• Kelishikning belgisiz shakli .
  • Qaratqich kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlari




    Download 0.59 Mb.
    bet14/25
    Sana29.03.2017
    Hajmi0.59 Mb.
    #2630
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
    2.1. Qaratqich kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlari
    Qaratqich kelishigi biror predmetning shu kelishikdagi otdan anglashilgan predmetga qarashli ekanligini ifodalaydi .

    Qaratqich kelishigi –ning qo’shimchasi( affiksi) orqali shakllanadi:



    Madinaning daftari, daraxtning bargi

    Hozirgi o’zbek tilidagi -ning formasi to’rt xil shaklga ega. Bular quyidagilar:



    Kelishikning belgisiz shakli . Toshkent merosi haqiqiy me’morchilik merosidir.(7-bet.2-sinf “ O’qish kitobi”)

    -ni

    -ing

    -n.

    Ulardan –ni og’zaki so’zlashuv nutqiga ,-n shakli esa poetic nutqqa xos .

    Qaratqich kelishigi qo’shimchasi –ning hozirda aniq qilib olingan . Lekin ko’p hollarda –ning o’rniga –ni shaklini ishlatiladi. Masalan :

    Sichqon mushukni orqasidan ergashib kirib ketdi.(2-sinf “.O’qish kitobi”,149-bet)

    Bu yerdagi misolda –ni o’rniga –ning qo’shimchasi bo’lishi kerak .

    Qiyos (sichqon mushukning orqasidan kirib ketdi.)

    Qaratqich kelishigi poetik nutqda –n shaklida ham ishlatiladi, ana shunda ham tushum kelishigi bilan omonimya hosil qiladi.

    Masalan:

    Otin boshin burdi shimol tomon.

    Bu she’rda otin so`zi tarkibidagi -in qo`shimchasi .

    Yuqorida istisino holatlari aytib o’tildi. Shuni ta’kidlash kerakki –n shakli ikki kelishik vazifasini bajaryapti, -ning va -ni shaklini. Bunday holatni faqat she’riyatda kuzatishimiz mumkin bo’ladi.

    Bundan tashqari, kishilik olmoshlarining birinchi shaxs birlik shakli gapda kirish so’z vazifasida keladi ham ko’pinch -im shaklida qo’laniladi (menimcha). Qaratqich kelishigining bu shaklida qo’lanilishi ma’lum darajada chegaralangan. Uning o’rnini -ning (meningcha) egallamoqda.

    To’plangan misollardan yana bir holatni kuzatishimiz mumkin . -ning o’rnida –dan qo’llanish holatlari bor.

    Masalan:


    Ko’zachadan bir bo’lak uzilib tushdi.

    (4-sinf “O’qish kitobi” 47-bet)

    Qyuqoridagi gapda ko’zachadan o’rniga ko’zachaning qo’llanishi kerak . Chunki qarashlilik qaratqich kelishigiga xosdir.





    Download 0.59 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




    Download 0.59 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qaratqich kelishigi shakllarining uslubiy xususiyatlari

    Download 0.59 Mb.