa tillardan kirib kelib, o’rin va joyga munosabani bildiruvchi (Samarqandi) so’zlari tarkibirda sifat yasovchi –i (Samarqandi) kabi so’zlarda –lik qo’shimchasi sinonim bo’lgan. -i qo’shimchasi bilan, ot va sifatdan fe’l yasovchi (ranji) –i qo’shimchasi bilan omonimlik munosabatidadir.

Tushim kelishigining belgisiz shakli bosh kelishik va qaratqich kelishigining belgisiz shakli bilan omonim hisoblanadi.

Masalan :



Gul ochildi // Gul bargi//Gul keltirdi.

kabi.


Bu misollsrning har uchalasida ham gul so’zi birorta kuchga ega emas, ammo birinchi gapda bosh kelishikda – ega, ikkinchida qaratqich kelishigida - aniqlovchi, uchinichisida esa tushum kelishigi - to’ldiruvchi. Bular semantik jihatdan farqlanadi.

Tushum kelishigining so’zlashuv shaklidagi –ni qo`shimchasi qaratqich kelishigi qo`shimchasi bilan omonimdir.

Jo’nalish kelishigi va tushum kelishiklari asosiy xususiyatlari bilan bir-biri bilan farqlanadi. Ammo ularni ayrim qo’shimcha ma’nolarining yaqinligiga ko’ra biri o’rnida ikkinchisi sinonim sifatida ishlatilishi mumkin .

Masalan:


Mamlakatni boshqarish ilmini esa otasidan o’rgandi//Mamlakatni boshqarish ilmiga esa otasidan o’rgandi .

(2-sinf “ O’qish kitobi”90-bet )

Chiqish kelishigidagi so’z o’timli fel tomonidan boshqarilganda harakatning predmetga o’tganligi ma’nosi ifodalaniladi va shu ma’nosi bilan tushum kelishigi bilan sinonomik holatda bo’ladi. Biroq chiqish kelishigi harakati predmetning qismiga yoki qismi orqali predmetga o’tganligi ma’nosini tushum kelishigi shu kelishikdagi so’z orqali ifodalangan predmetga harakatning to’lig’icha o’tganligi ma’nosini anglatadi.

Masalan:

Ozod chap qo’li bilan Nosirning o’ng qo’lini mahkam ushlab oldi//Ozod chap qo’li bilan Nosining o’ng qo’lidan ushlab oldi.

(4-sinf “ O’qish kitobi”, 223-bet).

Tushim kelishigi bilan chiqish kelishigi vazifasi ba’zan boshqa o’rinlarda ham bir-biriga yaqinlashishi mumkin. Masalan: Tog’larni kechib o’tdi.//Tog’lardan kechib o’tdi.

Har ikkala gapda kechib o’tmoq qatnashgan, lekin ma’no anglatilishi har xil.

Demak, tushum kelishigi qo’shimchasi ayrim vazifalari bilan ba’zi qo’shimchalar bilan omonimlik, jo’nalish,o’rin-payt, chiqish kelishiklari qo`shimchalari bilan esa sinonimik munosabatga kirishadi.




Download 0.59 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Download 0.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tushum kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlar

Download 0.59 Mb.